15-nazariy savol
Sudya sud buyrug‘ini bekor qilishda qaysi protsessual asoslarga tayanadi?
Download 23.35 Kb.
|
Dilshod
Sudya sud buyrug‘ini bekor qilishda qaysi protsessual asoslarga tayanadi?
Javob
Sud buyrug‘i nizosiz talablar bo‘yicha sud muhokamasi o‘tkazmasdan berilgan sud hujjati hisoblanadi. Sud buyrug‘i undiruvchining pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi yoki ko‘char mol mulkni nizosiz talablar bo‘yicha qarzdordan talab qilib olish to‘g‘risidagi arizasi yuzasidan sudyaning sudda ishni ko‘rmasdan chiqargan hujjatidir4. Sud buyrug‘i ijro hujjati kuchiga ega. Sud buyrug‘i bo‘yicha undiruv buyruq berilganidan keyin o‘n kunlik muddat o‘tgandan keyin va sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Aliment undirish va xodimga uch oylik ish haqidan ortiq bo‘lmagan ish haqini undirib berish to‘g‘risidagi sud buyruqlari darhol ijro etilishi lozim5. Sud buyrug‘i apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish predmeti bo‘la olmaydi. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunda apellatsiya, kassatsiya tartibida ish yuritish predmeti bo‘yicha muayyan istisnolar belgilangan. Jumladan, quyidagilar ustidan apellatsiya, kassatsiya tartibida shikoyat (protest) berilmaydi: 1) sud buyrug‘i; 2) qonunda shikoyat qilinishi nazarda tutilmagan yoki ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qilmaydigan, shuningdek ish muhokamasini keyinga qoldirish haqida, shu jumladan, nikohdan ajratish haqidagi ishlar bo‘yicha er-xotinga yarashish uchun muddat tayinlanishi munosabati bilan chiqarilgan birinchi instansiya sudining ajrimlari6. Sud o‘zi chiqargan sud buyrug‘ini belgilangan tartib bo‘yicha o‘zi bekor qilish bo‘yicha ajrim chiqaradi. Qarzdor arz qilingan talabga qarshi e’tirozlarini buyruqni bergan sudga sud buyrug‘ining ko‘chirma nusxasini olgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda yuborishga haqli. Bunday holda sudya sud buyrug‘ini bekor qilib, bu haqda ajrim chiqaradi. Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi ajrimda sudya undiruvchi bildirgan talab da’vo ishini yuritish tartibida taqdim etilishi mumkinligini tushuntiradi. Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi ajrimning ko‘chirma nusxasi ajrim berilganidan keyin uch kundan kechiktirmay undiruvchiga va qarzdorga imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki ularga pochta orqali yoxud elektron hujjat tarzida yuboriladi. Alimentlar undirish to‘g‘risidagi sud buyrug‘i ijro ishini yuritish bo‘yicha undiruv tugaguniga qadar undiruvchining arizasiga ko‘ra bekor qilinishi mumkin7. Ushbu moddaga muvofiq 10 kunlik muddat ichida qarzdordan sudga e’tiroz kelib tushsa, sud sud buyrug‘ini bekor qilish bo‘yicha ajrim chiqaradi va undiruvchiga da’vo tartibida murojaat qilish huquqi borligini tushuntiradi. Arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda undiruvchi tomonidan to‘langan davlat boji qaytarib beriladi. Sud buyrug‘i bekor qilingan taqdirda to‘langan davlat boji qaytarib berilmaydi, balki u undiruvchi qarzdorga nisbatan da’vo ishi yuritish tartibida ariza bilan sudga murojaat etgan taqdirda to‘lanishi lozim bo‘lgan boj hisobiga o‘tkaziladi8. 40-kazus Da’vogar A.Jo‘rayev sudga B.Mallayevaga nisbatan qonunsiz egallagan uydan ko‘chirish haqidagi da’vo bilan murojaat etgan. Sud da’voni qanoatlantirish to‘g‘risida hal qiluv qarorini chiqargan. Javobgarning apellyatsiya shikoyatiga asosan Sirdaryo viloyat sudi sudlov hay’ati o‘z ajrimi bilan birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilgan. Sudlov hay’ati o‘z ajrimini ishda da’vogarning muomalaga layoqatsiz ekanligi to‘g‘risidagi hujjatlar mavjudligi bilan asoslagan. Download 23.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling