Sertifikat mavjudligi: bor. Onlayn kurslar vazifalarini bajargan tinlovchilar kursni
muvaffaqiyatli tugatganliklari to‘g‘risida elektron guvohnoma (Statement of
Accomplishment) olish imkoniyatlari mavjud. Guvohnomani olish uchun, odatda,
ma’lum miqdorda ballar yig‘ish kerak bo‘ladi. Guvohnomada tinlovchining ismi-
sharifi,
kurs nomi, kursning qisqacha ta’rifi va o‘qituvchining elektron imzosi
yozilgan bo‘ladi. Guvohnoma universitet-hamkorlari uchun kursni tamomlaganligi
haqida rasmiy hujjat hisoblanmaydi.
Bundan tashqari, SignatureTrack bilan
belgilangan kurslarini tugatganda, tasdiqlangan sertifikat (Verified Certificate) olish
imkoniyati mavjud, lekin, ushbu hizmat pullikdir. Tasdiqlangan sertifikat (Verified
Certificate) elektron guvohnoma (Statement of Accomplishment)
dan farqi
shundaki, tasdiqlangan sertifikatda tinlovchining shaxsi tasdiqlanadi (pasport
nus’hasi va veb-kamera orqali olingan fotografiyasi yuklanadi). Tasdiqlangan
sertifikat (Verified Certificate) da universitet logotipi qo‘yilgan bo‘ladi,
bundan
tashqari, unda ushbu sertifikatda maxsus qator (ssыlka) mavjud bo‘lib, u orqali kurs
va tinglovchi to‘g‘risida (tinlovchining
ismi-sharifi, o‘qituvchining ismi-sharifi,
kursning dasturi va muddati) ma’lumot olish mumkin. Tasdiqlangan sertifikat ham
universitet dasturidagi fan sifatida qabul qilinmaydi.
Akkreditatsiya: yo‘q.
Qiymati: bepul. Agar tinglovchi faqatgina guvohnoma emas, balki,
tasdiqlangan
sertifikat (Verified Certificate) olmoqchi bo‘lsa, u holda buning uchun tinlovchi 50
dollardan 150 dollargacha haq to‘lashi kerak bo‘ladi. Bir nechta kurslari yig‘indisi
hisoblangan ixtisoslik (Specialization) sertifikati olish uchun esa tahminan 500
dollar miqdorda pul to‘lash kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: