15. Ommaviy onlayn ochiq kurslar taqdim etayotgan internet ta’lim tizimlari


Download 421.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana21.06.2023
Hajmi421.84 Kb.
#1637718
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15.Ommaviy onlayn ochiq kurslar taqdim etayotgan internet ta’lim tizimlari.

Akkreditatsiya: yo‘q. 
Qiymati: bepul. Kurslarga kirish barcha uchun bepul. Shaxsiy murabbiy mavjud 
bo‘lgan kurlar (Coach) bo‘yicha tasdiqlangan sertifikat (Verified Certificate) olish 
imkoniyati mavjud. Buning uchun yakuniy loyihani topshirish, yakuniy suhbatdan 
o‘tish va shaxsni tasdiqlovchi xujjatni taqdim etish zarur bo‘ladi. Ushbu kurslarga 
qo‘shimcha 300 dollar to‘lash kerak. “Nanodegree" – 200 dollar oyiga. 
Mobil ilovalar: bor (iOS, Android). 


EdX platformasi 
EdX (
https://www.edx.org
) platformasi Garvard universiteti va Massachusets 
texnologiya instituti hamkorligidagi onlayn kurslar sohasidagi loyiha bo‘lib, 2012-
yilda tashkil etilgan notijorat ta’lim kompaniyasi hisoblanadi. EdX platformasining 
asosiy maqsadi ta’lim berish tarkibidan tashqari, ushbu MOOS-platforma asoschilari 
yangi texnologiyalar talabalarning o‘qishiga va ta’lim sohasini transformatsiya 
qilishda ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha tadqiqot olib borishdan iboratdir. 
Davomati: 7 mln. foydalanuvchilar. 
Hamkor-ta’lim muassasalari soni: Garvard universiteti, Massachusets texnologiya 
instituti va 60 dan ortiq universitetlari va tijorat tashkilotlar. 
Onlayn kurslar soni: 983 ta onlayn kurslar 
Kurslar yo‘nalishlari: platformada turli yo‘nalishlar bo‘yicha kurslarni topish 
mumkin: biologiya, kimyo, axborot texnologiyalari, biznes, iqtisodiyot, moliya, 
amaliy fanlar, statistika, matematika, fizika, tibbiyot, ovqatlanish, tarix, gumanitar 
fanlar, huquqshunoslik, adabiyot, falsafa, musiqa va boshqalar. Berilgan fanlarni 
ko‘p qismi kompyuter texnologiyalari, bilogiya, tabiiy fanlar, biznes va 
menejmentga tegishlidir. 
Hamkorlari: Amerikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari: Breklidagi 
Kaliforniya universiteti, Boston universiteti, Kornell universiteti, Kolumbiya 
universiteti, Kaliforniya texnologiya instituti, Dartmut kolleji, Chikago universiteti. 
Yevropa oliy ta’lim muassasalari: Sorbonna, Karolin instituti, Myunxena Texnika 
universiteti, YETN Zurich universiteti. Osiyoning quyidagi universitetlarining 
dasturlari qo‘yilgan: Gonkong Fan va texnologiyalar universiteti, Pekin universiteti, 
Seul milliy universiteti va Tokio universiteti. 

Download 421.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling