15. Ommaviy onlayn ochiq kurslar taqdim etayotgan internet ta’lim tizimlari
Download 421.84 Kb. Pdf ko'rish
|
15.Ommaviy onlayn ochiq kurslar taqdim etayotgan internet ta’lim tizimlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- MOOC (Massive open online courses)
15. Ommaviy onlayn ochiq kurslar taqdim etayotgan internet ta’lim tizimlari. Ommaviy onlayn ochiq kurslar orqali ta’lim olishning usullari haqida Hozirgi kunda internet imkoniyatlaridan foydalangan holda uydan tashqariga chiqmasdan dunyoning nufuzli universitetlarida sifatli bilim olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu esa ta’lim paradigmasini butkul o‘zgarishiga olib keldi. Bunga MOOC (Massive open online courses) – ommaviy ochiq onlayn kurslarning paydo bo‘lishi sabab bo‘ldi. MOOC (Massive open online courses) – ommaviy ochiq onlayn kurslar bo‘lib, interfaol usullardan foydalangan holda tayyorlangan va Internet tarmog‘ida ochiq holda joylashtirilgan ta’lim kursiga aytiladi. Ommaviy ochiq onlayn kurslarni tez va keng qamrovda tarqalishi ularga dunyo ta’lim bozorida talab borligidan dalolat bermoqda. OOOK orqali oliy o‘quv yurtiga kirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar, kollej o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasasi talabalari, oliy ta’lim muassasasi professor- o‘qituvchilari, mustaqil tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin. Abituriyentlar oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlari mavjud bo‘lgan fanlardan OOOK bilan taqdim etilayotgan kurslar orqali bepul bilim olishlari mumkin. Xususan, Khan Academy ( https://ru.khanacademy.org/ ) orqali matematika, fizika, biologiya, kimyo, informatika va boshqa fanlar bo‘yicha video ma’ruzalar orqali “noldan" boshlab chuqur bilimga ega bo‘lish mumkin. Shuningdek, https://www.udemy.com saytida o‘zbek tilida mustaqil o‘rganuvchilar uchun matematikadan video darslar berilgan bo‘lib, https://www.udemy.com /matematika-darslari/ havolasi orqali kursni bepul o‘rganish mumkin. Shuningdek, oliy ta’lim tizimida ma’lum masalalar mavjud bo‘lib, bu masalalarni barchasini ommaviy ochiq onlayn kurslar orqali hal qilish mumkin. Xususan: Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarni yuqori reytingdagi xorijiy oliy ta’lim muassasida malakasini oshirish masalasi; Eng yuqori reytingdagi xorijiy oliy ta’lim muassasasida talabalarni o‘qitish masalasi; Yuqori sifatli, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash masalasi; Eng yuqori reytingdagi xorijiy oliy ta’lim muassasasidagi o‘qitilayotgan fanlarni mahalliy oliy ta’lim muassasalarida joriy etish masalasi; Yangi kiritilgan fanlar bo‘yicha o‘quv majmualarni shakllantirish masalasi; Mutaxassislik fanlarini chet tillarida o‘qitish masalasi; Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish masalasi. Yuqorida keltirilgan masalalarni aynan OOOK orqali yechish mumkin. OOO kurslar orqali dunyoning eng nufuzli bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarida uydan chiqmasdan mutaxassislik olish imkoniyati mavjud. Download 421.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling