15. Ommaviy onlayn ochiq kurslar taqdim etayotgan internet ta’lim tizimlari
Download 421,84 Kb. Pdf ko'rish
|
15.Ommaviy onlayn ochiq kurslar taqdim etayotgan internet ta’lim tizimlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qatnashish sharti
Kurslarning muddati: 4 haftadan 10 haftagacha.
O‘qitish tili: 20 ta tillarda. Ko‘pchilik kurslar ingliz tilida olib boriladi. Keyingi o‘rinda – xitoy tili. Ma’ruzalarni boshqa tillarda yozilgan subtitrlar orqali ko‘rish imkoniyati yaratilgan. Coursera kompaniyasi yaratilgan kurslarin boshqa tillarga tarjima qilish uchun dunyo bo‘yicha ta’lim muassasalari va volontyorlarni jalb qilmoqda. Chet tilini bilgan ihtiyoriy inson Coursera halqaro tarjimachilik jamiyati (Global Translation Community) ga a’zo bo‘lishi mumkin va kurslarni o‘z ona tiliga tarjima qilishga yordam berishi mumkin. Coursera platformasida onlayn kurslar rus tilida ham joylashtirilgan. Qatnashish sharti: Coursera platformasida o‘qish uchun veb-saytdan ro‘yhatdan o‘tishi, o‘zi uchun qiziqarli kursni tanlashi va yozilishi yetarlidir. Ro‘yhatdan o‘tish barcha qiziquvchilar uchun ochiqdir. O‘quv shakli: videoma’ruzalar, o‘qish uchun materiallar, kurs qatnashchilari uchun forumlar. Coursera tinglovchilarni ijtimoiy tarmoqlarda ishlashini qo‘llab- quvvatlaydi (har bir tinlovchida ijtimoiy tarmoqlarning birida kamida bitta akkaunti (account) bo‘ladi). Ba’zan, bir shahardagi tinlovchilar o‘zlari uchun uchrashuvlar tashkil etishlari mumkin. Tartib bo‘yicha har bir onlayn kursining boshlanish sanasi va tugash sanasi belgilangan bo‘ladi. Yangi materiallar har haftada qo‘yiladi, topshiriqlarni belgilangan sanagacha bajarish zarur (odatda, bu muddat yangi videoma’ruza chiqquncha hisoblanadi). Bundan tashqari, platformada tinglovchilar uchun o‘zini hohlagan vaqtida – OnDemand rejimida ta’lim olishi mumkin bo‘lgan kurslar qo‘yilgan. Coursera platformasi ixtisoslik (Specialization) bo‘yicha bir qator onlayn-kurslarini taqdim etadi va ularni tugatgan so‘ng sertifikat olish mumkin. Sertifikatda Coursera kompaniyasining logotipi, kurs nomi, kurs yaratilgan universitet nomi, o‘qituvchining ismi-sharifi ko‘rsatiladi. Lekin, sertifikat olingan kurs universitet akademik darajasi bo‘yicha dasturlaridagi fan sifatida qabul qilinmaydi. Download 421,84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling