15. Ommaviy onlayn ochiq kurslar taqdim etayotgan internet ta’lim tizimlari


Download 421.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana21.06.2023
Hajmi421.84 Kb.
#1637718
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15.Ommaviy onlayn ochiq kurslar taqdim etayotgan internet ta’lim tizimlari.

Mobil ilovalar: bor (iOS, Android) 
Udacity platformasi 
Udacity (
http://www.udacity.com
) hususiy notijorat ta’lim kompaniyasi bo‘lib, 
Stenford universiteti professorlari Sebastyanom Trun, Devid Stavens va Maykl 
Sokolski tomonidan tashkil etilgan va investorlarning 20 mln. dollarlik mablag‘i 


sarflangan. Ushbu startapning maksadi ta’lim sohasini demokratizatsiyalash va 
o‘zgartirishdan iboratdir. Boshqa shunga o‘xshash platformalardan farqi shundaki, 
Udacity platformasidagi onlayn kurslarini yaratishda universitet professorlaridan 
tashqari, yetakchi soha ekspertlarini ham jalb qilinmoqda. Masalan, kompyuter ilmi, 
dizayn, matematika, texnologik biznes. Bundan tashqari, har bir kurs turli darajada 
taqdim etilmoqda: boshlovchilar, asosiy va iqtidorli tinlovchilar uchun. 
Davomati: 2 mln. foydalanuvchilar. 
Hamkor-ta’lim muassasalari soni: 2 ta universitet va 13 ta kompaniyalar. 
Onlayn kurslar soni: 50 ta onlayn kurslar 
Kurslar yo‘nalishlari: Udacity platformasidagi aksariyat kurslar axborot 
texnologiyalarga bag‘ishlangan, chunki, ushbu platforma Stenford universiteti 
bazasida olib borilgan AKT bo‘yicha bepul kurslardan tashkil topgan. Bundan 
tashqari, platforma tadbirkorlik, dizayn, matematika va fizikadan kurslarni taklif 
etadi. 
Hamkorlari: San-Xose davlat universiteti, Djordji (GaTex) texnologiya instituti
bundan tashqari, Google, Facebook, Twitter, AT&T, Cloudera, MongoDB, 
Salesforce, Autodesk, Nvidia, 23andMe, Zipfian, Cadence va Hack Reactor 
kompaniyalari. 
Kurslarning muddati: qo‘yilmagan, foydalanuvchining xoxishiga bog‘liq. Har bir 
kursning ta’rifida haftada 6 soat hisobida tahminiy muddatlari berilgan. Agar ushbu 
hisob bo‘yicha ko‘rilsa, u holda, kurslarning o‘rtacha 6-10 haftada o‘tash mumkin. 

Download 421.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling