belgilangan bo‘ladi. Sertifikat olish kerak bo‘lsa, albatta,
kurs boshlanguncha
yozilish kerak, bu bilan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish imkoniyati paydo bo‘ladi.
O‘qitish tili: ko‘pchilik kurslar ingliz tilida berilgan. Bundan tashqari, xitoy,
fransuz, ispan va hind tillarida ham kurslar mavjud, bu kurslar ingliz tilida subtitrlar
orqali berilgan.
Qatnashish sharti: har bir kurs ta’rifida tinlovchilarga shartlar berilgan (masalan,
ushbu kursni o‘qish uchun kerakli bilimlar kerakligi),
bu faqat mualliflarning
tavsiyasidir. Kirish imtihonlari yo‘q, talabgor saytda ro‘yhatdan o‘tishi kifoyadir.
O‘quv shakli: videoma’ruzalar, o‘qish uchun materiallar, testlar, onlayn-forumlar.
Forumda boshqa ishtirokchilar bilan muloqotda bo‘lishlari mumkin, bundan
tashqari, ular o‘qituvchiga savol ham berishlari mumkin.
Platforma ijtimoiy
tarmoqlarda akkaunti borligi sababli tinglovchilar bir-birlari bilan bog‘lanish va
savollar berish imkoniyatiga ega, bundan tashqari, dunyo bo‘yicha
turli shaharlarda
barcha hoxlovchilar uchun uchrashuvlar tashkil etiladi.
Bilimlarni nazorat qilish shakllari: testlar (javoblaridan tanlab olish variantlari
bilan), yozma ishlar, boshqa tinlovchilar qo‘ygan baholar (anonim tarzda, izohi bilan
yoki izohsiz), yakuniy imtihonlar.
Sertifikat mavjudligi: bor. edX uch xil sertifikatlarni taqdim etadi:
Honor Code
Certificate of Achievement, Verified Certificate
of Achievement va XSeries
Certificate of Achievement. Tasdiqlangan sertifikat (Verified Certificate of
Achievement) kypc tugagandan va mablag‘ to‘langandan so‘ng beriladi. XSeries
Certificate of Achievement sertifikati bir nechta kurslardan o‘tganlarga beriladi.
Barcha sertifikatlar elektron shaklda beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: