tayyorlash darajasi bo‘yicha bir nechta guruhlarga bo‘lingan:
New to Tech
guruhidagi kurslar AKT
ni umuman bilmaydiganlar uchun, Beginner guruhi –
boshlang‘ich, Intermediate guruhi – o‘rtacha, Advanced guruhi – yuqori darajada
biluvchilar uchun hisoblanadi.
O‘quv shakli: Har bir kurs videoma’ruzalardan tashkil topgan bo‘ladi, ularga test
savollari biriktirilgan. Bir xil kurslarda loyihalarni bajarish kerak bo‘ladi, bu
qatnashchilarda yangi bilimlar olishiga sabab bo‘ladi. Udacity platformasining ya’na
bitta vazifalaridan biri – bu tinglovchilar loyiha portfoliosini yaratishdir. Tinglovchi
bir nechta loyihalarni (5-7 loyiha) topshirgandan so‘ng, “Nanodegree" sertifikatini
olishi mumkin. Bu ilmiy daraja bo‘lmasa ham, ushbu sertifikatni AKT sohasidagi
kompaniyalarga ishga kirish vaqtida hisobga olishlari mumkin.
Bundan tashqari,
Udacity – bu hamjamiyat bo‘lib, kurs tinlovchilari forumda o‘zaro fikr almashish
orqali ham o‘rganishlari mumkin.
Bilimlarni nazorat qilish shakllari: testlar (javoblaridan
tanlab olish variantlari
bilan), uy vazifalari va shaxsiy loyihalari. Bir xil kurslarda shaxsiy murrabiy (Coach)
belgilanishi mumkin, uning zimmasiga
vazifalarni tekshirish,
savollarga javob
berish va loyiha ishlarida yordam berishlar kiradi.
Sertifikat mavjudligi: bor. Kurslarni tugatgan tinlovchilarga
elektron guvohnoma
beriladi. Bu elektron guvohnoma rasmiy xujjat hisoblanmaydi.
Bir xil kurslarda
tasdiqlangan sertifikat (Verified Certificate) olish imkoniyati mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: