15. Ommaviy onlayn ochiq kurslar taqdim etayotgan internet ta’lim tizimlari
“Xo‘sh, qayerdan shu OOO kurslarni topish mumkin?"
Download 421.84 Kb. Pdf ko'rish
|
15.Ommaviy onlayn ochiq kurslar taqdim etayotgan internet ta’lim tizimlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Coursera platformasi
- Davomati
“Xo‘sh, qayerdan shu OOO kurslarni topish mumkin?", – deb so‘rarsiz. Javobi
oddiy buning uchun barcha OOO kurslarini o‘ziga jamlagan https://www.class- central.com/ sayti orqali (OOO kurslar provayderi deb hisoblasak ham bo‘ladi) sizni qiziqtirgan fan bo‘yicha qidirish operatsiyasi orqali topishingiz mumkin. Onlayn kurslar joylashtirilgan va ta’lim jarayonini tashkil etayotgan uchta eng yirik platformalarlar: Coursera, Udacity va edX ni turli taqqoslash mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlari bilan tahlil etib chiqamiz. Coursera platformasi Coursera ( https://www.coursera.org ) notijorat ta’lim kompaniyasi bo‘lib, Stenford universiteti professorlari Endryu Hg (Andrew Ng) va Dafni Koller (Daphne Koller) lar tashkil etishgan. Ushbu startap Kleiner Perkins Caufield & Byers (KPCB) va New Enterprise Associates (NEA) kompaniyalaridan hamkorlik loyihasi bo‘yicha $16 mln. investitsiya olgan. Kompaniyaning maqsadi – eng nufuzli universitetlarning eng malakali professorlarini eng sifatli kurslarini axborot- kommunikatsiya texnologiyalari orqali dunyo bo‘yicha bepul kirishga imkoniyat yaratishdir. Davomati: 10 mln. foydalanuvchi. Hamkor ta’lim muassasalari soni: 100 dan ortiq Onlay kurslar soni: 1400 ta Kurslar yo‘nalishlari: axborot texnologiyalari, fizika, muhandislik fanlari, matematika, biologiya, tibbiyot, iqtisodiyot, tadbirkorlik, gumanitar fanlar, san’at. Hamkorlari: Jahonning turli davlatlaridagi yetakchi universitetlari. Coursera kompaniyasining birinchi hamkorlari sifatida Stenford, Priston, Pensilvaniya va Michigan universitetlari bo‘lgan. Bundan tashqari, hozirgi kunda platformada Amerikaning quyidagi nufuzli universitetlarining onlayn kurslari qo‘yilgan: Kaliforniya texnologiya instituti, Kolumbiya universiteti, Yel universiteti, Viskonsin-Medison universiteti, Shimoliy-G‘arbiy universiteti, Emori universiteti, Vanderbilt universiteti. Yevropa davlatlaridan hamkor sifatida Edinburg universiteti, Lyudvig-Maksimilian nomidagi Myunxen universiteti, Myunxen Texnika universiteti, Bokkoni, NЕS Paris, Kopengagen universitetlari, ispan IE va IESE biznes-maktablari, Lozanna universiteti, Syurix universiteti, London universiteti, Jeneva universitetini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ushbu platformada Osiyo davlatlarining kurslarini ham ko‘rish mumkin: Singapur milliy universiteti va Tayvan milliy universiteti. Rossiya Federatsiyasidan: Oliy iqtisodiyot maktabi va Moskva fizika-texnika instituti (MFTI). Download 421.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling