15-seminar: O‘qituvchining pedagogik qobiliyatlari. Qobiliyatning psixologik tavsifl


Download 35.18 Kb.
bet9/11
Sana24.12.2022
Hajmi35.18 Kb.
#1058474
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
15-seminar

KOMMUNIKATSIYA (lot. communicatio — umumlashtiraman, bogʻlayman) — 1) kibernetikada — informatsiya (axborot)larni almashish jarayoni. Jismoniy va ijtimoiy nuqtayi nazardan yondoshiladigan Kommunikatsiyalar mavjud. Jismoniy nuqtayi nazardan yondoshiladigan Kommunikatsiyani aloqa ham deb ataladi. Aloqa faza joylashgan nuqtalar, qurilmalar yoki kishilar oʻrtasida mos aloqa kanalы boʻyicha axborotlarni uzatish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Inson yaratgan texnikaviy tizimlarda quyidagi 4 ta asosiy Kommunikatsiya turi bor: «inson-inson», «inson-mashina», «mashina-inson», «mashina-mashina». Texnikaviy darajadagi Kommunikatsiya jarayonlarida turli xil sunʼiy tillar (mas, algol, kobol va axborotlarni avtomatik qayta ishlash uchun moʻljallangan boshqa tillar)dan foydalaniladi. Ijtimoiy nuqtayi nazardan yondoshiladigan Kommunikatsiya guruh yoki tashqilot ichidagi, butun jamoa ichidagi alohida shaxslar oʻrtasida axborot almashish jarayonini oʻz ichiga oladi. Bunday turdagi Kommunikatsiya, asosan, tabiiy til yordamida amalga oshiriladi. Yakka Kommunikatsiyada inson axborotni aniqlashi va idrok etishi (oʻzlashtirishi) katta ahamiyatga ega. Guruh yoki tashqilot ichidagi Kommunikatsiya uchun shu guruh yoki tashqilot aʼzolari orasida munosabatlarning taqsimlanishi, qabul qilingan Kommunikatsiya qoidalarining xususiyatlari ahamiyatli;
2) transport, aloqa yoʻllari va shahar xoʻjaligi yer osti tarmoqlari. Shahar xoʻjaligi yer osti tarmoqlariga shaharni suv, elektr energiyasi, issiqlik, gaz bilan taʼminlash uchun yer ostidan oʻtkaziladigan suv quvurlari va kabellar kiradi. Yer osti tarmoqlari koʻcha va maydonlar ostidan oʻtkaziladi. Katta shaharlarda suv quvurlari va kabellar bir umumiy kollektordan oʻtkaziladi, natijada Kommunikatsiyani taʼmirlash vaqtida yoʻllarni qayta buzib-tuzatishga hojat qolmaydi; Z) hayvonlarda birbiri bilan «muloqot qilish»dagi «signalli» usullar majmui. Har bir tur hayvon uchun «oʻziga xos» kommunikatsiya «signallari» boʻladi.
Muloqot” va “kommunikatsiya” tushunchalariga ilmiy yondashuv
Insonning rivojlanishini, ijtimoiylashishini, individning shaxs bo‘lib shakllanishini, uning jamiyat bilan aloqasini muloqotsiz aslo tasavvur etib bo‘lmaydi. Muloqot ham o‘ziga xos ehtiyoj. Polshalik olim E.Melibruda aytganidek, “shaxslararo munosabatlar biz uchun suv bilan havodek ahamiyatga egadir”. Muloqot o‘ta murakkab jarayon bo‘lganligi sababli unga yagona to‘g‘ri ta’rif berish oson emas. Shuning uchun odatda “muloqot” tushunchasining mazmuni uning ayrim tomonlariga urg‘u berish orqali ochib beriladi.Mashhur rus psixologi A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida muloqotni ikki va undan ortiq kishilar o‘rtasidagi axborot ayirboshlash, o‘zaro ta’sir va bir-birini tushunishdan iborat jarayon sifatida talqin etilgan.
O‘zbek psixologiya fanining olimlaridan biri M.G.Davletshin muallifligidagi «Umumiy psixologiya» o‘quv qo‘llanmasida esa, muloqot “ikki yoki undan ortiq kishilar orasidagi affektiv baholovchi xarakterda va bilish bo‘yicha ma’lumot almashinishdan iborat bo‘lgan o‘zaro ta’sir etishdir”- deb ta’kidlanadi. Sotsiologiyadan entsiklopedik lug‘atda muloqotga quyidagicha ta’rif beriladi: “Insonning boshqa kishilar bilan aloqaga kirishish ehtiyojini qondirish uchun individlar yoki ijtimoiy guruhlar o‘rtasida bevosita faoliyatlar, bilimlar, malakalar, tajribalar, axborotlar almashinuvidagi o‘zaro ta’sir1”. Demak, muloqot ikki va undan ortiq kishilarning bir-biri bilan aloqa qilish ehtiyojini qondiriga qaratilgan o‘zaro ta’sir jarayoni bo‘lib, bunda axborotlar almashiniladi, munosabatlar o‘rnatiladi va rivojlantiriladi.
Muloqotning hamkorlikda harakat qilish va faoliyat ko‘rsatish jarayonida odamlarni birlashtiradigan vosita til bo‘lib, u muloqotga kirishuvchilar o‘rtasida aloqa bog‘lanishini ta’minlaydi. Axborotni boshqaga yo‘llayotgan kishi (kommunikator) va uni qabul qilayotgan kishi (retsepient) munosabat va birgalikdagi faoliyat maqsadlariga erishish uchun mohiyatlarni kodlashtirish va kodini ochishning bitta tizimidan foydalanishlari, ya’ni «bitta tilda» so‘zlashishlari kerak. Agar kommunikator va retsepiyent turlicha «til»da so‘zlashsalar, ular o‘zaro hamjihatlikka va birgalikda faoliyat borasida muvaffaqiyatga erisha olmaydilar. Qo‘llanadigan belgilar (so‘zlar, imo-ishoralar va boshqalar) zamiridagi mohiyat muloqotda ishtirok etayotganlarga tanish bo‘lgan taqdirdagina axborot almashish imkoni bo‘ladi.
“Muloqot” tushunchasini “kommunikatsiya” tushunchasidan farqlash lozim. Kommunikatsiya jonli va jonsiz tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o‘rtasidagi signallar almashinuvi, daraxtlardagi irsiy belgilarning uzatilishi, insonning turli-tuman texnik vositalar bilan aloqaga kirishishi – bularning barchasi kommunikatsiya hisoblanadi. Muloqot faqat insonlar o‘rtasidagina amalga oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda, munosabatda bo‘lish jarayonida ijtimoiylashib, shaxsga aylanib boradi. Muloqot tufayli inson ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallaydi. Umuman olganda, muloqot fenomeni psixologiya fanida atroflicha o‘rganilgan. B.F.Lomov2, L.A.Karpenko va boshqalar muloqotning funksiyalari, ichki tuzilishi, xususiyatlari borasida jiddiy tadqiqotlar e’lon qilishgan.
Download 35.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling