15-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktorining buyrug‘i maktabda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida


Download 78.5 Kb.
bet1/3
Sana24.02.2023
Hajmi78.5 Kb.
#1226180
  1   2   3
Bog'liq
15-мактаб.Тўгарак.Буйруқ.



15-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktorining
BUYRUG‘I


Maktabda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
O‘quvchi yoshlarga g‘amho‘rlik qilish ishlarini yanada kuchaytirish, ularni huquqiy va ijtimoiy muhofaza qilishni ta'minlash, jismonan va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash borasida jamiyatning muhim bo‘g‘ini bo‘lgan sog‘lom va mustahkam oilani shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish uchun maktabda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida
buyuraman:
1.Maktabda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati o‘rganilsin va ko‘rib chiqilsin.
2. Fan o‘qituvchilari tomonidan 1 stavka ish yuklamasi uchun xaftasiga 2 soat (2 soat “Past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar” uchun, 2 soat “Iqtidorli o‘quvchilar” uchun) o‘tilishi belgilab qo‘yilsin.
3. O‘TIBDO‘ I.Mannopov - maktabda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan barcha pedagog xodimlar o‘z mutaxasisliklari bo‘yicha pedagogik yuklamasiga binoan to‘garaklar o‘tishi ustidan nazorat o‘rnatilsin hamda to‘garak hujjatlarini to‘liq yuritmagan pedagoglarga qonunga muvofiq choralar ko‘rilsin;
-fan to‘garaklarining yangi jadvali tuzish, faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish vazifasi yuklatilsin.
4. MMIBDO‘ A.Mamasiddiqovga
- muhim besh tashabbus ijrosini ta'minlash maqsadida maktabda maktabdan tashqari kasb-hunar to‘garaklaridan duradgorlik, musiqa, sport to‘garaklaridan yengil atletika,quvnoq startlar, futbol, voleybol, stol tennisi to‘garaklari tashkil etish va uning jadvalini tuzish, o‘tilishini nazorat qilish vazifalari topshirilsin.
- pedagog xodimlar tomonidan o‘z vaqtida o‘tilmagan to‘garaklar uchun qatiy intizomiy choralar ko‘rish bo‘yicha maktab diryektori yoki O‘TIBDO‘ga bildirishnoma (xar xaftada) taqdim etish vazifalari yuklatilsin.
5. Ushbu buyruq ijrosi nazoratini o‘z zimmamda qoldiraman.

Download 78.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling