15-variant Savollar


Download 24.95 Kb.
bet1/2
Sana18.12.2022
Hajmi24.95 Kb.
#1028523
  1   2
Bog'liq
shaxa bank ishi ma\'ruza


15-variant
Savollar
1.Paxta va g’alla yetishtirishni moliyalashtirish mexanizmi qanday bosqichlardan iborat?
2.UZONIA ko’rsatkichi nimani anglatadi va u qanday xisoblanadi?
3.Ipoteka iste’mol va tijorat kreditlarining xususiyatlari va farqlari nimalardan iborat?
Javoblar
1. Bugungi kunda keng muhokamaga sabab bo‘layotgan paxta xomashyosi yetishtiruvchilar bilan paxta-to‘qimachilik klasterlari o‘rtasida tuziladigan shartnoma yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘z fikri va pozitsiyasini bildiradi.Avvalambor, shuni yodda tutish kerakki, respublikamizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning asosiy maqsadi tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga davlat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik va tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Mazkur masala bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solingan.
Jumladan:
– O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 354-moddasi bilan fuqarolar va yuridik shaxslar shartnoma tuzishda erkinligi;
– “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasi bilan davlat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyatiga aralashishga haqli emasligi;
– “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 36-moddasi bilan xo‘jalik shartnomalarini tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilish vaqtida taraflar o‘rtasida kelib chiqadigan nizolar, shuningdek, yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iqtisodiy sud tomonidan ko‘rib chiqilishi belgilangan;
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-noyabrdagi “Paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-14-son Farmonining 3-band g-qismi bilan bir hududda barcha paxta-to‘qimachilik klasterlariga fermer xo‘jaliklari bilan shartnoma asosida faoliyat yuritishiga va fermer xo‘jaliklariga ushbu klasterlar bilan paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha ixtiyoriy ravishda fyuchers shartnomalarini tuzishga ruxsat berilgan.Yuqoridagilardan kelib chiqib, paxta xomashyosini xarid qilish bo‘yicha shartnomalarni tomonlarning kelishuviga asosan erkin ravishda tuzish maqsadga muvofiq, bunda hech qaysi davlat organi va uning mansabdor shaxslarining jarayonga aralashishga haqqi yo‘q.Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan joriy yilning 2-mart kuni (№03/28-06/90-sonli xat) Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga tavsiyaviy shartnoma blankasi yuborilgan.Ushbu shartnoma namunaviy xarakterga ega bo‘lib, paxta yetishtiruvchi xo‘jalik va klasterlarga faoliyat davomida foydalanish uchun yuborilgan, namunaviy shartnoma blankasiga tomonlarning o‘zaro kelishuviga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.Mazkur xat bilan ushbu namunaviy shartnoma blankaga asosan majburiy shartnoma tuzish topshirig‘i hech bir tomonga berilmagan.Bundan tashqari, paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklar tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb masalalardan yana biri — Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan banklar tomonidan ajratiladigan imtiyozli kreditlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kooperatsiyalar va fermer xo‘jaliklariga ajratilishini tashkil etish.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-noyabrdagi PQ-2-son “Paxta xomashyosini yetishtirish va uning yig‘im-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 2022-yil hosilidan boshlab Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘laridan paxta xomashyosini yetishtirish va paxta yig‘im-terimini imtiyozli moliyalashtirish paxta-to‘qimachilik klasterlari va Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tarkibidagi elita urug‘chilik xo‘jaliklari orqali amalga oshirilishi belgilangan.
Paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish mexanizmi amal qilgan davrda tijorat banklarida muammoli kreditlar qiymati paydo bo‘ldi va ushbu ko‘rsatkich yildan-yilga oshib ketish xavfi yuqori edi.Shu sababli, bozor mexanizmlariga o‘tish davrida tijorat banklarining moliyaviy holatini yanada yaxshilash, paxta yetishtiruvchi xo‘jaliklarga moddiy resurslarni o‘z vaqtida va sifatli yetkazib berish hamda kredit tizimini takomillashtirish maqsadida kredit mablag‘larini paxta-to‘qimachilik klasterlari orqali moliyalashtirishilish joriy etildi.Hurmatli paxta yetishtiruvchi fermerlar va qishloq xo‘jaligi korxonalari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Sizlarga paxta yetishtirish, shartnoma tuzish, moliyalashtirish va boshqa tegishli masalalar yuzasidan olib borilayotgan tadbirlar amaldagi qonunchilik asosida tashkil etilayotganini bildiradi.Besh barmoq baravar bo‘lmagani kabi, joylarda qonun buzilishi holatlari kuzatilsa, sohani rivojlantirish yoki takomillashtirish bo‘yicha har qanday takliflarni vazirlik Sizlar bilan muhokama qilishga, berilayotgan takliflarni o‘rganib chiqib, ijobiylarini joriy etish bo‘yicha amaldagi qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritilishini tashkil etishga tayyorligini bildiradi.
2. 2017 yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichi o‘rta muddatli istiqbolda bank tizimi va pul-kredit siyosatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Ushbu yo‘nalishdagi muhim qarorlardan biri milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog‘liq amaliy qadamlar bo‘ldi. Bu boradagi keyingi muhim qadamlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi bo‘ldi.Mazkur farmonda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy bankning bosh maqsadi etib belgilanib, Markaziy bankning mustaqilligi va institutsional rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar nazarda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish Konsepsiyasi kommunikatsiyalar kanalining jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda inflyatsion targetlash rejimini amaliyotga joriy etishdagi yetakchi roli inobatga olingan holda ishlab chiqilgan.Ushbu Konsepsiyaning maqsadi inflyatsion targetlashga o‘tishning konseptual asoslarini hamda ushbu pul-kredit siyosati rejimini amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etish uchun zaruriy sharoitlar yaratish bo‘yicha o‘rta muddatli rejalarni keng jamoatchilikka yetkazish va batafsil tushuntirishga qaratilgan.
II. Makroiqtisodiy barqarorlik va rivojlanishni ta’minlashda pul-kredit siyosatining o‘rni
Mamlakatda ichki narxlar barqarorligi ta’minlanishi makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikning kafolati bo‘lib, iqtisodiy islohotlarni jadallashtirish va rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda zaruriy sharoit hisoblanadi.Bunda inflyatsiyaning past va barqaror ko‘rsatkichlari muvozanatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va aholini yashash darajasini oshirishning muhim omili sanaladi. Shu nuqtai nazardan, narxlar o‘sish sur’atlarining pasayishi va barqarorlashishi davlat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bo‘lishi kerak. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarning markaziy banklari tajribalari hamda xalqaro moliya institutlari izlanishlari natijalari pul-kredit siyosatini amalga oshirishda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadining shak-shubhasiz ustuvorligini ko‘rsatmoqda.Shu bilan birga, pul-kredit siyosatini amalga oshirish tartibi va ketma-ketligi turli mamlakatlarda iqtisodiyotning xususiyatlari hamda tarkibiy tuzilishiga qarab farqlanadi.

Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyuta barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Bunda “milliy valyuta barqarorligi” tushunchasini ikki xil, ya’ni almashuv kursining xorijiy valyutalarga nisbatan barqarorligi yoki uning ichki xarid qobiliyati barqarorligi deb talqin qilish mumkin. Almashuv kursining erkin shakllanishi sharoitida milliy valyutaning barqarorligi uning ichki harid qobiliyatini saqlash orqali erishiladi.Bunda, erkin suzib yuruvchi almashuv kursi iqtisodiyotni ichki barqarorlashtiruvchi funksiyasini bajaradi. Boshqacha qilib aytganda, to‘lov balansi bilan bog‘liq tashqi shok va qiyinchiliklar kuzatilganda almashuv kursining mos ravishda o‘zgarishi ekportyorlar va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.Ayni paytda Markaziy bank pul-kredit siyosatining asosiy maqsadini ikki xil tushunilishini oldini olish va uning faoliyati asosiy yo‘nalishini aniq belgilab olish maqsadida qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi ko‘zda tutilgan.



Download 24.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling