Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2022
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal
September,
2022
164
sug‘oriladigan tuproqlarda 0.25 - 0.40 % gacha kamayadi. Gips va karbonatlarga boy.
Tuzlar tarkibida MgSO
4
yetakchi o‘rinni egallab alohida provinsiallik mavjudligidan
dalolat beradi. Yangi o‘zlashtirilgan guruhining ustki qatlami kuchsiz sho‘rtoblashgan
(singdirilgan Na singdirish sig‘imiga nisbatan 5-7 %),
qolgan qatlamlari hamda
yangidan va eskidan sug‘oriladigan ayirmalari sho‘rtoblanmagan. Sug‘oriladigan
tuproqlarda kationlarni TSK tomonidan singdirilishi ularning ion radiusiga bog‘liq.
Sho‘rxoklar kuchsiz va o‘rtacha darajada sho‘rtoblangan, ularda singdirilgan Na
miqdori singdirilgan kationlar sig‘imiga nisbatan 8-12% ni tashkil qiladi.
Sho‘rxoklarni singdirish sig‘imi 4.7-7.7 mg/ekv, sug‘oriladigan tuproqlarda esa 5.0-
9.6 o‘rtasida
tebranib, bu ko‘rsatkich ular uchun past daraja hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: