15–lаbоrаtоriya ishi. Quyosh batareyalarini tekshirish. I. Ishdan maqsad


Download 445.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana16.11.2023
Hajmi445.53 Kb.
#1778164
1   2   3   4
Bog'liq
15-laboratoriya

Monokristall 
kremniydan 
tayyorlangan 
quyosh 
elementlari
Monokristall elementlar eng yuqori samarali energiya o’zgarishiga egadirlar.
Ular toza kristallik kremniyni dislokatsiyalarning past zichligida qayta
ishlash yo’li bilan olinadi.
Polikristallik kremniydan tayyorlangan quyosh elementlari. Nazorat
etiluvchi hajmiy kristallanish yo’li bilan tayyorlanadi. Polikristallik kremniy
kristalining ichida donador chegaralar bilan ajratilgan sohalar bor bo’lib, ular
elementlarning kamroq samaradorligini vujudga keltiradi.
Amorf kremniydan tayyorlangan quyosh elementlari. Amorf kremniy
kremniyning yupqa plenkasini yetakchi materialga o’tkazish yo’li bilan
olinadi. Bu texnologiya qator afzalliklarka ega:
1) amorf kremniy asosidagi quyosh panellarini ishlab chiqarish jarayoni
nisbatan oddiy va arzon sanaladi;
2) katta maydonli elementlarni ishlab chiqarish mumkinligi;
3) kam energiya iste’mol etilishi.
Texnologiyaning kamchiliklari:
1) kristallik elementlarga nisbatan aylantirish samaradorligining sezilarli
kamligi;
2) elementlarning degradatsiya jarayoniga duchor bo’lishi.
16.1-jadvalda turli xil FEO’larning tashqi ko’rinishi va tavsifnomalari
ko’rsatilgan.
16.1-jadval.
Tavsifnomalar
Fotoelektrik o’zgartirgichning turi
Monokristall
Polikristall
Amorf
Tashqi ko’rinishi
FIK, %
14 - 20
12 - 18
6 - 10
2 QUYOSH BATAREYASI.


Quyosh 
batareyasi
— 
bir 
necha 
birlashtirilgan 
fotoelektrik
o’zgartirgichlar (yarim o’tkazgich qurilmalar)dan iborat bo’lib, u quyosh
energiyasini to’g’ridan to’g’ri o’zgarmas elektr tokiga aylantiradi. Kristallik
modul (quyosh batareyasi) bir necha alohida quyosh elementlaridan iborat
bo’lib, amalda hamma vaqt ketma–ket ulanadi, bu esa kuchlanish va chiqish
quvvatini bitta quyosh elementiga nisbatan oshirish imkoniyatini beradi.
Odatda modulning kuchlanishi batareyaning 12 Vga teng bo’lgan
kuchlanishiga moslanadi. Alohida quyosh elementining kuchlanishi 25
0
Сda
1.5ga teng atmosfera massasida 0,6 Vni tashkil etadi. Quyosh batareyasining
tuzilishi 16.2-rasmda keltirilgan.

Download 445.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling