nechta mahsulotni taklif qiling. Ammo haddan oshirib yubormang. Agar tanlov juda
katta bo'lsa, mijoz chalkashib ketadi.
Qanday qilib samarali taqdimot qilish kerak?
Asosiysi, mahsulotni mukammal bilish zarur. Agar siz tovarni yaxshi
bilsangiz, muammo bo'lmaydi. Shu bois ham menejerlar
muntazam ravishda
o'qitilib, mahsulot to'g'risidagi ma'lumotlarga ega bo'lishi talab etiladi!
Muvaffaqiyatli taqdimot uchun quyidagi qoidalarga rioya qiling:
o mijoz tilida gapiring (so'zlar, uslublar, imo-ishoralarda taqlid qiling) va ilmiy
atamalarni ishlatishdan voz keching;
o mijozga nafaqat tovar xususiyatlari, balki qanday foyda keltirishi haqida ham
aytib bering;
o o'zingiz
yoki kompaniya haqida emas, balki mijoz haqida ko'proq gapiring;
o taqdimotni harakatga chorlash bilan yakunlang (bitim tuzish, kelishish
ma'nosida).
To'rtinchi bosqich – e'tirozlarga tayyor turish
Agar mijoz sizga nimani xohlayotganini yoki raqobatchilaringizdan ham bu turdagi
mahsulotni ko'rishini,
u uchun qimmatliligini aytsa, demak, siz navbatdagi
muammoga
duch
kelgangiz.
Bu
esa
ko'pgina
hollarda
yuqoridagi
bosqichlardan yaxshi o'tmaganingiz natijasi bo'lishi mumkin. Agar siz mahsulotni
yaxshi taqdim qilsangiz, hech qanday qarshilik bo'lmasligi kerak yoki ular minimal
bo'ladi. E'tirozlarga oldindan tayyorlanish kerak. Har
xil variantlar uchun tayyor
bo'ling.
Mijozni
tinglang,
uni
tushunishingizni
amalda
ko'rsating.
Do'stlaringiz bilan baham: