16- mavzu : m ukammal taqdimot qilish sirlari reja: Startap loyihalar uchun taqdimot tuzish
Investorlarni jalb qilish – bosqichma-bosqich harakatlar rejasi
Download 273.72 Kb. Pdf ko'rish
|
13-mavzu MUKAMMAL TAQDIMOT QILISH SIRLARI
Investorlarni jalb qilish – bosqichma-bosqich harakatlar rejasi
Biznesga investitsiya topishga qaror qilgan bo‘lsangiz, biror bir sarmoyachi shunchaki g‘oya unga yoqqani uchun pul bermasligini yodda tuting. Moliyaviy mablag‘ kiritish bilan shug‘ullanuvchilarni birinchi navbatda o‘z daromadi qiziqtiradi. Shu bois mablag‘ jalb qilishda eng asosiysi – investorni kiritilgan pul vositalari unga daromad keltirishiga ishontira olish. Ko‘pchilik agar g‘oya juda original bo‘lsa, 100 foizlik muvaffaqiyatni kafolatlaydi deb o‘ylaydi. Bu yanglish fikr. Aslida kompaniya, fond va xususiy tadbirkorlarning aksariyati bunday loyihalarga shubha bilan qaraydi. Ularga sizning g‘oyangiz emas, barqaror daromad kerak. Barqarorlikni esa odatda sinalgan, odatiy sohalar ta'minlaydi. Sizning biznes g‘oyangiz qanchalik kattaligi muhim emas. Uni qanday taqdim etishingiz, sarmoyachilarni loyihaning daromad keltirishiga ishontira olishingiz muhim. 1-qadam. Bu yerda asosiy gap biznes-rejada. Investorlar birinchi navbatda shunga e'tibor qaratishadi. U har tomonlama o‘ylab tuzilgan bo‘lishi, imkon qadar ko‘proq ma'lumotni o‘zida jamlashi kerak. Bular: o Loyiha tavsifi; o Talab qilinayotgan summaga doir hisob-kitob; o Sarmoyachi qo‘lga kirituvchi daromad tahlili; o Kiritilgan mablag‘ning qoplanish muddati; o Ish rivoji istiqbollari. Bundan tashqari, mayda detallarga ham katta e'tibor berish kerak. Bu yerda hamma narsa ahamiyatli, hatto rejaning qanday sifatdagi qog‘ozga tushirilgani ham. 2-qadam. Investorga ma'qul keluvchi hamkorlik shaklini to‘g‘ri tanlash juda muhim. Bu shakl biznes-rejada ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Investor kiritilgan mablag‘dan qanday qilib daromad olishiga doir jami uch asosiy usul mavjud: Kiritilgan summadan foizlarni chiqarish; Kompaniya daromadi foizi; Biznesdagi ulush. Siz uchun ikkinchi variant qulayroq. Biroq investorlar bunga har doim ham ko‘naverishmaydi. Bu masala odatda loyiha namoyish qilinganidan keyin muhokama qilinadi. Taklif etilgan hamkorlik usuli investorga ma'qul kelmasa va u boshqa usulda qat'iy tursa, uning shartlariga ko‘ngan yaxshi. Biznesda qat'iylikni namoyish qilish kerak, biroq bu masalada emas. 3-qadam. Muzokaralar. Ularning muvaffaqiyatiga ko‘p narsa bog‘liq. Ularga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish juda muhim. O‘z g‘oyangizning sifatli taqdimotini tayyorlang. Investorlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha ehtimoliy savollarga tayyor turing. Loyihaning hatto eng mayda detali ham shubha tug‘dirmasin. Agar siz professionalga biznes-reja buyurtma qilgan bo‘lsangiz, muzokaralarga uni maslahatchi sifatida olgan yaxshi. U sizga eng nozik savollarga ham javob topishga yordam beradi va bo‘lg‘usi biznesning barcha jihatlarini izohlay oladi. Shuningdek, o‘zingizni qanday tutishingiz ham juda muhim, albatta. Bunda so‘zlayotgan ohangingiz, nutqingiz tezligi va tashqi ko‘rinishingiz ham rol o‘ynaydi. Mayda detallar haqida hech qachon unutmang, investitsiyalarni jalb qilishda ular juda muhim. Agar muzokaralar muvaffaqiyatli tugallansa, sizga shartnomani imzolash taklif etiladi. Tabiiyki, uni diqqat bilan o‘qish kerak. Unda kiritilayotgan mablag‘ summasi, hamkorlik muddati, tomonlar huquq va majburiyatlari yozilganini yaxshilab tekshiring. Download 273.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling