16 – Mavzu. Qadamli surish yuritmalari. Mavzu rejasi
Download 174.07 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq16 – Mavzu Qadamli surish yuritmalari
Elektrogidravlik qadamli yuritma. Ishlab chiqariladigan qadamli dvigatellarning quvvati uncha katta bo‘lmaganligi uchun burovchi momentni kuchaytirish gidravlik kuchaytirgichlar yordamida ta’minlanadi. Burovchi moment gidrostansiyasidagi moy oqimi energiyasidan foydalanish hisobiga orttiriladi. RDB stanoklarda momentni gidrokuchaytirgichlari foydalaniladi. Ular qadamli elektrodvigatel va kichik inersiyali yuqori momentli gidroyuritmadan tashkil topgan bo‘ladi. Gidrokuchaytirgich kuzatuvchi boshqarishga ega aksial-porshenli gidromotordan iborat (2,a-rasm). U qadamli dvigatel beradigan burovchi momentni kuchaytirishni ta’minlaydi. Gidromotor rotori (3) da porshenlar (2) joylashgan bo‘lib, ular o‘qiy yo‘nalishda harakatlanishi mumkin. Taqsimlovchi (4) ning yarim xalqa tirqishi R1 orqali dvigatelga kelib tushadigan moy bosimi ostida porshenlar (2) tayanch sharikopodshipnik xalqasi (1) ga tiraladi. Xalqa qiya joylashgan bo‘lib, porshenlar podshipnik hosil qilgan qiya tekislik bo‘yicha sirpanib, rotorni rasmda ko‘rsatilgan strelka bo‘yicha burilishga majbur qiladi. Rotor A holatni egallaganda unga moyning oqib kirishi to‘xtaydi, chunki rotor teshigi taqsimlagichning teshikni yopish elementiga to‘g‘ri keladi. Keyingi burilishda moy taqsimlagichning yarim xalqa tirqishi R2 orqali oqib chiqadi. SHunday qilib, har 7 bir porshen, rotorning yarim aylanishida ishchi yo‘lini bajaradi, ikkinchi yarim aylanishida esa teskari (salt) yurishni bajaradi. 2-rasm. Burovchi momentni gidrokuchaytirgich. Rotorning aylanish yo‘nalishini o‘zgartirish uchun moy bosim ostida tirqish R2 dan kiritilib tirqish R1 dan oqib chiqariladi. Moy oqimini boshqarish qadamli dvigatel tomonidan boshqariladigan kuzatuvchi qurilma vositasida amalga oshiriladi. Bu dvigatel vali kuzatuvchi qurilma plunjeri bilan birlashtirilgan. Plunjerda xalqasimon ariqchalar K1 va K2 hamda bo‘ylama tirqishlar P1 va P2 mavjud. Plunjer gidrokuchaytirgich vali bilan birlashtirilgan vtulka 5 da o‘rnatilgan. Vtulka (5) xalqasimon ariqchalari V1, V2, V3, V4 bo‘lgan korpus (7) ga kiydirilgan. Xalqasimon ariqcha V2 ga kanal D bo‘yicha bosim ostidagi moy beriladi; ariqcha V2 moyni chiqib ketishi uchun xizmat qiladi (kanal S); ariqchalar V1, V4 taqsimlagich (4) bo‘shlig‘idagi kanallarga ulangan. 9.,a-rasmda ko‘rsatilgan holatda plunjer (6) gidrokuchaytirgichga moy kirishini yopib turadi va u ishlamaydi. Lekin moyni gidronasosdan kanal D, kuzatuvchi qurilma korpusi ariqchasi, vtulka (5) teshigi O1 bo‘yicha plunjer tirqishii P1 ga va so‘ngra ariqchalar K1, V1 va taqsimlagich (4) orqali gidrokuchaytirgich rotoriga tushib, uni plunjer aylanadigan tomonga burishi uchun plunjerni juda kichik burchakka burish etarli bo‘ladi (2,b- rasm). Moyning gidrokuchaytirgichdan chiqib ketishi xalqasimon ariqcha V4, plunjer 8 tirqishi P2, vtulka (5) teshigi O2, ariqcha V3 va kanal S orqali ta’minlanadi (2,d- rasm). Agar plunjerni qadamli dvigatel yordamida to‘xtovsiz aylantirilsa, u bilan bir vaqtda (undan orqaroqda qolib) gidrokuchaytirgich rotori ham aylanadi. Plunjer to‘xtaganda vtulka teshiklarini yopib, moy harakatini to‘xtatadi va gidrokuchaytirgich rotori ham darhol to‘xtaydi. Gidrokuchaytirgichni teskari tomonga aylantirish uchun qadamli dvigatel valining aylanish yo‘nalishini o‘zgartirib, kuzatuvchi qurilmada moy oqimi yo‘nalishini teskari yo‘nalishga o‘zgartirish etarli. Download 174.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling