16-bilet Innovatsion iqtisodiyotda menejment strategiyalari


Download 62.04 Kb.
bet2/2
Sana26.01.2023
Hajmi62.04 Kb.
#1129073
1   2
Bog'liq
16-bilet.

2.Innovatsion marketing faoliyatini takomillashtirish.
Marketing innovatsiyalari deganda yangi yoki sezilarli yaxshilangan marketing uslublarini joriy etish tushuniladi. Bular o‗z ichiga quyidagilarni oladi: mahsulotlarning dizayni va qadoqlanishida jiddiy o‗zgartirishlar; mahsulotlarni sotish va taqdimoti bo‗yicha ularni bozorlarga tanitish va olg‗a siljitish bo‗yicha yangi uslublardan foydalanish; yangi narx strategiyalarini shakllantirishni oladi Martekingning uchta asosiy aspekti sanoatning rivojlanishiga katta ta‘sir ko‗rsatadi. Birinchisi innovatsion musobaqadir. Firmalar musobaqasida birinchi bo‗lib innovatsiyaga erishgan firma marteking sohasida ham etakchi hisoblanadi. Ikkinchisi, yirik firmalar bozorda innovatsiyalarni izlash bilan bog‗liq ishlarni doim takomillashtirishga harakat qilishlaridir. Uchinchisi, Kristensen (1997) bozor talabi asosiy innovatsiyalarga bo‗lgan talabni aniqlashtiruvchi omil ekanligini ta‘kidlab o‗tgan. Innovatsion faoliyat yo‗nalishlari eng avvalo ishlab chiqarishni takomillashtirish vazifalari va imkoniyatlari bilan emas balki iste‘molchilarning yangi mahsulot tavsifnomalari borasida nimalarni afzal ko‗rishini o‗rganish natijalari bilan belgilanishi lozim. Bugungi kunda ―Innovatsion marketing‖ – marketing faoliyatidagi yangi paydo bo‗lgan yo‗nalish hisoblanib, innovatsion mahsulot va xizmatlarni shakllantirishda ishlab chiqarish texnologiyalarni joriy qilish hamda ushbu innovatsion g‗oyani tijoratga tayyorlashni amalga oshiradi. Innovatsion marketingga, yangi tovarlarni izlash, mahsulotlarni yaratish va amaldagi mahsulotni takomillashtirib borish hamda innovatsion texnologiyalar yordamida tijoratlashtirishga yo‗naltirilgan faoliyat deb ta‘rif berishimiz mumkin.
3.Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish tizimi.
Innovatsion faoliyatning samaradorligi uni tashkil qilish shakllari va moliyaviy tomonidan qo‗llab-quvvatlash jarayonlariga ko‗proq bog‗liq bo‗ladi. Yaratilgan yangi ilmiy ishlanmalar va innovatsion texnologiyalar mamlakat iqtisodiyotining rivojlantirishda asosiy omil hisoblanadi. Bunda innovatsion faoliyatda loyihalarni moliyalashtirishning turli-tuman usullari va vositalarini amaliyotga tadbiq etish zarur. Innovatsiya loyihasining asosiy maqsadlaridan biri korxona yuqori sifatga ega bo‗lgan kerakli miqdorda mahsulot ishlab chiqarish layoqatiga ega ekanligini raqobatchilarga isbotlashdan iborat. ―Innovatsion loyiha‖ tushunchasi bir qancha nuqtai nazardan qaralishi mumkin: – innovatsion maqsadlarga erishishga xizmat qiladigan tadbirlar yig‗indisi sifatida; – innovatsion faoliyatni amalga oshirish jarayoni sifatida; – ushbu tadbirlarni asoslovchi va bayon qiluvchi hujjatlar paketi sifatida. Innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun ularni moliyaviy asoslash va investitsiyalash muhim ahamiyatga ega. Bunda loyihaviy moliyalashtirish jarayonlari nuqtai nazaridan o‗ziga xos xususiyatlarga ega innovatsion loyihalarni farqlash lozim: a) investitsion loyihalar, masalan, yangi sanoat ob‘ektlari qurilishiga (energetika, transport, aloqa va h.k.) yirik kapital qo‗yilmalar; 173 b) ilmiy-texnik (innovatsion) – ilg‗or texnologiyalar, yangiliklar, mahsulotlar va xizmatlar. Ushbu ikki xil loyiha o‗rtasida muhim farqlar mavjud bo‗lib bular quyidagilar hisoblanadi: sanoat ob‘ektlariga kapital qo‗yilmalar haqidagi mavjud moliyaviy axborotlarni mavjudligi; innovatsion ilmiy-texnik loyihalar mavhumlikning yuqori darajasiga ega bo‗lib moliyaviy yo‗qotishlar sababli to‗xtatilib qo‗yilishi mumkin; ilmiy-texnik loyihalarda axborot investitsiyaviy loyihalarga qaraganda ko‗proq cheklanganligi va mos emasligi bilan farq qiladi. Bu esa mustaqil ekspertlarning loyihalarini baholash bo‗yicha fikrlarini korrelyasiyalashni nihoyatda qiyinlashtiradi; innovatsion loyihalar ko‗p mezonliligi va yuqori darajali mavhumliligi bilangina farq qilmasdan, balki sifatli baholash bo‗yicha ham farqlanadi. ―Loyiha‖ tushunchasi bilan bir qatorda, ―innovatsion dastur‖ degan tushuncha ham mavjud. Bu tushunchalar o‗zaro chambarchas bog‗langan. Dastur - bu loyiha shakllaridan biri, dasturlash esa (dasturni shakllantirish) – loyihalar hayot sikli bosqichlaridan biri bo‗lsa-da, ularning xususiyatlari anchagina farqlanadi, dastur qo‗shimcha qator yangi xususiyatlarni orttiradi. Iqtisodiyotda innovatsion loyihalarni moliyalashtirish mustaqil korxonalar, sanoat kompaniyalari, kichik sanoat zonalari, kichik innovatsion markazlar, innovatsion fondlar, mahalliy boshqaruv idoralari, xususiy shaxslar va boshqa moliyalashtirish sub‘ektlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Ularning barchalari u yoki bu shaklda qayta ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etadilar va innovatsion faoliyatni rivojlanishida bevosita ishtirok etadilar. Innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning tashkil qilish tamoyillari moliyalashtirish manbalarining ko‗pligi, tizimning alohida elementlarining egiluvchanligi, innovatsion faoliyatdan moliyaviy qaytarilishni o‗sishni ta‘minlashi lozimInnovatsion loyiha portfelini shakllantirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi: 1. Innovatsion loyihalarni dastlabki tanlash. Bosqichning maqsadi – taqdim etilgan innovatsion loyihalarni umumlashtirilgan tahlildan o‗tkazish va baholash. Ushbu bosqich quyidagi bosqichlarni o‗z ichiga oladi: 2. Ustuvor (boshlang‗ich) yo‗nalishlar bo‗yicha portfelni shakllantirish. Bosqichning maqsadi – loyihalarni ustuvorliklar bo‗yicha puxta tahlil qilish va taqsimlash. 3. Moliyaviy va boshqa resurslarni innovatsiyalar portfeli ichida taqsimlash. Bunda ―xarajatlar-samaradorlik‖ sxemasiga asoslangan qaror qabul qilish qoidasidan foydalaniladi.

Download 62.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling