16-bob. Davlat byudjetining sog„liqni saqlash xarajatlari
Davlat sog„liqni saqlash muassasalarining tarkibi
Download 349.62 Kb. Pdf ko'rish
|
16-BOB. DAVLAT BYUDJETINING SOG\'LIQNI SAQLASH
16.3. Davlat sog„liqni saqlash muassasalarining tarkibi, ularning xarajatlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirishning xususiyatlari Ijtimoiy sohalar faoliyatini rejalashtirishning bir necha o‗n yilliklar davomida shakllangan tartiblarga muvofiq, davlat sog‗liqni saqlash muassasalari faoliyatini rejalashtirish odatda quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: 1.Aholi soni va uning tibbiyot muassasasidagi o‗rinlarga ehtiyoj me‘yorlari asosida tibbiy muassasaning ishlab chiqarish quvvatlari (u yoki bu profil yo‗nalishlari bo‗yicha o‗rinlar - koykalar soni)ni aniqlash. 2.Muayyan muassasa uchun o‗rnatilgan namunaviy shtat normativlari bo‗yicha zarur shtat normativlari sonini hisoblab topish. 3.Koykalar soni va tuzilishi(terapevtik, xirurgik, nevrologik)ga ko‗ra ish hajmini rejalashtirish. 211
2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‗rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi qaroriga sharh. O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017-y., 25-son, 532-modda. 444 4.Shtatlar jadvali, ishlab chiqarish quvvatlari va koykalar ishining ko‗rsatkichlari(koyka-kunlar soni)ga asoslanib tibbiyot muassasasini saqlash uchun moliyaviy resurslarga bo‗lgan ehtiyojni aniqlash. Davlat sog‗liqni saqlash tizimidagi har bir muassasaning ishi operativ tarmoq ko‗rsatkichlari, masalan, kasalxonalardagi o‗rinlarning o‗rtacha yillik soni (jami va o‗rinlar profillari bo‗yicha), bir yilda o‗rinlarning ishlash kunlari soni, o‗rin- kunlar miqdori, barcha toifadagi xodimlar bo‗yicha o‗rtacha yillik shtatlar birligi soni, ambulatoriya-poliklinikalarda vrach qabullari soni bilan tavsiflanadi. Davolash-profilaktika muassasalari aholiga tibbiy xizmatlarni asosan ikki shaklda ko‗rsatadi: kasalxonaga yotqizib statsionar (turg‗un) davolash va ambulatoriya- poliklinikada tibbiy xizmat ko‗rsatish. Turg‗un davolash muassasalarining asosiy ko‗rsatkichlaridan biri – o‗rin-kunlar soni bo‗lsa, ambulatoriya-poliklinika muassasasining asosiy ko‗rsatkichini vrach qabullari soni va uning asosida aniqlanadigan vrach lavozimlari soni tashkil qiladi. Muassasa xarajatlarini rejalashtirishda o‗rin-kunlar soni, vrach qabullari soni hamda vrach lavozimlari soni kabi ko‗rsatkichlar, shuningdek, ularga nisbatan o‗rnatilgan xarajat me‘yorlari asos qilib olinadi. 2001-2010-yillarda sog‗liqni saqlash tizimidagi islohotlar yo‗nalishlaridan biri birlamchi tibbiyot muassasalarini boshqarish va moliyalashtirishning yangi usullariga o‗tish, byudjet mablag‗larini taqsimlashning jahon amaliyotida ma‘qullangan jon boshiga qarab rejalashtirish uslublarini joriy qilishdan iborat bo‗ldi. Ana shu dasturiy vazifani bajarish doirasida bir qator hukumat qarorlari qabul qilindi va amaliyotga tatbiq etildi. Ularga ko‗ra qishloq hududlarida joylashgan qishloq vrachlik punktlari (QVP) va qishloq vrachlik ambulatoriyalari (QVA) qayta tashkil qilindi, ularni moliyalashtirish makaziy tuman shifoxonasi tarkibidan chiqarilib, bevosita viloyatlar sog‗liqni saqlash boshqarmalariga 445 o‗tkazildi, birlamchi tibbiyot-sanitariya yordamini ko‗rsatish (BTSYOK) muassasalariga yuridik shaxs maqomi berildi, ular xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirishda ularga biriktirilgan aholi soni, har bir aholi birligi uchun o‗rnatilgan xarajat me‘yorlari va aholining yoshi, jinsi, aholi zichligi va boshqa ko‗rsatkichlarga ko‗ra o‗rnatiladigan tuzatuvchi koeffitsientlarni qo‗llash tartiblariga o‗tildi. Bu tartiblar tajriba tariqasida avval bir necha viloyatda, so‗ngra esa butun mamlakat bo‗yicha BTSYOK muassasalari xarajatlarini rejalashtirish jarayoniga tatbiq etildi va bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib moliyalashtirish sharoitlariga bosqichma-bosqich o‗tkazildi. BTSYO qishloq muassasalari byudjetini hisobot davridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati xarajatlari, kapital qo‗yilmalar va markazlashtirilgan tadbirlar xarajatlarini istisno etgan holda viloyat sog‗liqni saqlash umumiy byudjetiga bo‗lish yo‗li bilan aniqlanadi. Bunda alohida olingan BTSYOK muassasasini moliyalashtirishning yillik hajmi tuzatish koeffitsientlaridan (jins-yosh tarkibi va aholi zichligi) foydalanilgan holda bir kishi hisobiga xarjatlarning bazaviy normativi va BTSYO muassasasiga biriktirilgan aholi soni hisobidan kelib chiqib belgilanadi. Har bir keyingi rejalashtiriladigan yilga bir kishiga xarajatlarning bazaviy normativi belgilangan tartibda aniqlanadigan indeksatsiya koeffitsiyentlari hisobga olingan holda hisoblab chiqiladi. Qoraqalpog‗iston Respublikasi Moliya vazirligi va Sog‗liqni saqlash vazirligi, viloyat hokimliklari moliya boshqarmalari va sog‗liqni saqlash boshqarmalari BTSYO qishloq muassasalari byudjetlarini hisoblab chiqadi va ularni xarajatlar guruhiga bo‗lmasdan bitta summa bilan BTSYO muassasalariga yetkazadi. BTSYO qishloq muassasalari belgilangan tartibda moliya organlarida ro‗yxatdan o‗tkaziladigan xarajatlar smetasi, shtat jadvalini ajratilgan byudjet doirasida mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. 446 O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―O‗zbekiston Respublikasida sog‗liqni saqlash tizimini isloh kilish davlat dasturi to‗g‗risida"gi 1998-yil 10-noyabrdagi PF-2107-sonli farmoniga va O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masining 1999-yil 5-martdagi ―Farg‗ona viloyatida sog‗liqni saqlashning boshlang‗ich bo‗g‗inini isloh kilish loyihasini amalga oshirish to‗g‗risida‖gi 100-sonli qaroriga muvofiq ―Salomatlik-1‖ loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida Farg‗ona, Sirdaryo, Navoiy viloyatlarida hamda Qoraqalpog‗iston Respublikasi va Xorazm viloyatining uchta tumanida qishloq vrachlik punktlarini, qishloq vrachlik ambulatoriyalari va feldsher- akusherlik punktlari komplekslarini bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib moliyalashtirish mexanizmi joriy etilgan. Sog‗liqni saqlash sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish, barcha BTSYOKning qishloq muassasalarida moliyalashtirishning yangi mexanizmini yoyish va uni BTSYO ayrim shahar muassasalarida eksperiment sifatida joriy etish, shuningdek, ―Salomatlik-2‖ va ―Ayollar va bolalar sog‗ligini mustahkamlash‖ dasturlari doirasida boshlang‗ich tibbiy- sanitariya yordami muassasalarini boshqarishni takomil- lashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 28- sentyabrda O‗zbekiston Respublikasi ―Sog‗liqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‗g‗risida‖gi 217-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan BTSYO qishloq muassasalarini Qoraqalpog‗iston Respublikasi va Xorazm viloyatida – 2005-yil 1-oktyabrdan boshlab, Andijon, Buxoro, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida – 2006-yil 1-yanvardan boshlab, Jizzax, Qashkadaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida – 2007-yil 1-yanvardan boshlab bir kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib moliyalashtirish sharoitlariga bosqichma-bosqich o‗tkazish nazarda tutildi. 447 Shuningdek, O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ―Ayollar va bolalar sog‗ligini mustahkamlash" loyihasi bo‗yicha O‗zbekiston Respublikasi bilan OTB o‗rtasidagi qarz bitimiga muvofiq, tuman (shahar) sog‗liqni saqlash turg‗un muassasalarini bir to‗liq davolangan holat hisobidan kelib chiqib moliyalashtirishga o‗tkazishga doir takliflar ishlab chiqildi va bu takliflar doirasida turg‗un davolash muassasalarining xarajatlarini rejalashtirishda muassasaning koykalar soni, shtatlar soni kabi ko‗rsatkichlari asosida rejalashtirishdek eski usullaridan har bir to‗liq davolangan holat bo‗yicha rejalashtirish va moliyalashtirish tartiblariga o‗tildi. Bugungi kunda davlat byudjetining sog‗liqni saqlash xarajatlari amaldagi byudjet tasnifining ―Sog‗liqni saqlash‖ bo‗limi bo‗yicha muassasalar va tadbirlarning quyidagi guruhlariga ko‗ra rejalashtiriladi va moliyalashtiriladi 212 : 7 070 000 Sog‗liqni saqlash 7 071 000 Tibbiyot buyumlari, asbob-uskunalari va apparatlari 7 072 000 Ambulatoriya xizmatlari 7 073 000 Kasalxonalar xizmatlari 7 074 000 Sog‗liqni saqlash sohasidagi boshqa xizmatlar 7 075 000 Sog‗liqni saqlash sohasidagi ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlari 7 076 000 Boshqa toifalarga kiritilmagan sog‗liqni saqlash masalalari Har bir guruh bo‗yicha xarajatlar muassasalarning turlari va tadbirlarning yo‗nalishlari bo‗yicha aniqlashtiriladi. Alorida olingan tibbiyot muassasasining xarajatlari uning ―xarajatlar smetasi‖ deb ataladigan moliyaviy rejasida quyidagi xarajat guruhlari buyicha rejalashtiriladi: I. Ish haqi va unga tenglashtirilgan tulovlar. 212
buyrug‗ining (ro‗yxat raqami 2146-8. 30.03.2018. Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 31.03.2018 y., 10/18/2146-8/0965-son) 4-ilovasi asosida qisman keltirilgan. 448 II. Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar. IV. Boshqa xarajatlar. Smetalarni tuzishda xarajatlarning katta guruhini tashkil qiluvchi ish haqi xarajatlarini rejalashtirish alohida o‗rin egallaydi. Ish haqi xarajatlarini rejalashtirishda Shtatlar jadvali asos bo‗lib xizmat qiladi. Shtatlar jadvalini tuzish sogliqni saqlash muassasasi xodimlari sonini aniqlashdan boshlanadi. Xodimlar soni muassasaning turi va quvvatiga ko‗ra tibbiyot muassasalari namunaviy shtatlari asosida aniqlanadi. Xodimlar soni aniqlangach, har bir ishlovchining mehnatiga haq to‗lash yillik miqdoridan tashkil topgan muassasaning mehnat haqi fondi aniqlanadi. Davlatga qarashli bo‗lgan tibbiyot va farmasevtika muassasalarida tibbiy xodimlar ish haqini hisoblash va to‗lash tartiblari O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005- yil 21-dekabrdagi 276-sonli qarori bilan tasdiqlangan ―O‗zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmasevtika xodimlari mehnatiga haq to‗lash tartibi va shartlari to‗g‗risidagi Nizom‖ 213 bilan belgilab berilgan. Ushbu Nizomga muvofiq, mehnatga haq to‗lashning takomillashtirilgan tizimi joriy etiladigan davlat muassasalarining quyidagi 4 guruhi aniqlangan bo‗lib, xodimlarning lavozim okladlari (bazaviy tarif stavkalari) ular ishlaydigan muassasaning qaysi guruhga kiritilganligiga qarab tuzatuvchi koeffitsientlarni qollagan holda oshiriladi. Bular (har bir guruh muassasalarining tarkibi mazkur o‗quv qo‗llanmaning 3-ilovasida keltirilgan): I. Ambulatoriya-poliklinika muassasalari, sanitariya- epidemiologiya nazorati xizmati va boshqa muassasalar. II. Umumiy profilli statsionar tibbiyot muassasalari va boshqalar. III. Ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalar. 213
―Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‗lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi 276-sonli qarori. O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 01.06.2018 y., 09/18/396/1287-son. 449 IV. Shoshilinch va tez tibbiy yordam markazlari, tez yordam stansiyalari, OITSga qarshi kurash Respublika va mintaqaviy markazlari. Yuqoridagi bobda byudjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlar ish haqlarining bazaviy tarif stavkalari (lavozim okladlari) 22 ta razryaddan va har bir razyrad uchun o‗rnatilgan tegishli tarif koeffitsientlaridan iborat bo‗lgan Yagona Tarif Setkasi asosida aniqlanishi, ayrim tarmoqlar uchun esa mehnatga haq to‗lashning tarmoq setkasi qo‗llanilishi mumkinligi haqida ma‘lumot berilgan edi (14- bobga qarang). Mehnatga haq to‗lashning takomillashtirilgan tizimi joriy etiladigan davlat sog‗liqni saqlash muassasalarida hozirgi kunda 11 ta razryad va har bir razryadga to‗g‗ri keluvchi tarif koeffitsiyentlaridan iborat bo‗lgan quyidagi tarmoq tarif setkasi qo‗llaniladi: Download 349.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling