438
16.1-jadval
Sog„liqni saqlash tizimi faoliyatining asosiy yo„nalishlari va
ularni moliyalashtirish manbalari
207
Faoliyat
yo„nalishlari
Bajaradigan funksiyalari
Moliyalashtirish
manbalari
Jamoat
sog‗lig‗ini
saqlash
1. Kasallanish riskini kamaytirishga
yo‗naltirilgan
aniq tibbiy xizmatlarni
taqdim etish
2. Sog‗lom turmush tarzini targ‗ib
qilish
3. Sog‗lom turmush tarzi va sog‗lom atrof-
muhitni ta‘minlashga ko‗maklashish
(sog‗lom
ovqatlanish, toza ichimlik suvi
ta‘minoti, kanalizatsiya va sh.k. )
1.
Davlat byudjeti
Klinik xizmat
ko‗rsatish
Kasalliklarni
davolashga qaratilgan keng
doiradagi tibbiy xizmatlar ko‗rsatish
1. Davlat byudjeti
2. Ijtimoiy
sug‗urta
3. Xususiy
sug‗urta
4. Pullik to‗lovlar
Sog‗liqni saqlash tizimini aholiga tibbiy xizmatlarni taqdim
etuvchi tibbiyot muassasalari tashkil qiladi. Bu muassasalarni
yangidan qurish,
mavjudlarini saqlash, moddiy-texnikaviy
jihatdan ta‘minlash, kadrlar masalasini
hal qilish kabilar
tarixan davlat mablag‗lari evaziga amalga oshirilib kelingan.
Sog‗liqni saqlash tizimining joriy va kapital xarajatlarini
moliyalashtirishda davlat byudjetining
ahamiyati hali ham
katta. Davlat byudjetidan amalga oshiriladigan xarajatlarning
qariyb 14-15 foizi sog‗liqni
saqlash tizimini saqlash va
rivojlantirishga
yo‗naltirilmoqda.
Keyingi
yillarda
bu
mablag‗larning sog‗liqni saqlash muassasalarining turlari
bo‗yicha tarkibi va tuzilishi quyidagi jadvalda aks etgan (16.2-
jadval).
207
Sog‗liqni saqlash sohasi va BTSYOKni moliyalashtirish va boshqaruv tizimini isloh
qilish. USAID/ZdravPlus Toshkent, 2005. 58-b.