16-bob. Davlat byudjetining sog„liqni saqlash xarajatlari


va rivojlantirishda davlat byudjetining ahamiyati


Download 349.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/17
Sana15.11.2023
Hajmi349.62 Kb.
#1776094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
16-BOB. DAVLAT BYUDJETINING SOG\'LIQNI SAQLASH

va rivojlantirishda davlat byudjetining ahamiyati 
Sog„liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish 
manbalari. Jahon tajribasidan shuni kuzatish mumkinki, 
tibbiy 
xizmatlarni 
moliyalash 
xarajatlari 
bir 
qancha 
manbalardan amalga oshiriladi, bular: davlat byudjeti, 
majburiy ijtimoiy (tibbiy) sug‗urta, xususiy tibbiy sug‗urta, 
to‗g‗ridan to‗g‗ri to‗lovlar (iste‘molchilarning tibbiy xizmatlarni 
sotib olishdagi xarajatlari). 
Moliyalashtirishning har bir manbasi o‗ziga xos xususiyat-
larga ega, jumladan (16.3-rasm): 
16.3-rasm. Sog„liqni saqlash tizimi moliyaviy manbalari va 
ularning xususiyatlari 
Davlat 
byudjeti
Majburiy 
ijtimoiy 
(tibbiy) 
sug’urta 
- byudjetdan moliyalashtirishning tibbiyot muassasalarining ishlab 
chiqarish quvvatlari asosida amalga oshirilishi; 
- ijtimoiy adolatning ta‘minlanishi; 
- barcha aholi uchun bir xil hajmdagi xizmatlarning kafolatlanishi; 
- boshqarish va nazorat qilishning nisbatan oddiy va arzonlishgi
- moliyalashtirish tizimining maqbul va qulayligi 
- ijtimoiy adolatning ta‘minlanishi; 
- barcha aholi uchun bir xil hajmdagi xizmatlarning kafolatlanishi; 
- mablag‘larni to‗plash va mijozlarni himoya qilish uchun 
xarajatlarning ortib borishi; 
- ish beruvchilar tomonidan norozilik kelib chiqishining mumkinligi 
Sog’liqni saqlash tizimining moliyaviy 
manbalari va ularning xususiyatlari 
Xususiy
tibbiy
sug’urta
To‘g’ridan 
to‘g’ri 
pullik 
to‘lovlar 
- ajratmalarning iste‘molchilarning to‗lash qobiliyatiga emas, ularning 
ehtiyojiga bog‘liqligi; 
- tabaqalashgan tibbiy yordam dasturlarining amal qilishi; 
- xarajatlar hajmining oshib borishi; 
- butun tibbiyot tizimini qo‗llab-quvvatlash uchun mablag‘larning 
yetarli emasligi 
- adolatli emasligi; 
- risklarni umumlashtirmasligi va keng taqsimlash imkoniyatiga ega 
emasligi; 
- butuntibbiyot tizimini yetarli resurslar bilan ta‘minlay olmasligi 


433 
1. Davlat byudjeti. Tarixan sog‗liqni saqlash tizimini 
moliyalashtirish (to‗liq yoki qisman) davlat tomonidan amalga 
oshirilgan. Davlat tomonidan moliyalashtirish quyidagi 
tamoyillarga qurilgan: 

sog‗liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning asosiy 
manbayi davlat mablag‗lari ekanligi; 

sog‗liqni 
saqlashga 
yo‗naltiriladigan 
moliyaviy 
resurslarning turli darajadagi byudjetlarda to‗planishi; 

tibbiy yordamni moliyalashtirishda tuzilmaviy tamoyilning 
ustunligi (tibbiyot muassasasi tomonidan ko‗rsatilayotgan 
alohida tibbiy xizmatlarning haqini to‗lash emas, balki uning 
xarajatlarini qoplash tartibining ustunligi); 

tibbiyot muassasalarining notijorat maqomiga ega ekanligi 
va davlat tomonidan o‗rnatilgan moliyaviy tartiblarga 
bo‗ysungan holda ijtimoiy buyurtmaning ijrochisi ekanligi; 

resurslardan foydalanishda iqtisod rejimiga rioya qilinishi; 

tizimning markazlashgan tarzda rejalashtirilishi va 
boshqarilishi; 

tibbiyot xodimlariga haq to‗lashda tarif usulining 
qo‗llanilishi; 

xodimlarni yollash va ular mehnatiga haq to‗lash 
tartibining davlat tomonidan tartibga solinishi; 

tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilishning ma‘muriy usuli 
o‗rnatilganligi.
Ushbu tamoyillarga tayangan holda faoliyat qiluvchi davlat 
sog‗liqni saqlash tizimi bir qator afzalliklarga ega: 

davlat tomonidan bepul tibbiy xizmatlarni taqdim etishni 
kafolatlash yo‗li bilan fuqarolarning yuqori darajada ijtimoiy 
himoyasi ta‘minlanadi; 

tibbiy xizmat ko‗rsatish shart-sharoitlari ustidan qat‘iy 
davlat nazorati o‗rnatiladi; 

o‗ta xavfli yuqumli kasalliklar bilan kasallanish darajasiga 
(ayniqsa, favqulodda vaziyatlarda) ta‘sir ko‗rsatishning yuqori 
samaradorligi ta‘minlanadi. 


434 
Ammo bir qator afzalliklarga ega bo‗lgani holda davlat 
sog‗liqni saqlash tizimi bozor sharoitlarida ayniqsa, keskin-
lashgan quyidagi kamchiliklarga ham ega: 

byudjetlarning 
nobarqaror 
holatlarida 
hamda 
ajratilayotgan moddiy va moliyaviy resurslarning samarasiz 
taqsimlanishi 
sharoitida 
sog‗liqni 
saqlash 
tizimiga 
yo‗naltiriladigan moliyaviy resurslar taqchilligining yuzaga 
kelganligi; 

tibbiyot xodimlari faoliyatida moddiy rag‗batlantirishning 
cheklanganligi, ular mehnat haqi umumiy darajasining 
pastligi; 

tibbiyot xodimlariga haq to‗lash va tibbiyot muassasalarini 
moliyalashtirish hajmlarining so‗nggi ish natijalarining hajmi 
va sifatiga sust darajada bog‗langanligi; 

mijoz tomonidan tibbiyot xodimi(vrach)ni va tibbiyot 
muassasasini tanlash imkoniyatining kamligi; 

ayrim (taqchil) tibbiy yordamni olish uchun ―sekin 
harakatlanadigan‖ navbatlarning mavjudligi; 

alohida ijtimoiy, hududiy va kasbiy fuqaro guruhlari 
uchun tibbiy xizmat darajasi va sifatidagi tengsizlikning yuzaga 
kelganligi (maxsus tibbiyot muassasalarining, yirik korxona va 
alohida 
tashkilotlar 
bo‗ysunuvidagi 
muassasalarning 
mavjudligi); 

kasalliklarni aniqlash, davolash va profilaktika qilishning 
yangi usullarini joriy qilishning sustligi, ijodiy erkinlik uchun, 
tibbiy xizmatlarni tashkil qilishning umumiy modellarini 
mahalliy sharoitlar va ehtiyojlarga moslashtirish uchun 
sharoitlarning yetarli emasligi; 

moliyaviy resurslar katta qismining yaxshi jihozlanmagan, 
yuqori malakali kadrlarga ega bo‗lmagan, yetarlicha sifatli 
xizmat ko‗rsatmayotgan, ya‘ni samarasiz ishlayotgan muas-
sasalarni saqlashga yo‗naltirilayotganligi; 

birlamchi tibbiy yordam va kasalliklarning oldini olish 
milliy tizimi rivojlanish darajasining pastligi, tibbiy xizmatlarni 


435 
ko‗rsatishning ancha qimmat turuvchi statsionar turlarining 
ustuvorligi, qishloq va shahar o‗rtasida sog‗liqni saqlash 
borasidagi jiddiy tafovutlarning mavjudligi; 

tibbiyot xizmatlarini ko‗rsatishdagi monopolizmning 
hukmronligi, iste‘molchilarning sifatsiz tibbiy xizmatlardan 
himoyalanmaganligi; 

tibbiyot sohasiga kapital qo‗yilmalar qilish uchun 
moliyaviy 
resurslarning 
yetishmasligi, 
inqirozlar 
va 
moliyalashtirishdagi taqchilliklar davrida tibbiy xizmat 
ko‗rsatish sharoitlarining yomonlashuvi. 

Download 349.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling