16-bob. Davlat byudjetining sog„liqni saqlash xarajatlari
I guruh II guruh III guruh IV guruh
Download 349.62 Kb. Pdf ko'rish
|
16-BOB. DAVLAT BYUDJETINING SOG\'LIQNI SAQLASH
I guruh II guruh III guruh IV guruh
Kichik tibbiyot xodimlari 5-15 % 5-15 % 5-15 % 10-20 % O‗rta tibbiyot va farmasevtika xodimlari 10-15 % 10-15 % 10-15 % 10-20 % Vrach xodimlar va provizorlar 10-15 % 10-15 % 10-20 % 10-20 % So‗nggi yillarda mamlakatimizda aholiga ko‗rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini tubdan oshirishga, sog‗liqni saqlash davlat tizimining kadrlar salohiyatini mustahkamlashga, tibbiyot muassasalarining resurslar salohiyatini yaxshilashga qaratilgan sog‗liqni saqlashni isloh qilish bo‗yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Sog‗liqni saqlashning milliy tizimini jadal rivojlantirish ishlarini tizimli va sifatli tashkil etish uchun umumiy amaliyot vrachlarining, patronaj tibbiyot hamshiralarining, qishloq vrachlik punktlari, shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmati 456 xodimlarining lavozim maoshlari oshirildi, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida mehnatni rag‗batlantirishning bozor usullari belgilandi. Tibbiyot xodimlari mehnatini baholashning hamda ular oladigan ish haqi va mukofotning bajariladigan ishning murakkabligi va ko‗rsatiladigan tibbiy xizmat sifatiga aniq va bevosita bog‗liqligini ta‘minlashning ilg‗or mexanizmlari joriy etildi. Shu bilan birga, mamlakat sog‗liqni saqlash tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‗tarish zarur bo‗lgan sharoitda tibbiyot sohasini boshqarishning innovatsion modelini joriy etish, tibbiyot xodimlarini moddiy rag‗batlantirishni davom ettirish, ularning kasbiy darajasini oshirish uchun munosib shart-sharoitlar va rag‗batlantiruvchi omillar yaratish masalalari davlatning diqqat markazida turibdi 216 . Bugungi kunda O‗zbekiston Respublikasida sog‗liqni saqlash tizimini isloh qilish bo‗yicha 2025-yilgacha mo‗ljallangan rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda. Jumladan, sog‗liqni saqlashning boshqarish va moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish, tibbiy sug‗urtani joriy qilish, davlat-xususiy sherikchilik va tibbiy turizmni rivojlantirish, tibbiy kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va tibbiyot fanini rivojlantirish kabi ustuvor yo‗nalishlarga e‘tibor qaratiladi. Bundan tashqari, birlamchi tibbiy yordamni kuchaytirish, aholi sog‗ligini mustahkamlash va farovonligini oshirish yo‗lida barcha davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. 216
muassasalari va sog‗liqni saqlashni boshqarish organlari xodimlarini moddiy rag‗batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-4007-sonli qarori. O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2018-yil 12-noyabr, 45-son, 876- modda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling