16-bob. Davlat byudjetining sog„liqni saqlash xarajatlari


-jadval  Davlat byudjetining sog„liqni saqlash xarajatlarining xarajat


Download 349.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana15.11.2023
Hajmi349.62 Kb.
#1776094
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
16-BOB. DAVLAT BYUDJETINING SOG\'LIQNI SAQLASH

 
16.3-jadval 
Davlat byudjetining sog„liqni saqlash xarajatlarining xarajat 
guruhlari bo„yicha tarkibi va tuzilishi
209
(mlrd.so‗mda) 
Ko„rsatkichlar 
2017-y. 
jamiga 
nisbatan 
foizda 
2018-y. 
(prognoz) 
jamiga 
nisbatan 
foizda 
Sog‗liqni saqlash xarajatlari- jami
6 882,90 
100 
9 562,00 
100 
Sog‗liqni saqlash muassasalarini qurish, 
rekonstruksiya qilish, kapital ta‘mirlash 
va jihozlash jamg‗armasiga ajratmalar 
552,6 
8,0 
803,6 
8,4 
Sog‗liqni saqlash muassasalari 
xodimlarining oylik ish haqi va ish 
haqidan ajratmalar 
4 989,90 72,5 
5 802,60 
60,7 
Dori vositalari, tibbiyot buyumlari, 
vaksina va bakpreparatlar sotib olish 
376,4 
5,5 
914,6 
9,6 
Oziq-ovqat mahsulotlari sotib olish 
161,9 
2,4 
199,8 
2,1 
Tibbiyot muassasalarini moddiy 
rag‗batlantirish va rivojlantirish 
jamg‗armasiga ajratmalar
192,8 
2,8 
215,9 
2,3 
Asosiy vositalarni sotib olish
55,2 
0,8 
61,8 
0,6 
Kommunal xarajatlar 
82,7 
1,2 
88,7 
0,9 
Boshqa xarajatlar 
471,4 
6,8 
1475 
15,4 
 
O‗zbekiston 
Respublikasining 
―Fuqarolar 
sog‗lig‗ini 
saqlash to‗g‗risida‖gi qonunida davlat davolash-profilaktika 
muassasalari tomonidan aholiga kafolatlangan tibbiy va 
boshqa turdagi yordam bepul ko‗rsatilishi belgilangan bo‗lib, 

209
O‗zbekiston Respublikasi


Moliya vazirligining hisobot ma‘lumotlari asosida tuzildi. 
Manba: www.mf.uz - O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti. 


441 
davlat byudjeti mablag‗lari aynan ana shu xizmatlarni va ularni 
taqdim etuvchi muassasalarni mablag‗ bilan ta‘minlash uchun 
yo‗naltiriladi.
Qonunga ko‗ra davlat tomonidan kafolatlangan bepul 
tibbiy xizmatlar doirasiga quyidagilar kiradi: 

shoshilinch, kechiktirib bo‗lmaydigan tibbiy yordam 
ko‗rsatish; 

sog‗liqni saqlash tizimining birlamchi bo‗g‗inida va bir 
qator davlat davolash-profilaktika muassasalarida, birinchi 
navbatda, qishloq joylardagi tibbiyot muassasalarida tibbiy 
xizmatlar ko‗rsatish; 

aholini yuqumli kasalliklarga qarshi immunizatsiyalash 
va emlash; 

ijtimoiy ahamiyatga ega va atrofdagilar sog‗ligiga xavf 
tug‗diruvchi sil, xavfli o‗sma, ruhiy, narkologik, endokrinologik 
hamda kasb kasalliklariga duchor bo‗lgan shaxslarga 
ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‗rsatish; 

bolalarni tekshiruvdan o‗tkazish va davolash (pullik 
muassasalardan tashqari); 

15-17 
yoshdagi 
o‗smirlarni 
hamda 
chaqiruv 
komissiyalarining yo‗llanmalari bilan chaqiruv yoshidagi (18-27 
yosh) shaxslarni tekshiruvdan o‗tkazish va davolash; 

homiladorlarga 
tibbiy 
xizmat 
ko‗rsatish 
(pullik 
muassasalardan tashqari); 

bemorlarning imtiyozli toifalariga (nogironlar, urush 
faxriylari, chin yetimlar va boshqalar) bepul tibbiy xizmat 
ko‗rsatish. 
Shuningdek, hukumatning tegishli qarorlari bilan davlat 
davolash-profilaktika muassasalarida bepul tibbiy xizmat 
ko‗rsatish belgilangan fuqaro toifalari, turg‗un davolash 
muassasalarida ovqatlanish hamda dori-darmon bilan 
ta‘minlanish uchun to‗lovdan to‗liq yoki qisman ozod 
qilinadigan fuqaro toifalari va kasallik turlari belgilangan bo‗lib, 
ular haqidagi ma‘lumotlar ushbu o‗quv qo‗llanmaning 2-
ilovasida keltirilgan.


442 
Sog‗liqni saqlash tizimidagi islohotlar doirasida davlat 
tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlarning miqdori va 
sifatini yaxshilash bilan birga ―yuqori texnologik ixtisos-
lashtirilgan tibbiy yordam ko‗rsatishning prinsipial jihatdan 
yangi tizimi tashkil etildi. Respublikada ixtisoslashtirilgan 
tibbiyot markazlari, shu jumladan, xirurgiya, kardiologiya, ko‗z 
mikroxirurgiyasi, urologiya, akusherlik va ginekologiya, 
pediatriya, endokrinologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya
dermatologiya va venerologiya, ftiziatriya va pulmonologiya 
sohasida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va 
yuqori malakali vrachlar bilan to‗ldirilgan ixtisoslashtirilgan 
tibbiyot markazlari faoliyat ko‗rsatmoqda‖
210
. Respublikaning 
ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamini yanada rivojlantirishning 
eng muhim yo‗nalishlarini belgilash, uning geografiyasini 
tuman 
(shahar) 
darajasigacha 
kengaytirish, 
hududiy 
ixtisoslashgan 
tibbiyot 
tashkilotlariga 
tashkiliy-metodik 
rahbarlik 
qilish 
uchun 
respublika 
ixtisoslashtirilgan 
markazlarining mas‘uliyatini oshirish, ularning amaliyotiga 
tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini keng 
joriy etish maqsadida ―2017-2021-yillarda O‗zbekiston 
Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam 
ko‗rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi‖ 
qabul qilindi. ―Dastur doirasida 2017-2021-yillarda O‗zbekiston 
Respublikasida ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni yanada 
rivojlantirish maqsadida davlat maqsadli jamg‗armalari 
mablag‗lari hisobidan 373,5 milliard so‗m hamda xalqaro 
tashkilotlar va moliya institutlarining mablag‗lari va grantlari 
hisobidan 100 million AQSH dollari miqdorida mablag‗ 
ajratilishi ko‗zda tutilgan bo‗lib, shundan 60 milliard so‗m 
mablag‗ Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarini 
qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta‘mirlashga va 97 

210
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20 iyundagi ―O‗zbekiston 


Respublikasi aholisiga 2017 — 2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam 
ko‗rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi PQ-3071-sonli qarori. 
O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017-y., 25-son, 532-modda.


443 
million AQSH dollari respublika va hududiy ixtisoslashtirilgan 
tibbiyot muassasalarini jihozlashga yo‗naltiriladi‖
211
.
Xulosa qilib aytganda, tibbiy xizmat iste‘molchilari uchun 
sog‗liqni 
saqlash 
tizimi 
qanday 
manbalar 
hisobidan 
moliyalashtirilishi birinchi darajali ahamiyat kasb etmaydi, 
ular uchun muhimi – ushbu tizim: aholining tibbiy xizmatlarga 
bo‗lgan ehtiyojini to‗la qondirishi; tibbiy yordamning 
hammabopligi; tibbiy xizmatning yuqori va kafolatlangan sifati; 
tibbiy yordamning uzluksiz va davomiyligi; sog‗liqni saqlash 
resurslaridan foydalanish samaradorligining yuqori bo‗lishi; 
davlat kafolatlari doirasidagi tibbiy yordamning zamonaviy 
darajasini ta‘minlashi zarur. Sog‗liqni saqlash sohasidagi 
islohotlar ham shu maqsadlar yo‗lida amalga oshiriladi. 

Download 349.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling