16-bob. Xalqaro darajada mehnatni boshqarish tayanch so’z va iboralar


 Mehnatni boshqarishda Xalqaro Mehnat Tashkilotining roli


Download 130.27 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana18.11.2023
Hajmi130.27 Kb.
#1784097
1   2
16.2. Mehnatni boshqarishda Xalqaro Mehnat Tashkilotining roli
Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) 1919 yilda tashkil etilgandan buyon 
ijtimoiy-mehnat munosabatlarini xalqaro me’yorlar asosida tartibga solishni o‘z 
faoliyatining asosiy yo‘nalishi sifatida ko‘radi. XMT tomonidan konvensiyalar va 
tavsiyalar tarzida ishlab chiqilgan xalqaro mehnat me’yorlarida (Xalqaro mehnat 
tashkilotining 1930 yildagi Zo‘raki yoki majburiy mehnat to‘g‘risidagi 29-
konvensiyasi; 1948 yildagi Uyushish erkinligi va tashkilotga huquqni himoya qilish 
to‘g‘risidagi 87-konvensiyasi; 1949 yildagi Tashkilotga va jamoaviy muzokaralarni 
olib borish huquqi tamoyillarini qo‘llashga doir 98- konvensiyasi; 1951 yildagi Teng 
ahamiyatli mehnat uchun erkak va ayollarni taqdirlash to‘g‘risidagi 100-
konvensiyasi; 1957 yildagi Majburiy mehnatni tugatish to‘g‘risidagi 105-
konvensiyasi; 1958 yildagi Mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish 
to‘g‘risidagi 111- konvensiyasi; 1973 yildagi Ishga qabul qilish uchun eng kichik 
yosh to‘g‘risidagi 138-konvensiyasi; 1999 yildagi Bola mehnatining eng yomon 
shakllarini man etish va tugatish bo‘yicha shoshilinch choralar to‘g‘risidagi 182-
konvensiyasi va boshqalarda) ijtimoiy-mehnat munosabatlarining xalqaro 
standartlari belgilab qo‘yilgan 
 
16.3. XMTda Munosib mehnat dasturining qabul qilinishi va uning 
tamoyillari
XMT jahonda ish bilan bandlik me’yorlari bo‘yicha umumiy xalqaro hujjat 
qabul qilinishi zarurligini anglagan holda Xalqaro mehnat konferensiyasining 1999 


yil iyunida o‘tkazilgan 87–sessiyasida Munosib mehnat dasturini e’lon qildi. 
Mazkur Dasturda “Bugungi kunda Xalqaro mehnat tashkilotining asosiy maqsadi – 
erkaklar va ayollar uchun erkinlik, tenglik, ijtimoiy kafolatlar va inson qadr-
qimmatini hurmat qilish sharoitlarida munosib va samarali mehnat uchun 
imkoniyatlar yaratishdir” deb alohida uqtiriladi17 . Umuman, Munosib mehnat 
dasturiXalqaro mehnat tashkiloti o‘z oldiga qo‘ygan strategik maqsadlarga 
hamohangdir.
Ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasida inson imkoniyatlarini kengaytirish 
sifat jihatidan ancha yuqoriroq ehtiyojlarni qondirishni anglatadi hamda shaxsni 
rivojlantirish, shuningdek uning ijodiy salohiyatini to‘liq namoyon etilishini 
anglatadi. Bundan XMTning Munosib mehnat konsepsiyasi keng qamrovli 
tushuncha ekanligi oydinlashadi va u bir vaqtning o‘zida quyidagi bir necha shartlar 
bajarilishini nazarda tutadi:
• mehnat sohasida har qanday kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;
• qulay ishlab chiqarish va ijtimoiy-mehnat sharoitlarining mavjudligi;
• turmush sifatini oshirish imkonini beradigan ish haqi;
• shaxsning rivojlanishi va mehnat salohiyatini namoyon qilishi uchun 
imkoniyatlar;
• xodimlar huquqlari muhofazalanganligining muayyan ijtimoiy kafolatlari 
yaratilganligi;
• ijtimoiy muloqotda ishtirok etish imkoniyati.
Yuqorida qayd qilingan shartlardan birortasiga rioya etilmasa – bu Munosib 
mehnat dasturi taqchilligini bildirgan bo‘ladi. Mazkur konsepsiya nafaqat 
xodimlarning mehnat sharoitlari, mehnat munosabatlarini yaxshilash, ularda o‘z 
mehnatidan qoniqish hissini tug‘dirishga, shuningdek mehnat unumdorligi 
yuqoriroq bo‘lishini ta’minlashga, korxonalarning, umuman mamlakatning 
raqobatbardoshligini oshirishga, ya’ni iqtisodiy va ijtimoiy samaradorlikka xizmat 
qiladi.
Xalqaro mehnat tashkilotiga a’zo davlatlarning “munosib mehnat”ni 
ta’minlash sohasidagi faoliyatini kuchaytirish maqsadida XMTning ular uchun 
majburiy bo‘lgan “Mehnat sohasida tub asosiy tamoyillar va huquqlar to‘g‘risida”gi 
deklaratsiyasi qabul qilindi. Unda Xalqaro mehnat tashkilotiga a’zo bo‘lgan barcha 
davlatlar quyidagi tamoyillarga rioya qilishlari, ularni qo‘llash va hayotga tadbiq 
etishga ko‘maklashishlari shartligi belgilab qo‘yildi:
• uyushish erkinligi va jamoaviy muzokaralar o‘tkazish huquqini amalda tan 
olish;
• zo‘raki yoki majburiy mehnatning barcha shakllarini bekor qilish;
• bolalar mehnatini amalda man etish; 
• mehnat va mashg‘ulot sohasida kamsitilishga yo‘l qo‘ymaslik.
Xalqaro mehnat tashkilotining tashabbusi bilan 2000 yilning oktyabridan 
boshlab tajriba tariqasida Munosib mehnat dasturini amalga oshirishga kirishildi. 
2002 yilning o‘rtalarida ushbu dastur turli mintaqalar va ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi ham turlicha bo‘lgan jahonning 8 davlati: Bahrayn, Bangladesh, Daniya, 
Gana, Qozog‘iston, Marokash, Panama, Filippinda joriy etildi. 
Bu quyidagi maqsadlarga yo‘naltirildi:


• “munosib mehnat” taqchilligini qisqartirish bo‘yicha milliy tashabbuslarni 
qo‘llab-quvvatlash;
• mamlakatlarga Munosib mehnat dasturini milliy siyosatga joriy etishda 
yordam ko‘rsatish;
• turli ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda munosib mehnat muammosiga kopleks 
yondoshuvning samaradorligini amaliyotda tasdiqlash;
• samarali dasturlar va siyosatni ishlab chiqish usullarini rivojlantirish;
• Munosib mehnat dasturini milliy siyosatga joriy etish bo‘yicha tajriba 
to‘plash.
Yuqorida qayd qilinganlar umumlashtiriladigan bo‘lsa, Munosib mehnat 
dasturi quyidagi xususiyatlarni qamrab oladi:
1.Ma’naviy xususiyatlar, ya’ni xodim mehnat jarayonida umume’tirof etilgan 
va o‘z qadriyatlariga amal qilishi lozim.
2. Moddiy xususiyatlar – bu qilingan mehnat va uning natijalari uchun 
taqdirlanish darajasi mazkur shaxs va uning oilasi ehtiyojlarini qondirish uchun 
yetarli darajada bo‘lishi talab qilinadi.
3. Sifat xususiyatlari. Bu xodimning mehnat faoliyati uchun zarur jihatlarni – 
ish joyining qulayligi, asbob–uskunalarning yetarligi, jamoadagi muhit va 
hokazolarni qamrab oladi.
4. Miqdor xususiyatlari esa ish va dam olish tartibining oqilona bo‘lishini 
nazarda tutadi.
5. Mehnat mazmunining xususiyatlari – ushbu tushuncha faqat mehnat 
faoliyatining qiziqarligi bilan chegaralanib qolmasdan, shuningdek xodimning o‘z 
bilimi, malakasini oshirish, xizmat darajasida ko‘tarilish, rahbariyat va jamoa 
a’zolari tomonidan qarorlar qabul qilinishida fikrlari hisobga olinishini ham qamrab 
oladi.
Shundan kelib chiqqan holda “munosib mehnat”ni - shaxsni daromadining 
darajasi, ijtimoiy himoyalanganligi, kasbda o‘sish imkoniyatlari, shuningdek 
mazmuni, ahloqiy xususiyatlari bilan qondiradigan mehnatdir” deb ta’riflash 
mumkin. 
 
 
Nazorat savollari 
1.Mehnat sohasiga doir inson huquqlarining himoyalanishi bo‘yicha qanday 
ishlar amalga oshirilgan
2.Halqaro darajada mehnatni boshqarish qaysi tashkilot tomoindan amalga 
oshiriladi?
3.XMT missiyasi nimadan iborat?
4.XMTning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha qanday konvensiyalarini 
bilasiz?
5.Majburiy mehnatni oldini olish bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirlmoqda?

Download 130.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling