16-dars. 10-sinf. 4-bolim. Amaliy jismoniy tayyorgarlik. 1-mavzu. Toʻsiqlar yoʻlagi (qatori)dan oʻtish


Download 1.03 Mb.
Sana09.06.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1475287
Bog'liq
10-sinf. 16-dars. Kengaytirilgan bayonnoma


16-dars. 10-sinf.
4-bolim. AMALIY JISMONIY TAYYORGARLIK.
1-mavzu. Toʻsiqlar yoʻlagi (qatori)dan oʻtish.
2-mashgʻulot. Amaliy. Toʻsiqlar yoʻlagidagi alohida toʻsiq va toʻsiqlar guruhini yengishni oʻrganish hamda ularni yengib oʻtish boʻyicha mashq qilish.
Maqsadi.O`quvchilarga alohida to`siq va to`siqlar guruxini yengishni o`rgatish. Chaqqqonlik, topqirlik ruxida tarbiyalash.
Uslubi. Mashq qilish.
O`quv savollari. 1. To`siqlar yo`lagidagi xandoq va labirintdan iborat to`siqlar guruxi. 2. Balandligi 2 m bo`lgan devor, buzilgan ko`priklardan iborat to`siqlar guruxi. 3. Buzilgan pillapoya. 4. Ikki derazali devor va quduqli transheyalardan iborat to`siqlar guruxi.
Vaqti.45 daqiqa.
Joyi. Yagona to`siqlar qatori.
O`MT.Darslik, yagona to`siqlar qatori, plakatlar va mavzuga oid boshqa jixozlar.


Darsni o`iish tartibi va uslubiy tavsiyalar
Kirish qismi.
Asosiy qism.

To`siqlarni yengib o`tish, granata uloqtirish, maxsus uslub va harakatlarning turli usullarini o`zlashtirib bo`lgach, to`siqlarni kompleks tarzda yengish mashg`ulotlariga o`tiladi.


Topshiriqqa qarab mashg`ulotlar AK avtomati bilan yoki avtomatsiz o`tkazilishi mumkin.


1-o`quv savoli. To`siqlar yo`lagidagi xandoq va labirintdan iborat to`siqlar guruxi.
Harakat yo`lakning boshlanish chizig`idan bo`shlanadi. Boshlang`ich holat – qo`llarga tayanib yotish yoki tik turish.
“Boshla!” komandasi berilganda o`quvchi o`rnidan va chuqurlik tomon 20 m masofani yugurib o`tadi.
Xandoqni eni 2 m, 2,5 m va 3 m li. Shuni 2,5 mli qismidan sakrab o`tiladi.





1-rasm. Yagona to`siqlar qatoridagi eni 2 m, 2,5 m va 3 m bo`lgan xandoq.



To`siqlar yo`lagidagi labirint. Labirint yo`lakchalarida yugurib o`tiladi. Individual xususiyatlardan kelib chiqib, ko`krakni old tomonga qilib yoki yonbosh bilan harakatlanish mumkin.



2-rasm. Yagona to`siqlar qatoridagi labirint (eni 2 m, bo`yi 1,1 m; yo`lakchalar orasi 0,5 m; yo`lakchalar
soni 10 ta).

2-o`quv savoli. Balandligi 2 m bo`lgan devor, buzilgan ko`priklardan iborat to`siqlar guruxi.
Devordan (balandligi 2 m; qalinligi 25 sm), engashgan doska bilan doska uzunligi 3,2 m., eni 25-30 sm) tayangan yoki ilashgan usullarni birini qo`llab oshib o`tiladi. Shoti orqali buzulgan ko`prikka chiqiladi va uni oxirigacha yugurib borib undan sakrab yerga tushiladi (buzilgan ko`prik (balandligi 2 m), bu ko`prik 3 ta to`gri burchakli 0,2 x 0,2 balkalar bo`laklaridan iborat; birinchisining uzunligi 2 m, ikkinchisi 3,8 m; boshidan 135 gradusli burilishgacha 1 m; uchinchisi 3,3 m; boshidan 135 gradusli burilishgacha 2,8 m; balkalar orasidagi uzilishlar kattaligi. 1 m, ikkinchi bo`lak boshida va uchinchi bo`lak boshida va oxirida vertikal narvonlar mavjud bo`ladi).







2-rasm. Yagona to`siqlar qatoridagi vertical to`siqlar (2mli devor va buzilgan ko`prik).

3-o`quv savoli. Buzilgan pillapoya.
Buzilgan pillapoyani (eni 2 m, pog`onalar balandligi 0,8 m, 1,2 m, 1,8 m pog`onalar orasi 1,2 m; oxirgi pog`onada 2,2 m.) yengib o`tishda 1-2 pog`onalardan o`tiganda oyoq yerga tekkizilishi shart, to`rtinchi pog`onani ostidan o`tiladi.



2-rasm. Yagona to`siqlar qatoridagi buzilgan pillapoya.

4-o`quv savoli. Ikki derazali devor va quduqli transheyalardan iborat to`siqlar guruxi.
Ushbu to`siqlar guruxini yengish uchun devorni (g`isht devor (balandligi 1,1 m, eni 2,6 m, qalinligi 0,4 m); ikkita ko`zi bor: pastkisi 1x0,4 m., ustkisi 0,5x0,6 m, g`isht devor ostida 2,6x3 m.li maydoncha bor) chap qismidagi teshikdan o`tiladi.





3-rasm. Yagona to`siqlar qatoridagi ikki ko`zli devor.

Ikki ko`zli devordan o`tilgach yugurib transheyaga tushiladi (transheya (chuqurligi 1,5 m);) va aloqa yo`li orqali quduqqa boriladi (quduq chuqurligi 1 ,5 m,, eni 1 m va aloqa yo`li (uzunligi 8 m, bir burilish bilan). Quduq tashqarisidagi garanatani ikki ko`zli devorni xohlagan bi ko`ziga yoki devor ortidagi 2,6x3 m li maudonchaga uloqtiriladi.





4-rasm. Yagona to`siqlar qatoridagi ikki ko`zli devor.

Yakuniy qism.


23-IDUM CHQBT raxbari: A.Bo`tayev


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling