16-ma’ruza: Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari
Teri qoplamasi orqali tushadigan zaharli
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
4-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zaharlanishni oldini olish
Teri qoplamasi orqali tushadigan zaharli moddalar ayrim o‗simliklar, erituvchilar hamda
hasharotlarga qarshi qo‗llaniladigan vositalar tarkibida bo‗lishi mumkin. Inyeksiya orqali organizmga zaharli moddalar, hasharotlar, ilon chaqqanda hamda hayvonlar tishlaganda, shuningdek dori yoki giyohvand moddani shprits orqali yuborganda tushishi mumkin.
qoidalarga rioya qilinadi: - Barcha dorilarni, xo‗jalik vositalarini, zaharli o‗simliklarni va boshqa havfli moddalarni bolalarning qo‗li yetmaydigan joyga yashirib qo‗yish, qulflanadigan shkaflardan foydalanish, barcha xo‗jalik va dori moddalarga havfli narsaga bo‗lgandek munosabatda bo‗lish. - Dorini bolalarga berayotganda uni hech mahal konfet demaslik. - Barcha mahsulotlarni tegishli nom ostidagi maxsus qutida saqlash. Xo‗jalik buyumlarini hech qachon oziq-ovqat mahsulotlari yoki ichimliklar idishlarida saqlamaslik. - Zaharli moddalar uchun mahsus ramzlardan foydalanish va ular nimani bildirishini
bolalarga tushuntirib qo‗yish. - Yaramaydigan yoki muddati o‗tgan mahsulotlarni tashlab yuborish. - Havfli kimyoviy moddalarni yaxshi shamollatiladigan xonada hamda faqat yo‗riqnoma bo‗yicha ishlatish. - Kana ko‗p bo‗ladigan joylarda och rang kiyim kiyish, bu kiyimdagi mayda hasharotlarni hamda kanani darhol ko‗rish imkonini beradi. Yengi uzun ko‗ylak va uzun shim kiyish, shimning pochasini paypoq yoki botinka ichiga kirgizib qo‗yish, ko‗ylakni shim ichiga kirgizib qo‗yish kerak. - O‗rmon yoki dalada yurganda so‗qmoq bo‗ylab yurishga harakat qilish, butalar yoki baland o‗tlarni chetlab o‗tish kerak. - Uyga qaytgach tananing tukli qismiga (bo‗yin orqasiga va boshdagi sochlarga) e‘tibor berish.
- Xom qo‗ziqorinning mazasini bilishga urinmaslik. - Yetilib o‗tgan, shilimshiqli, quruqshagan, qurt tushgan yoki buzilgan qo‗ziqorinni ovqatga ishlatmaslik. - Bankadan olingan, botulizm kasalligi bilan og‗rish havfi bo‗lgan, uy sharoitida germetik qilib berkitilgan bankadagi qo‗ziqorinni ovqatga ishlatmaslik lozim.
Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling