16-ma’ruza: Birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish asoslari
Cho‘kkan odamga birinchi yordam ko‘rsatish
Download 0.94 Mb. Pdf ko'rish
|
4-maruza
Cho‘kkan odamga birinchi yordam ko‘rsatish. Jabrlanuvchini suvdan chiqarib
10.31-rasm. Jabrlanuvchini qutqarish. olgach, uni qattiq joyga yotqizib yuqori nafas yo‗llarini tozalash, nafas olayotgan- olmayotganini 5 sekund ichida aniqlash, nafas olmayotgan bo‗lsa, sun‘iy o‗pka ventilyatsiyasini amalga oshirish, uyqu arteriyasidan tomir urishini tekshirish, tomir urmayotgan bo‗lsa, yurak- o‗pka faoliyatini tiklash choralarini ko‗rish lozim. Cho‗kish vaqtida cho‗kuvchi nafas ushlab, suv yuzasiga chiqadi va havo olib, yana suvga botadi. Suv ostida 3 minutdan 30 minutga qadar bo‗lgan odamni qaytadan tiriltirish mumkin. Bu vaqt o‗limning turiga, suv haroratiga, cho‗kish vaqtidagi markaziy nerv tizimining holatiga bog‗liq bo‗ladi. Cho‗kkanlarga birinchi tibbiy yordam berishga kirisha turib, cho‗kuvchining hushidan ketgan-ketmaganligi, yurak faoliyati va nafas olishini aniqlash kerak. Yordam ko‗rsatish hodisa yuz bergan joydan boshlanib, yo‗lda davom ettiriladi. Kasalni faqat terminal holatdan chiqarilgandan keyingina transportirovka qilish mumkin. Agar cho‗kuvchi hushidan ketmagan bo‗lsa, tinchlantirib, ho‗l kiyimlar yechiladi va isitilib, choy, kofe, spirt yoki valeriana tindirmasi beriladi. Bunday shaxsni kasalxonaga yotqizish maqsadga muvofiqdir. Cho‗kuvchi suvdan hushsiz, lekin yurak faoliyati va nafasi saqlangan holda olib chiqilsa, unga navshadil spirti hidlatilib, badani isitiladi. Agar zarurat bo‗lsa, yurak va nafas faoliyatini yaxshilovchi dori-darmonlar qilinadi va eng yaqin davolash muassasasiga jo‗natiladi. O‗lim holatidagi cho‗kkanlarning, avvalo, nafas yo‗llari yot jismlar, suv va shilimshiq moddalardan tozalanib, sun‘iy nafas oldiriladi va yurak massaji o‗tkaziladi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling