Sovuq urishidagi kechiktirib bo‘lmaydigan yordamlar. Issiq xonada tananing sovuq
urgan qismlarini isitishga qaratilgan tezkor chora-tadbirlar o‗tkazish – toza qo‗l bilan
tashqaridan markazga qarab uqalash, spirt, odekolon, vazelin yoki har qanday antiseptik moy
(«Детский», «Чебурашка», «Женьшень» va boshqalar) bilan ishlov berish, keyin aseptik
bog‗lam qo‗yish lozim. 3 va 4-darajali sovuq urishlarida shikastlangan qo‗l va oyoqlar
harakatsiz holatga keltirilishi kerak.
Uqalashda qor yoki muzdan foydalanishga yo‗l qo‗yib bo‗lmaydi. Bemorga issiq choy,
kofe, sut, 20 tomchi karvolol ichiriladi. Imkoniyat boricha tezroq jarrohliq statsionariga olib
boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |