4.4-rasm. Aktiv geliotizimli issiqlik ta’minotiga ega uy
1-
quyosh kollektori; 2 - issiqlik akkumulyatori; 3
-suvni qizdirish uchun
issiqlik almashingich; 4
- issiq suv bak akkumulyatori; 5 -havoni qizdirish uchun
issiqlik almashingich; 6 - ortiqcha issiqlikni tashlash uchun issiqlik almashingich;
7 - kengayish baki; 8 - suv isitish uchun issiqlik almashingich
4-rasmda aholi yashaydigan uyning tomiga o‘rnatilgan suyuqlik quyosh kollektori
tasvirlangan. Isitish va issiq suv ta’minotida geliotizimning qolgan jihozlari uyning
podvalida joylashgan. U erda asosiy
issiqlik akkumulyatorlari, suv isitish uchun
issiqlik almashingich (3), issiq
suv akkumulyatsiyasi uchun bak, uyni isitish va
havoni qizdirish uchun issiqlik almashingich (5), kengayish
baki va antifrizdagi
issiqlikni suvga uzatish uchun issiqlik almashingich o‘rnatilgan. Uyning
tashqarisida issiqlik almashingich (6) bo‘lib u yoz oylarida ortiqcha yig‘ilgan
quyosh issiqligini tashlab yuborish uchun xizmat qiladi.