16-Маъруза машғулоти Мавзу. Пассив ва актив қуёш сув иситкичларининг тизими
-rasm. Suvni to‘g‘ridan to‘g‘ri qizdirish uchun bir konturli termosifon
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
16-Маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Passiv sirkulyatsiyali issiqlik tashuvchiga ega ikki konturli tizim
- 3.2-rasm. Passiv sirkulyatsiyali issiqlik tashuvchiga ega ikki konturli tizimning prinsipial sxemasi
3.1-rasm. Suvni to‘g‘ridan to‘g‘ri qizdirish uchun bir konturli termosifon
tizim Qanchalik (T 1 ) va (T 2 ) farqi yuqori va N qiymati katta bo‘lsa qurilmada suvning tabiiy sirkulyatsiyasi jadalligi yuqori bo‘ladi. Bunday tizimning o‘ziga xosligi shundaki, termosifon tizim holatida bak akkumulyatorning quyi nuqtasi kollektor yuqori nuqtasidan 3-4 m dan baland bo‘lmasligi zarur, nasos sirkulyatsiyasida bak-akkumulyator ixtiyoriy joylashishi mumkin. Bunday shart nafaqat kunduz vaqt davomida quyosh nurlanishi mavjudligida normal suv sirkulyasiyasini ta’minlash uchun, balki qurilmada suvning teskari sirkulyasiyasining oldini olish uchun ham muhimdir. Bu qurilmalar butun dunyoda, ayniqsa issiq iqlim mamlakatlarida keng qo‘llanilishi, ekspluatatsiyasi, tayyorlanishi jihatidan juda oddiy sanaladi. Sovuq iqlim sharoitlarida quyosh suv isitish kollektorlarining bir konturli emas, ikki konturli sxemasidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Unda kollektorda qizdiriladigan asosiy issiqlik tashuvchi sifatida istalgan muzlamaydigan, kimyaviy faol bo‘lmagan, (masalan, suvning etilen yoki propilen bilan aralashmasi, antifriz, glizantin (suvning glitserin bilan aralashmasi) va boshqalar) suyuqliklar xizmat qiladi. Passiv sirkulyatsiyali issiqlik tashuvchiga ega ikki konturli tizim:bunday tizimning ishi bir konturli tizimning ishiga o‘xshashdir, lekin tizimda bak- akkmulyatorida issiqlik almashingich, quvuro‘tkazgichlar, kollektorlardan iborat alohida berk kollektor konturi mavjud. Bu kontur maxsus qoidaga muvofiq muzlamaydigan issiqlik tashuvchi bilan ta’minlanadi. 3.2-rasm. Passiv sirkulyatsiyali issiqlik tashuvchiga ega ikki konturli tizimning prinsipial sxemasi Kollektorda issiqlik tashuvchi qizigandan so‘ng issiqlik almashtirgichning yuqori qismiga kelib tushadi va o‘z issiqligini bakda joylashgan suvga uzatadi, so‘ngra sovib pastga harakat qiladi, ya’ni kollektorning kirish qismiga harakatlanadi. Bunda u quyosh radiatsiyasi ta’sirida doimiy sirkulyatsiyani amalga oshiradi. Bunda ham termosifon holatida bak akkumulyatorning quyi chegarasi va kollektorning yuqori nuqtasi farqi 3-4 metrdan oshmasligi zarur, nasos rejimida bak-akkumulyator ixtiyoriy joyda o‘rnatilishi mumkin. Majburiy sirkulyatsiyali tizimlarda kollektor konturiga sirkulyatsiyali nasos qo‘shiladi, shu sabab binoning istalgan qismida bak-akkumulyatorni joylashtirish imkonini beradi. Kollektorda issiqlik tashuvchining harakat yunalishi majburiy sirkulyatsiya yunalishi bilan mos tushishi kerak. Nasos rejimini o‘chirish yoqish differensial boshqarish relesidan tashkil topgan, ya’ni bakda va kollektorlarning chiqish qismiga o‘rnatilgan harorat datchiklari ko‘rsatkichlarini taqqoslovchi elektron boshqarish bloki yordamida amalga oshiriladi. Agar kollektorlardagi harorat bakdagi suv haroratidan yuqori bo‘lsa nasos qo‘shiladi. Bak va kollektor o‘rtasidagi doimiy harorat farqini hisobga olib nasos ish jarayoni va issiqlik tashuvchining aylanish tezligini o‘zgartirishga imkon beruvchi bloklar ham mavjud. Aktiv sirkulyatsiyaga ega tizimlar odatda ikki konturli bo‘ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling