16-Ma’ruza. Simsiz tarmoq xavfsizligi
Regional simsiz tarmoqlar
Download 78.84 Kb.
|
16-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Global simsiz tarmoqlar
Simsiz shaxsiy tarmoqlarning aksariyat uzatuvchi-qabul qiluvchilari (transceiver) kam quvvat is’temol qiluvchi va ixcham mikroprosessorlar bilan ta’minlangan. Bu esa katta bo’lmagan foydalanuvchi qurilmalarini samarali madadlashga hamda kompyuter qurilmasini uzoq vaqt mobaynida bitta batareyada (yoki akkumulyatorda) ishlashiga imkon beradi. Undan tashqari, kam quvvat iste’mol qilinishi simsiz shaxsiy tarmoqlarni uyali telefonlarga, PDAlarga va naushniklarga tatbiq etishga sabab bo’ldi. Simsiz shaxsiy tarmoqlar Internetga va ilovalarga ulanishda noutbuklar va shaxsiy kompyuterlarning o’zaro aloqasini ta’minlashi mumkin. Bu ta’sir doirasi bitta xona bilan chegaralangan tarmoqlarga to’g’ri keladi. Shaxsiy simsiz tarmoqlarning keng tarqalgan turiga Bluetooth texnologiyasi misol bo’la oladi. Bluetooth. Ushbu texnologiya qisqa masofalarda simsiz tarmoqni tashkil etish texnologiyasi hisoblanib, 2.4 - 2.485 Ggs oraliqda ishlaydi. Ushbu texnologiya 1994 yilda Ericsson kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Ushbu texnologiyaga IEEE tashkiloti tomonidan IEEE 802.15.1 standarti berilgan. Ushbu texnologiyada ma’lumot paket ko’rinishada 79 ta kanaldan biri orqali yuboriladi. Ya’ni har bir kanal uchun 1 Mgs dan chastota berilgan. Bluetooth 4.0 da esa 2 Mgs.dan chastota berilib, kanallar soni esa 40 ta bo’ladi. 79 kanal bo’lgan holda birinchi kanal 2402 Mgs.dan boshlanib, 2480 Mgs.da tugaydi. 16.1-rasm. Simsiz PAN tarmog’i Bluetooth texnolgiyasi asosan mobil telefonlar va dastlabki ishlab chiqilgan kompyuter qurilmalari uchun mo’ljallangan bo’lib, kichik hajmdagi ma’lumotni almashinishda keng foydalaniladi. 16.2-jadval Bluetooth texnologiyasi versiyalari
Bluetooth standartining 1.1 va 1.2-versiyalari BR nomi bilan tanilib, ma’lumotning uzatishda amalga 720 Kbit/s tezlikga ega va Gaussian Frequency-Shift Keying (GFSK) modulyasiyasidan foydalanadi. Bluetooth standartining 2.0 versiyasi EDR texnologiyasi deb nomlanib, ma’lumotni uzutishda amalda 2.1 Mbit/s tezlikka ega. π/4 surishga asoslangan Differential Quaternary Phase Shift Keying (DQPSK) modulyasiyasidan foydalangan holda ma’lumot uzatish tezligi 2 Mbit/s ga teng bo’lsa, 8 fazali Differential Phase Shift Keying (8DPSK) modulyasisidan foydalangan holda esa 3 Mbit/s tezlikka erishiladi. Ushbu texnologiya faqat Bluetooth 2.0 yoki undan yuqori versiyalarda mavjud. Bluetooth 3.0 versiyasi HS texnologiyadan foydalanadi va Alternate MAC/PHYs (AMP) yordamida yuqori tezlikni ko’rsatadi. AMR texnologiyasida Orthogonal Frequency-Division Multiplexing (OFDM) modulyasiyadan foydalangan holda 24 Mbit/s tezlikka erishiladi. Bluetooth 4.0 versiyasida Bluetooth LE (Low Power Bluetooth) texnologiyasidan foydalanadi. Ushbu texnologiyaning qolgan versiyalarda foydalanilgan texnologiyalardan farqi uning kam quvvat talab etishi va resurslardan kam miqdorda foydalanilishini olish mumkin. Download 78.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling