16-Ma’ruza. Simsiz tarmoq xavfsizligi


Download 78.84 Kb.
bet4/9
Sana03.12.2023
Hajmi78.84 Kb.
#1799925
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
16-maruza

Simsiz lokal tarmoqlar ofislarning ichida va tashqarisida, ishlab chiqarish binolarida uzatishlarning yuqori xarakteristikalarini ta’minlaydi. Bunday tarmoqlardan foydalanuvchilar odatda noutbuklarni, shaxsiy kompyuterlarni va katta resurslarni talab etuvchi ilovalarni bajarishga qodir prosessorli va katta ekranli PDAlarni ishlatishadi. Xizmatchi tarmoq xizmatlaridan majlislar zalida yoki binoning boshqa xonalarida bo’la turib foydalanashi mumkin. Bu xizmatchiga o’z vazifalarini samarali bajarishga imkon beradi. Simsiz lokal tarmoqlar uzatishning 54Mbit/s.gacha tezligida barcha ofis yoki maishiy ilovalar talablarini qondirish imkoniga ega. Xarakteristikalari, komponentlari, narxi va bajaradigan amallari bo’yicha bunday tarmoqlar Ethernet xilidagi an’anaviy simli lokal tarmoqlarga o’xshash.

16.2-rasm. Simsiz LAN tarmog’i
Ushbu turdagi simsiz aloqa turiga WI-FI texnologiyasi misol bo’lib, 2.4 va 5,0 GGs chastotalarda ishlatiladi. Ushbu texnologiyani ko’plab qurilmalar, shaxsiy kompyuterlar, video-o’yin qurilmalari, smartfonlar, raqamli kameralar, raqamli audio qurilmalari qo’llab quvvatlaydilar.
Simsiz regional tarmoqlar yuzasi bo’yicha shaharga teng bo’lgan xududga xizmat qiladi. Aksariyat xollarda ilovalarni bajarishda belgilangan ulanish talab etsa, ba’zida esa mobillik zarur bo’ladi. Masalan, kasalxonada bunday tarmoq asosiy bino va masofadagi klinikalar orasida ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi. Yoki, energetik kompaniya bunday tarmoqdan shahar masshtabida foydalanib, turli tumanlardan beriladigan ish naryadlaridan foydalanishini ta’minlaydi. Natijada, simsiz regional tarmoqlar mavjud tarmoq infratuzilmalarini bir joyga to’playdi yoki mobil foydalanuvchilarga mavjud tarmoq infratuzilmalari bilan ulanishni o’rnatishga imkon beradi.
Simsiz Internet xizmatlari bilan ta’minlovchilar (Wireless Internet Service Provider, WISP) uyda foydalanuvchilar va kompaniyalar uchun doimiy simsiz ulanishlarni ta’minlash maqsadida shaharlarda va qishloq joylarda simsiz regional tarmoqlarni mijozlar ixtiyoriga taqdim etadi. Bunday tarmoqlar, ko’pincha simli ulanishlarni yotqizish bilan bog’liq chegaralanishlarga ega bo’lgan oddiy simli ulanishlarga nisbatan samarali xisoblanadi.
Simsiz regional tarmoqlarning xarakteristikalari turlicha. Ulanishlarda infraqizil texnologiyaning ishlatilishi ma’lumotlarni uzatish tezligining 100 Gbit/s va undan katta bo’lishini ta’minlaydi.

16.3-rasm. Simsiz MAN tarmog’i
Simsiz MAN tarmoqlari odatda WiMAX (Worldwide Interoperability for Microwave Access) texnologiyasi asosida quriladi. WiMAX texnologiyasi

Download 78.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling