16-Ma’ruza. Simsiz tarmoq xavfsizligi


Download 78.84 Kb.
bet1/9
Sana03.12.2023
Hajmi78.84 Kb.
#1799925
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
16-maruza


16-Ma’ruza.
Simsiz tarmoq xavfsizligi
Reja:
1. Simsiz tarmoq turlari
2. Simsiz tarmoqlardagi mavjud zaifliklar
3. Tarmoq orqali uzatiluvchi ma’lumotni shifrlash
Kalit so’zlar: simsiz tarmoq turlari, simsiz tarmoqlardagi mavjud zaifliklar, nazoratlanmaydigan xudud, ruxsatsiz suqilib kirish, yashirincha eshitish, xizmat ko’rsatishdan voz kechishga undash, o’rtada turgan odam hujumi, tarmoqdan foydalanishning yolg’on nuqtalari (zararli egizak hujumi), Rouming muammosi, tarmoq orqali uzatiluvchi ma’lumotni shifrlash.


Simsiz tarmoq turlari
Simsiz tarmoqlar odamlarga simli ulanishsiz o’zaro bog’lanishlariga imkon beradi. Bu siljish erkinligini va uy, shahar qismlaridagi yoki dunyoning olis burchaklaridagi ilovalardan foydalanish imkonini ta’minlaydi. Simsiz tarmoqlar odamlarga o’zlariga qulay va istagan joylarida elektron pochtani olishlariga yoki Web-saxifalarni ko’zdan kechirishlariga imkon beradi.
Simsiz tarmoqlarning turli xillari mavjud, ammo ularning eng muhim xususiyati bog’lanishning kompyuter qurilmalari orasida amalga oshirilishidir. Kompyuter qurilmalariga shaxsiy raqamli yordamchilar (Personal digital assistance, PDA), noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar, serverlar va printerlar taalluqli. Odatda uyali telefonlarni kompyuter qurilmalari qatoriga kiritishmaydi. Ammo, eng yangi telefonlar va xatto naushniklar ma’lum xisoblash imkoniyatlariga va tarmoq adapterlariga ega. Yaqin orada elektron qurilmalarning aksariyati simsiz tarmoqlarga ulanish imkoniyatini ta’minlaydi.
Bog’lanish ta’minlanadigan fizik xudud o’lchamlariga bog’liq xolda simsiz tarmoqlarning quyidagi kategoriyalari farqlanadi:

  • simsiz shaxsiy tarmoq (Wireless personal-area network, PAN);

  • simsiz lokal tarmoq (Wireless local-area network, LAN);

  • simsiz regional tarmoq (Wireless metropolitan-area network, MAN);

  • simsiz global tarmoq (Wireless Wide-area network, WAN).


Download 78.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling