16-mavzu: Botqoqlashgan tuproqlarda va suvli muhitda dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi


Download 269.01 Kb.
bet4/4
Sana26.03.2023
Hajmi269.01 Kb.
#1297007
1   2   3   4
Bog'liq
16-mavzu Botqoqlashgan tuproqlarda va suvli muhitda dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi.

Mahsulot tayyorlash. O‘simlik bargi yil bo‘yi yig‘iladi. YUpqa qilib yoyib, soya erda quritiladi, so‘ngra maydalanadi va elab urug‘i olinadi.


Sariq nufar – Kubishka jyoltaya - Nuphar luteum (L.) Sw. L., Nym-phaeaceae – nilfiyadoshlar oilasiga mansub ko‘p yillik, suvda o‘sadigan o‘t o‘simlik. Ildizpoyasi yo‘g‘on ko‘p ildizli, uzunligi 1-2 m ga etadi. O‘simlikning suv ostki va suv ustki suzuvchi barglari bir -biridan keskin farq qiladi. Suv ostki bargi - yarim tiniq, yupqa, biroz burishgan suv ustki bargi esa qalin, uzun bandli, tekis qirrali, ellipssimon shaklli, chuqur yuraksimon asosli. Yirik sariq sharsimon hidli gullari suv betidan 5-6 sm ko‘tarilib turadi. Urug‘i havo saqlaydigan xaltacha bilan o‘ralgan. Mevasi - teskari toqsimon shakl-li, rezavorsimon meva.
Kimyoviy tarkibi: Ildizpoya tarkibida alkaloidlar, oshlovchi moddalar, kraxmal, saxroza va boshqa moddalar bor.
Ishlatilishi. Nufar o‘simligining alkaloidlari protistostatik va protistotsid ta’siriga ega bo‘lib, uning dorivor preparatlari tez o‘tadigan va surunkali trixomanada kasalligini davolashda hamda xomilador bo‘lishdan saqlaydigan vosita sifatida ishlatiladi.
O‘stirish texnologiyasi. Sariq va oq nufar o‘simliklari urug‘idan va ildizpoyasidan ko‘payadi. Urug‘laridan ochiq suv havzalarida ko‘paytiriladi. Ildizpoyasidan bahorda ko‘paytiriladi. Buning uchun ko‘p yillik o‘simliklardan 5 sm li ildizpoyalar kesib olinadi. Ildizpoyalar quvurchalarga ekiladi. Quvurchalarning chuqurligi 5-7 sm bo‘lishi kerak. Suvda o‘sadigan o‘simliklar vegetatsiya davomida suvni toza bo‘lishiga, loyqa bo‘lmasligiga talabchan bo‘ladi. SHuning uchun havzadagi suv toza va oqar bo‘lishi kerak. Suvning chuqurligi 0,5 sm dan 1,5 m gacha bo‘lishi kerak. Qishda muz tagida suv bo‘lishi shart, agar buni imkoni bo‘lmasa unda o‘simliklar usti 20-30 sm qalinlikda xazon bilan yopiladi. Bu kunsevar o‘simliklar hisoblanadi. SHuning uchun havzalar kun tushadigan joyda joylashgani ma’qul.
Havzalarning tubi 20-30 sm tuproq va go‘ng aralashmasi bilan to‘ldiriladi. O‘simliklar ikkinchi va keyingi yillari bahorda va yozda suvda tindirilgan qora mol go‘ngi bilan oziqlantirish tavsiya etiladi. Begona o‘tlar va sarg‘aygan o‘simlik barglari vaqti-vaqti bilan olib tashlanadi. CHirg‘anoqlar sonini nazorat qilish uchun suvga karam barglari va o‘tlar tashlanadi, ertasiga barglar va ularga yopishgan chirg‘anoqlar olib tashlanadi. CHirg‘anoqlar soni ko‘payib ketsa o‘simliklar bargiga ziyon etishi mumkin. Suv ustidagi va suzib yurgan barglar ustida shira zararkunandasi ham ko‘payishi mumkin.
Urug‘dan ko‘paytirilganda ochiq xavzalar tavsiya etiladi. Xavzalar tubi 20 sm gacha tuproq bilan to‘ldiriladi. Tuproq qora mol go‘ngi aralashmasidan tarkib topgan bo‘lishi kerak. Tuproq tekislanib va zichlanishi kerak. Urug‘lar ekishdan oldin 1:3 yoki 1:5 nisbatda qumga aralashtiriladi. Ekish kuzda egat oralari 15-20 sm qilib olib boriladi. Urug‘lar ekilgandan so‘ng usti 0,5 sm qum bilan yopiladi, so‘ngra ustidan suv quyiladi.
Nazorat savollari
1. Sariq nufar va oq nufar qanday ko‘paytiriladi?
2. Tibbiyotda qanday qo‘llaniladi?
Z. Suv xavzalari qanday tayyorlanadi?
4. Tarkibiga nimalar tushadi? 103
5. Homashyolari qanday yig‘iladi?
6.Katta zubturum o‘simligini morfologiyasini ta’riflang?
7. Tabobatda ishlatilishi?
8. Katta zubturum o‘simligi qanday o‘stiriladi?
9.Parvarish ishlari nimalardan iborat?
10. O‘g‘itlash tizimini ta’riflang?
Download 269.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling