16-mavzu: Botqoqlashgan tuproqlarda va suvli muhitda dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi


O‘rta zubturum — Plantago media L


Download 269.01 Kb.
bet3/4
Sana26.03.2023
Hajmi269.01 Kb.
#1297007
1   2   3   4
Bog'liq
16-mavzu Botqoqlashgan tuproqlarda va suvli muhitda dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi.

O‘rta zubturum — Plantago media L. O‘simligi bargining har ikki tomoni tukli va bandi kalta bo‘ladi.
Lansetsimon zubturum — Plantago lanceolata L. O‘simligining bargi lansetsimon bo‘lib, uzunligi 15 sm, eni — 2—2,5 sm.
Katta zubturum
O‘zbekiston respublikasining barcha tuproq va iqlim sharoitida katta zubturum o‘simligini ekib o‘stirish mumkin. Uning yaxshi o‘sishi va rivojlanishida tuproqning mexanik tarkibi o‘rtacha, ariq suvlari yaqin va begona o‘tlardan tozalangan erlar ajratilishi lozim. Katta zubturum o‘simligi ekiladigan maydonlar asosan kuzda, er haydash oldidan gektar hisobiga 20—25 tonna go‘ng, 50 kg dan sof superfosfat o‘g‘iti berib, 22—25 sm chuqurlikda haydab qo‘yiladi.
O‘simlik ko‘p yillik bo‘lganligi uchun uni kuzda va erta bahorda ham ekish mumkin.
Agar katta zubturum o‘simligini kuzda ekilsa, erni ekishdan 25—30 kun oldin haydab qo‘yiladi. Begona o‘tlar paydo bo‘lishi bilan kultivatsiya va boronalash o‘tkaziladi.
Kuzda urug‘lar startifikatsiyalanmasdan quruq holda keng qatorlab ekiladi. Bunda urug‘ qadash chuqurligi 0,5—1,5 sm dan oshmasligi kerak.
Kuzda va bahorda ekiladigan urug‘larning qadash chuqurligi 0,5—1,5 sm, ekish normasi gektariga 5—6 kg va unuvchanlik darajasi 70—80% dan kam bo‘lmasligi kerak.
Urug‘larni sabzavot ekadigan seyalkalarda ekiladi. Ko‘chat qalinligi 1 metrda 8—10 ta tup bo‘lishi kerak.
Urug‘lar erta bahorda ekiladigan bo‘lsa, ekish oldidan ularning unib chiqish qobiliyatini tezlashtirish maqsadida (nam qumda 18—20°S haroratda 1—2 kun saqlanadi) stratifikatsiya qilinadi, kuzda ekiladigan bo‘lsa, urug‘ stratifikatsiya qilinmaydi. O‘zbekistonning iqlim sharoitida katta zubturum o‘simligini kuzda ekilsa kam mehnat sarflanadi, ishonchli va to‘liq ko‘chatlar hosil qilish imkoniyati tug‘iladi.
Kuzda ekiladigan urug‘lar erta bahorda va bahorda ekilganlari esa, 10—12 kunda ko‘karib chiqadi. O‘simlik ekilgan dalalardan foydalanish davomiyligi 3—4 yil. Katta zubturum o‘simligini parvarish qilish o‘simlikda chinbarglar hosil bo‘lgandan keyin ularni tuproqqa qo‘shilib ketmasligi uchun ehtiyotkorlik bilan kultivatsiya qilib er yumshatiladi. Begona o‘tlardan tozalanadi va yagana qilinadi.
Vegetatsiya davomida o‘simlikning rivojlanishini e’tiborga olib ikki marta gektar hisobiga o‘rtacha 90 kg azot, 40 kg fosfor va 40 kg kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. Ikkinchi va keyingi yillarda ham shonalash davrida va bargini yig‘ib olingandan so‘ng kultivatorlar yordamida ikki marta mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantiriladi. Oziqlantirish sug‘orishdan oldin amalga oshiriladi. Mavsum davomida harorat va namgarchilikni hisobga olgan holda 10—12 marta sug‘oriladi va tuproqni yumshatish va begona o‘tlarni yo‘qotish uchun 4—5 marta kultivatsiya qilinadi. Katta zubturum ekilgan maydonlarda yuqori darajada sifatli agrotexnik tadbirlarni amalga oshirilsa, gektaridan 1,5—2 tonna quruq barg yig‘ib olish mumkin.

Download 269.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling