16-mavzu: Botqoqlashgan tuproqlarda va suvli muhitda dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi


Download 269.01 Kb.
bet1/4
Sana26.03.2023
Hajmi269.01 Kb.
#1297007
  1   2   3   4
Bog'liq
16-mavzu Botqoqlashgan tuproqlarda va suvli muhitda dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi.


16-mavzu: Botqoqlashgan tuproqlarda va suvli muhitda dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasi.

  1. Oddiy igir – acorus calamus l. Ning botanic tavsifi va botanic tavsifi va geografik tarqalishi

2.Oddiy igir – acorus calamus l. Ning etishtirish texnologiyasi, xom ashyosi, farmakalogik ta’siri

Tayanch iboralar:


Hozirgi kunda Respublikamizning tuproq va iqlim sharoitida istiqbolli dorivor plantatsiya holida yetishtirish va eksportbop dorivor o‘simliklar tanlash dolzarb muammolardan biri hisoblanadi 
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Haydarov Q.H., Hojimatov Q.H. O‘zbekiston o‘simliklari. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1992 y. - 241 b.
2.Xolmatov X.X., Qosimov A.I. Dorivor o‘simliklar. Toshkent, “Ibn Sino” NMB, 1994 y. - 365 b.
3.Karimov V., SHomahmudov A. Xalq tabobati va zamonaviy ilmiy tibda qo‘llaniladigan shifobaxsh o‘simliklar. Toshkent, “Ibn Sino” NMB, 1993 y. -320 b.
4.Xolmatov X.X., Ahmedov O‘.A. Farmakognoziya. Toshkent, “Ibn Sino” NMB, 1995 y. - 623 b.
5.Ahmedov O‘., Ergashev A., Abzalov A. Dorivor o‘simliklar va ularni o‘stirish texnologiyasi. Toshkent, 2008 y. -232 b.
6.Xolmatov H.X., Pratov O‘.P., Mahsumov M.N. Asoratsiz dori-darmonlar. Toshkent, “O‘qituvchi” NMIU, 2006 y. -208 b.
7.Hojimatov Q. Efir moyli o‘simliklar. Toshkent, “Fan”, 1971.- 30 b.
Internet va ziyonet saytlari
1.www.ziyonet.uz.
2.www.natl.uz
3.www.nature.uz
4.www.pedagog.uz
Hozirgi kunda Respublikamizning tuproq va iqlim sharoitida istiqbolli dorivoro‘simliklarni plantatsiya holida etishtirish va eksportbop dorivor o‘simliklar tanlashdolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Oddiy igir Acorus calamus L. O‘zbekistonning Samarqand viloyati xududidatarqalgan . U turg‘un va sekin oqadigan suvlarda, allyuvial tuproqda: daryolar qirg‘oqlarida, irmoqlarda, ko‘l va daryolarning botqoqlashgan qismlarida o‘sadi. Daryolar, ko‘llar va suv omborlarida suv sathining pasayishi yoki tuproqda namlikning kamayishi igirning tabiiy plantatsiyalarini yo‘qolib ketishiga olib keladi. Igir suv tanqisligiga ta’sirchan bo‘lganligi bois u daryolar, irmoqlar, ko‘llarning botqoqlashganqismlarida, suv omborlarini qirg‘oklarida 510 m kenglikdagi o‘simlik jamoalarini hosil qiladi. SHu bois igir o‘simligi jamoasining maydoni bir necha10 kvadrat metrdan oshmaydi. Hozirgi vaqtda bu o‘simlikdan xom-ashyo jadal avishda tayyorlanayotganligi sababli uning tabiiy populyasiyalari maydoni keskin qisqarib ketmoqda. Oddiy igir suv botqoq o‘simligi bo‘lib, hayotiy shakliga ko‘ra gidrogigrofit o‘simlikdir. Respublikamiz sharoitidao‘simlikni zovurlar ichida, ko‘llar atrofida ildizpoyadan ko‘chat tayyorlab, ya’ni ildizpoyani 3-4 sm uzunlikda kesib ekiladi. O‘simlikni ekish oldidan o‘sib turgan joylaridan chim (30x30) sifatida olinib, ko‘chat-ildizpoyaga ajratiladi. Har bir chimdan 20-40 dona (ildizpoya hajmiga qarab) ko‘chat-ildizpoya tayyorlanadi. Bu o‘chatlar mart-aprel oylarida suv qirg‘oqlaridagi loyga 15-20 sm. chuqurlikda o‘tkaziladi. O‘simlik birinchi vegetatsiya yilida moslashish bosqichini o‘taydi 2-3 yillarda tez ko‘payadi. Hosil 3-4 yillarda tayyor holga keladi. Hosildorlik gektar hisobiga 25-30 sentnerni tashkil etadi. Igir homashyosini tayyorlash yoz va kuz oylarida (iyunsentyabr) botqoq va sizot suvlar qurigan vaqtda amalga oshiriladi. Bunda igir ildizpoyasini kovlab, ba’zan esa plug yordamida qazib olinadi, botqoq joylardan esa haskash yordamida yig‘ib olinadi. Yig‘ilgan va tozalangan ildizpoyalarni ochiq havoda suvsizlantiriladi va quritiladi, so‘ngra 20-30 sm bo‘laklarga bo‘linib, havo yaxshi aylanadigan, harorati 30-35 0S dan yuqori bo‘lmagan xonalarda quritiladi. Igir ildizpoyalarini tayyorlashda ularning homashyo zahirasini qayta tiklash uchun 3 yildan kam bo‘lmagan muddat zarurligini hisobga olish muhim hisoblanadi. 
SHu bois igir ildizpoyasini yig‘ishda, o‘simlik jamoasining orasidan 30% dan kam qisminigina yig‘ish kerak. Mavjud talab me’yoriga binoa 
igir ildizpoyasining bo‘laklari 20-30 sm. uzunlikda, 1-2 sm. qalinlikda, tashqi rangi sarg‘i-qo‘ng‘ir, sindirilganda esa oq va pushti-sarg‘ish rangli 
bo‘lishi kerak. Hidi o‘ziga xos, xushbuy, ta’mi achchiq. Namlik 14 % dan
oshmasligi kerak. Tozalangan xom-ashyoda kesilgan ildizpoyalarning 
qo‘ng‘irligi 5 % dan, ildizpoyada barg va ildiz qoldig‘i 1 % dan, minraal aralashmalar (tuproq, qum, shag‘al) 1% dan oshmasligi kerak. Tozalangan ildizpoyalarning tarkibida efir moylarining miqdori 1,5 % bo‘lishi kerak. Xom-ashyo qog‘oz solingan yog‘och yashiklarda 3 yil muddatgacha saqlanadi. 
Igir ildizpoyasidan tayyorlangan preparatlardan surunkali gastrit
oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yallig‘lanishida, ayniqsa, oshqozon 
shirasi kislotaligi pasayishida, ichketarning har xil turlarida va ovqat hazm qilish tizimining boshqa noxush holatlarida keng qo‘llaniladi. 
O‘simlik preparati xoletsistit, gepatitning turli ko‘rinishida, buyrakdagi 
tosh kasalliklarida qo‘llaniladi. Igir ildizpoyasining kukuni tarkibida Igir ildizpoyasining tarkibida efir moyi (4,85 % ), pinen (1 %), 
kamfen (7 %), (10 %) kalamin, (8,7 %) kamfora, okaron, izookaron, azaron,
proazulin, askorbin kislotasi va boshqa moddalar mavjud. SHuningdek 
xolin, smola, lyusenin glikozidi mavjud. Igir o‘ti kraxmalga boy (20 % 
gacha). 

Download 269.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling