16-mavzu. Diversifikatsiyalashning korporativ strategiyalari


Download 74.71 Kb.
bet4/7
Sana24.12.2022
Hajmi74.71 Kb.
#1057551
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
strategik boshqaruv 16-mavzu (1)

Vertikal integratsiya
Vertikal integratsiya - shunday usulki, bu usul yordamida kompaniya texnologik zanjirda o’z chiqish bosqichlarini (orqa integratsiya) yoki uning kirish bosqichlarini (oldinga integratsiya) tashkil qiladi.(18-rasm).

Taqsimot

Xom-ashyo
Butlovchi
buyumlar

Sotish


Yiђish

Dastlabki


tayyorlov



18-rasm. Texnologik zanjirning
bosqichlari va vertikal integratsiya yo’nalishlari

Integratsiya to’liq va tor bulishi mumkin. Tuliq integratsiyada barcha kirish yoki chiqishlar birlashadi. Tor integratsiyaga kompaniyaning kirish elementlarining bir qismini sotib olishi va qolganlarini o’z kuchlari bilan ishlab chiqarishi misol bo’la oladi.
Vertikal integratsiyadan foydalanadigan kompaniya odatda uzining asosiy dastlabki biznesiga xos raqobatli pozitsiyani kuchaytirish istagi bilan izoxlanadi. Bunga quyidagilar sabab buladi:
- xarajatlardan tejash;
- integratsiyalanayotgan ishlab chiqarishlarda bozor qiymatidan chetlanish;
- sifat nazoratini yaxshilash;
- o’z texnologiyasini ximoyalash.
Ammo vertikal integratsiyaning salbiy tomonlari xam bor. Ularning ichida eng muximi quyidagilardir:
- ortiqcha xarajatlar;
- texnologiyalar tez almashgandagi yuqotishlar;
- talabning mavxum bulgandagi yuqotishlar.
Agar kompaniyaning tashqi arzon ta’minot manbalari mavjud bulib, uz ishlab chiqarishidan foydalansa, vertikal integratsiya xarajatlarni kupaytirib yuborishi mumkin. Bu kompaniya ichida raqobatning yuqligi sababli xam yuz berishi mumkin bulib, bu uning shu’ba korxonalarini (yetkazib beruvchilarni) ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga undamaydi.
Texnologiya keskin o’zgarganda kompaniyaning eskirgan texnologiyaga bog’lanib qolish xavfi vujudga keladi. Talab doimiy bulganda yuqoriroq integratsiya darajasi maxsulot ishlab chiqarishni ishonchliroq ximoyalash va muvofiqlashtirishga imkon beradi. Talab beqaror va mavxum bulganda vertikal integratsiyada bunday muvofiqlashtirish qiyin buladi. Bu boshqaruv qiymatining usishiga olib kelishi mumkin. Bunday sharoitlarda tor integratsiya tula integratsiyaga qaraganda xavfsizroq bulib chiqishi mumkin.
Shuni xam qayd qilib utish lozimki, tor integratsiya tula integratsiyaga qaraganda xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Bu esa ma’lum sharoitlarda kompaniyaga vertikal integratsiyani kengaytirishga imkon beradi (18-rasm).
Ammo, umuman olganda, tor integratsiya boshqaruv xarajatlarini kamaytirishi mumkin bulsa-da, u xarajatlarni batamom bartaraf qila olmaydi.
Kompaniya bunga teskari strategiya sifatida etkazib beruvchilar yoki iste’molchilar bilan uzoq muddatli kontraktlardan foydalanishi mumkin. Bunday aloqalar kredit majburiyatlardan yoki ishlab chiqarishni rivojlantrishga garov investitsiyalardan foydalanishda ayniqsa katta samara beradi. Bu boshqaruv xarajatlarini oshirmay turib, vertikal integratsiya samarasiga erishishga imkon beradi.



Download 74.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling