16-mavzu: Globallashuv va kosmopolitizm. Reja


Dunyo fuqarosi va vatansizlik g‘oyasining hozirgi davr mafkuraviy kurashlar bilan aloqadorligi


Download 36.39 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi36.39 Kb.
#1540424
1   2   3
Dunyo fuqarosi va vatansizlik g‘oyasining hozirgi davr mafkuraviy kurashlar bilan aloqadorligi.
Bugun inson qalbi va ongini egallash uchun ma’naviy tahdidlar kuchaygan, aqidaparastlik, diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmning xurujlari avj olgan tahlikali zamonda ona sayyoramizdagi tinchlik va barqarorlikni asrab-avaylash, dunyo yoshlarini turli buzg‘unchi mafkuraviy xurujlar ta’siridan himoya qilish eng dolzarb masalaga aylandi. Ayni paytda dunyoning iqtisodiy ahvoli ham, mafkuraviy manzarasi ham ancha murakkab. Quyidagi fakt va raqamlarga e’tibor bering:
— dunyo aholisining 46,3 foizi katta qiyinchiliklarda kun kechirmoqda;
— 1 milliard odam toza ichimlik suviga muhtoj;
— 775 millionga yaqin kishi o‘qish va yozishni bilmaydi. Ularning uchdan ikki qismini xotin-qizlar tashkil etadi. Sayyoramiz yoshlarining qariyb 122 million nafari savodsizdir. BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari tashkiloti;
— YUNESKOning ma’lumotiga ko‘ra, salkam 61 million nafar bola o‘qish va yozish malakasidan mutlaqo bexabar;
— 840 million odam to‘yib ovqatlana olmaydi;
— kambag‘allikda umr kechirayotgan bolalar soni 1 milliardga etdi. Har 7 soniyada 1 bola ochlikdan yoki to‘yib ovqatlanmaslik natijasida yuzaga keladigan kasallikdan vafot etmoqda;
— BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda rivojlanayotgan mamlakatlar yoshlarining 60 foizi hech qaerda o‘qimaydi, ishlamaydi (tahlilchilar fikricha, 10 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan aholining 89 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda istiqomat qiladi);
— dunyoni quyidagi balo-qazolar qamrab olmoqda: diniy ekstremizm; xalqaro terrorizm; giyohvandlik; “ommaviy madaniyat”; “kosmopolitizm” (“dunyo fuqarosi” yoki “vatansizlik” g‘oyasi); “ludomaniya” (“o‘yinbozlik”, telefon, kompyuter, internet o‘yinlari kasalligi yoki “asr kasalligi”); missionerlik, prozelitizm; nigilizm (urf-odat, an’ana va qadriyatlarga bepisand munosabatda bo‘lish, ularni inkor etish); zo‘ravonlik (fashizm, neofashizm, shovinizm); egotsentrizm, individualizm; OITS; starizm (yulduzlarga ko‘r-ko‘rona taqlid); vandalizm (madaniy va moddiy yodgorliklarni vayron qilish); axloqsizlik (fohishabozlik, behayolik, bir jinsli nikohlar); xeppining (vahshiyona ko‘ngil ochishlar).
Dunyoning iqtisodiy, mafkuraviy ahvoli shunday ekan, ona Vatanimizda holat qanday? Nufuzli xalqaro tashkilotlar e’lon qilgan quyidagi ma’lumotlarga e’tibor bering:
— “Save the Children” xalqaro tashkiloti reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston dunyodagi bolalar salomatligi to‘g‘risida eng ko‘p g‘amxo‘rlik ko‘rsatadigan o‘nta mamlakat qatoridan joy oldi;
— Dunyoda iqtisodiyoti barqaror rivojlanayotgan 5 mamlakatning biri — O‘zbekiston (Xalqaro jahon iqtisodiy forumi ma’lumotlari);
— 2017 yilda dunyoning qator nufuzli xalqaro tashkilotlari, tadqiqot institutlari tomonidan e’lon qilingan Baxtiyorlik va xush kayfiyatlilik indeksiga ko‘ra, 142 mamlakat orasida O‘zbekiston 3-o‘rinda, MDHda 1-o‘rinda turishi e’tirof etildi.
Demak, mamlakatimizda bolalarimizning o‘sib-ulg‘ayishi, ta’lim va tarbiya olishi hamda o‘z imkoniyatlarini namoyon qilishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Shuning uchun ham Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev haqli ravishda BMT minbaridan yosh avlodga nisbatan jahon hamjamiyatining e’tiborini kuchaytirish lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Davlatimiz rahbarining fikrlari zamirida yoshlarning bandligi, ochlik va qashshoqlikka qarshi kurashish, sog‘liqni saqlash, atrof-muhit muhofazasi, giyohvand moddalar iste’moliga qarshi kurash, jinoyatchilikning oldini olish kabi masalalar bor. Qisqacha aytganda, ushbu sessiyada Prezidentimiz “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” g‘oyasini ilgari surdilar. Shu sababli Shavkat Mirziyoyevning nutqi jahon hamjamiyati tomonidan iliq kutib olindi.
Mustahkamlash uchun savollar

  1. Kosmopolitizm g‘oyasining g‘oyaviy-mafkuraviy tahdid ekanligi.

  2. Umumiy vatan va vatansizlikka davat etishning tahdidli oqibatlari.

  3. Dunyo xalqi va dunyo fuqarosi tushunchalarining demokratik taraqqiyotga zidligi.

  4. Turli xalqlar va millatlarning o‘ziga xos milliy-ma’naviy negizlarini tan olishning haqiqiy vatanparvarlik bilan bog‘liqligi.



1 Каримов И.А. Биз танлаган йўл — демократик тараққиёт ва маърифий дунё билан ҳамкорлик йўли. 11-жилд.- Т.: ―Ўзбекистон‖, 2003, 34-б.

Download 36.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling