16-mavzu: Globallashuv va kosmopolitizm. Reja
Kosmopolitizm g‘oyasining geosiyosiy maqsadlar va globallashuv bilan bog‘liqligi
Download 36.39 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kosmopolitizm
Kosmopolitizm g‘oyasining geosiyosiy maqsadlar va globallashuv bilan bog‘liqligi.
Tarixda kosmopolitizm tushunchaning haddan tashqari bo‘rttirib yuborilishiga doir qarashlar ham keng tarqalgan. Bunday qarash kosmopolitizm g‘oyasida o‘z ifodasini topib, amalda dunyo fuqaroligini da’vo qilish, shuningdek, milliy va davlat suverenitetini rad etish, turli milliy an’ana, madaniyat hamda vatanparvarlik tuyg‘usidan voz kechishni targ‘ib qilgan. Kosmopolitizm - ya’ni, qaerda yaxshi hayot bo‘lsa o‘sha yerni vatan deb bilish. Bu tamoyil insonda vatan hissini yo‘qotadi, g‘ururni o‘ldiradi. Bu esa har bir jamiyat uchun halokatlidir. Kosmopolitizmning negizlari tarixan antik davr falsafasidayoq vujudga kelgan. Qadimgi yunon faylasufi Laertiyning ta’kidlashicha, “kosmopolit” so‘zi ilk bor kiniklar ta’limoti vakili sinoplik Diogen tomonidan qo‘llangan. Boshqa bir yunon mutaffakiri Plutarxning fikriga ko‘ra, ushbu tushunchani kitionalik Zenon kiritgan. Epiktet nazarida esa “kosmopolitizm” atamasining muallifi Suqrot bo‘lgan. Uning aytishicha, “Agarda faylasuflarning odam va Xudoning o‘rtasida yaqinlik bor deganlari to‘g‘ri bo‘lsa, unda insonning vatani qaer degan savolga Suqrotning men afinalik ham, karfagenlik ham emasman, men kosmopolitman, degan so‘zlari bilan javob berish lozim” bo‘lgan. Bunday ma’lumotlar Sitseronning asarlarida ham uchraydi. Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, kosmopolitizm g‘oyalari sofistlar ta’limotining tarafdorlari asarlarida ham ifodalangan. Antik polisni inqirozga olib kelgan Peloponess urushlari makedoniyalik Iskandar imperiyasining vujudga kelishi, keyinchalik esa Rim hukmronligining kuchayishi turli mazmunga ega bo‘lgan kosmopolitik qarashlarning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Makedoniyalik Iskandar, Mark Avreliy bu g‘oyalarni yangi hududlarni qo‘lga kiritish harakatlarida ko‘rgan bo‘lsa, stoiklar —Zenon va Kitiona kosmopolitizm idealini kishilarning hayotini yagona, umumjahon qonunlari orqali amalga oshirish imkonini beruvchi ijtimoiy shaklni izlashda deb bilgan. Xususan, kirinaiklarning kosmopolitik g‘oyasi “qayerda yaxshi bo‘lsa, o‘sha joy Vatan” degan iborasida o‘z aksini topgan. O‘rta asrlarda katolik cherkovi keskin kosmopolitik tendensiyalar tarafdori bo‘lgan. Uyg‘onish davrida dunyo fuqaroligi g‘oyalari feodal tarqoqlikka qarshi yo‘naltirilgan edi. Bu g‘oyalar Dante Aligeri, Tomazo Kampanella, Petrarka, Piko dela Mirandello, Rotterdamlik Erazm, Vives, Rable, Monten kabi mutafakkirlarning asarlarida ro‘yobga chiqarilgan. Germaniyada ushbu g‘oyalarni Lessing, Gyote, SHiller, nemis mumtoz falsafasi vakillari Kant va Fixte ilgari surgan. Ularning vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan mushtarak, milliy birlashishga erishish istagida namoyon bo‘lgan. Keyinchalik kosmopolitizm keskin xarakterga ega bo‘lib, kapitalning daromad orqasidan quvish manfaatlarini aks ettira boshlaydi. “Kosmopolit dunyoqarash” kitobida nemis sotsiologi va faylasufi Ulrix Bekning globallashuv davridagi kosmopolitizmni sotsiologik nuqtai nazaridan ko'rib chiqadi. Ulrix Bek bir vaqtning o'zida bir nechta kosmopolitizm turlarini ajratib ko’rsatdi: Maishiy kosmopolitizm - bu turli mamlakatlardagi odamlarning transmilliy korporatsiyalar maxsulotlari asosida universal iste'mol bozorini shakllantirish jarayonidir. Metodologik kosmopolitizm - bu ommaviy migratsiya, turizm va jahon bozori kontekstida hududiy chegaralar ahamiyatini qayta ko'rib chiqish nuqtai nazaridan yondashuv. Normativ yoki falsafiy kosmopolitizm - barcha odamlarning birodarligi va umuminsoniy manfaatlarning davlat va milliy manfaatlardan ustunligi to’g’risidagi klassik g'oya ko’rinishi. Tahliliy-empirik kosmopolitizm. Jon Kennedi “Tinchlik korpusi”ni tashkil etib, dunyoning turli joylariga ushbu tashkilotning yosh hodimlarini yubora boshladi, bularning maqsadi — hammaga ingliz tilini o‘rgatish edi. Aslida, har qanday millat, katta-kichikligidan qat’i nazar, insoniyatning boyligidir va shu bois uning tili, madaniy va boshqa xususiyatlarining yo‘q bo‘lib ketishi yer yuzidagi milliy va genetik fondning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga olib keladi. Bu omilni aslo inkor etib bo‘lmaydi. Lekin shunga qaramay, AQSH Serbiyani aynan G‘arb va pravoslavlar muqaddas hayiti kuni bombardimon qilgani, uning milliyma’naviy an’analarni nazar-pisand qilmasligidan dalolat beradi. Jahon miqyosida yuz berayotgan hozirgi jarayonlar milliy davlatlarning bir-biriga yaqinlashuvi, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, mafkuraviy hamda madaniy jihatdan integratsiyalashuvini taqozo etmoqda. Ushbu tendensiyalar, ma’lum darajada, kosmopolitizm ko‘rinishida bo‘lib, globallashuv jarayonida o‘z ifodasini topmoqda. Kishilik jamiyatining global yaqinlashuvi, avvalo, texnik taraqqiyot, transport vositalari, aloqa va kommunikatsiya tarmoqlari, mikroelektronikaning rivojlanishi bilan bog‘liq. Postkommunistik makonda mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, ularning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi va jahon xo‘jalik aloqalari tizimiga faol kirishishi globallashuvning yana bir kuchli omiliga aylandi. Hozirgi davrda globallashuv jarayonining kengayishiga aholining ijtimoiy-iqtisodiy faolligi, ayniqsa, ishchi kuchining migratsiyasi sezilarli ta’sir qilmoqda. Bugungi kunda dunyoning birorta ham davlati migratsiya jarayonlaridan chetda turgan emas. Buning ham o‘ziga xos sabablari bor. Avvalo, donor-davlatlar, ya’ni migrantlarni etkazib beruvchi mamlakatlarda aholining tez o‘sishi, mehnatga layoqatli bo‘lgan aholi orasida ishsizlik darajasining yuqoriligi, maoshning pastligi, yetarli darajada hayot kechirish uchun zarur bo‘lgan yuqori ish haqi to‘lanadigan ish topish va o‘z kasbiy mahoratini oshirish imkoniyatining cheklangani shular jumlasidandir. Retsipient, ya’ni qabul qiluvchi davlatlar uchun esa, qo‘shimcha arzon ish kuchiga, yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyoj, hayot sharoitlari va maoshning yuqori darajasi hos bo‘lib, mehnat migratsiyasi uchun qulay sharoit yaratmoqda. Aholining siljishi, o‘z navbatida, ob’ektiv hodisa bo‘lib, ma’lum ma’noda xalqaro aloqalar va iqtisodiy hamkorlikka ko‘maklashuvchi jarayonlarning rivojlanishiga, xalqaro transport va kommunikatsiya vositalarining takomillashuviga, shuningdek, aholining xalqaro moliyaviy tuzilmalardan keng foydalanishiga, axborot tarqatish sur’atiga ijobiy ta’sir etadi. Shu bilan birga, aholi migratsiyasi bilan bog‘liq salbiy jihatlar ham namoyon bo‘lmoqda. Bu noqonuniy migratsiya to‘lqinlarining davlat tomonidan doimiy ravishda nazorat qilinishini talab etmoqda. Muhojirlar orasida uyushgan jinoyatchilik, nizolar va boshqa qonunbuzarliklarning vujudga kelishi va o‘sishi ko‘pgina davlatlar barqarorligiga salbiy ta’sir etayotganini mutaxassislar ta’kidlamoqda. 2005 yil noyabr oyida Fransiya, Belgiya va Germaniya shaharlarida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar bunga misol bo‘la oladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Nezavisimaya” gazetaga bergan intervyusida globallashuv jarayoni g‘oyaviy-mafkuraviy ta’sirni, bu jarayonda nodavlat nohukumat tashkilotlarning o‘rni haqida to‘xtalib, kosmopolitizmning quyidagi muhim jihatiga e’tibor qaratgan edi: Sir emas, bizda faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlar har doim olijanob maqsadlarni ko‘zlayvermaydi. Aytaylik, XXI asr liderlari kabi mavzularda o‘tkaziladigan seminarlarda ular iqtidorli yoshlarni tanlashda hokimiyatga yordam beradi, biroq bunda ular eng avvalo, o‘z manfaatlarini ko‘zlashadi. So‘ngra chet elga muntazam safarlar uyushtiriladi, ularda turli simpozium va seminarlar davomida bu odamlarning ongiga g‘oyat ustalik bilan ta’sir o‘tkaziladi. Shu tariqa o‘zlarini dunyo fuqarolari deb ataydigan kishilar toifasi tayyorlanadi”1. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 30 iyun kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyidagi nutqida: “2016 yilda yoshlar ishtirokida 1 million 740 mingga yaqin huquqbuzarlik, 23 ming 440 ta jinoyat sodir etilgani, yosh onalar o‘rtasida 8 mingdan ortiq ajralish holati qayd etilgani barchamizni jiddiy tashvishga solishi kerak”, deya alohida ta’kidlagan edi. Foydali ish bilan band inson o‘ziga zarar qilib huquq buzmaydi, oilasi, o‘z hayotini garovga qo‘yib jinoyatga qo‘l urmaydi. Halol daromadi bor oilada ortiqcha gap talashish, tortishuvlar bo‘lmaydi. Demak, oilani ajralishga olib keluvchi sabablar tug‘ilmaydi. Yoshlarimiz tirikchilik ilinjida musofirchilikda sarson-sargardon yurmaydi. Shuning uchun ham Prezidentimiz qurultoyda “Ular bizning bolalarimiz. Biz bolam demasak, ularni hech kim bolam demaydi. O‘zining yurtiga kerak bo‘lmagan bolani birov bolam dermidi?” tarzidagi yurakni larzaga keltiradigan so‘roqni o‘rtaga tashlagan edi. Bugun esa Shavkat Mirziyoyev yoshlar hayotiga oid muammolar echimi bo‘yicha global taklif va tavsiyalarini Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak minbarida ko‘tarib chiqdi. Davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida bildirilgan g‘oya va tashabbuslar yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi. BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish, BMT Bosh Assambleyasining “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini qabul qilish kabi taklif va tashabbuslar bugun dunyodagi ko‘plab global muammolarga echim bo‘ladi. Xo‘sh, davlatimiz rahbari nima uchun BMTning yuksak minbaridan bunday dolzarb taklif va tashabbus bilan chiqdi? Chunki bugun biz hamma zamonlarga nisbatan ham tahlikali, murakkab va ziddiyatli bir davrda yashayapmiz. Bugun o‘zga mamlakatlarni zabt etish uchun qurolli hujum qilib, aholini jismonan yo‘q qilish shart emas. Odamlarning qalbi va ongi dushmanga foyda keltiradigan yo‘nalishga o‘zgartirilsa bo‘ldi, keyin shu aholi ko‘magida har qanday boylikka egalik qilish mumkin. Shu sababli ham bugungi kunda buzg‘unchi kuchlar turli tuhmat va bo‘htonlar vositasida insonlarning, ayniqsa, tajribasiz yoshlarning ongini zaharlab, o‘zlariga qaram qilishga urinmoqda. Ana shunday vayronkor mafkuralardan bo‘lgan xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmning kundan-kunga kuchayib borayotgan xurujlari natijasida dunyoda minglab begunoh insonlar, jumladan, ayollar va qariyalar, eng dahshatlisi yosh bolalar qurbon bo‘lmoqda. Oqibatda, masalan, bir paytlar insoniyat sivilizatsiyasining beshiklaridan bo‘lgan Iroq va Suriya bugun vayronaga aylanib, millionlab tinch aholi jon saqlash maqsadida o‘z uy-joylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Buning asosiy sababi xalqlarning loqaydlik va beparvolikka berilib, o‘z vaqtida xavf-xatarning oldini olmaganidir. Download 36.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling