Oʻqituvchilarda innovatsion faoliyatni shakllantirishning ikkinchi bosqichida pedagogik faoliyatni kreativ rivojlantirish, ma’naviy-madaniy bilimlarni oshirish, pedagogik yangiliklarni oʻzlashtirish ehtiyojini shakllantirish, pedagogik refleksiyani rivojlantirish, yangi turdagi faoliyat sifatida innovatsion axborot fondini shakllantirish kabi vazifalar bajarilishi lozim.
Oʻqituvchilarini mazkur vazifalarni bajarishga tayyorlashda muammoli oʻqitish, oʻzini anglash boʻyicha treninglar tashkil etish, oʻqitishning rivojlantiruvchi texnologiyalari bilan tanishtirib borish, oʻqitishning shaxsga yoʻnaltirilgan texnologiyalaridan foydalanish, mualliflik konsepsiyalarini izohlash, oʻqitish metodlarini tanlashga oʻrgatish, pedagogik texnika va texnologiya treninglari, mustaqil ishlardan foydalanish mumkin.
Innovatsion faoliyat shakllanishining uchinchi va toʻrtinchi bosqichlarida quyidagi vazifalarni bajarish lozim:
- pedagogik faoliyat va bir butun holatda pedagogik muloqot texnologiyasini zamonaviylashtirish;
- innovatsion faoliyat texnologiyasini oʻzlashtirib olish.
Innovatsion salohiyat deganda, alohida pedagogning va yaxlitlikda pedagogik jamoaning yangilikni oʻzlashtirishga tayyorligi, ulardan amaliyotda foydalana olishi va kutilgan natijalarni qoʻlga kirita olishi tushuniladi. Pedagogika va pedagogik menejmentda innovatsion salohiyat tushunchasi ikki xil tarzda talqin etiladi: keng ma’noda – ta’lim muassasasining innovatsion salohiyati, tor ma’noda – oʻqituvchining innovatsion salohiyati.
Ta’lim muassasasining innovatsion salohiyati deganda, uning oʻz-oʻzini rivojlantirishga tayyorligi, shaxsning oʻz-oʻzini rivojlantirish uchun madaniy-ta’limiy muhitning va shart-sharoitlarning xilma-xilligi hamda kommunikativ munosabatlarning yuqori darajasi tushuniladi.
Alohida pedagog uchun esa, bu – uning shaxsidagi ijtimoiy-madaniy va ijodiy oʻziga xosliklar yigʻindisi, pedagogik faoliyatni takomillashtirishga tayyorligi hamda buning uchun zaruriy ichki vosita va metodlarning mavjudligidir.
Innovatsion salohiyatni tashkillashtirish jarayonining tuzilishi murakkab tavsifga ega boʻlib, salohiyatning rivojlanish darajasi esa innovatsion imkoniyatlarni, pedagog kadrlarlarning oʻz mehnati samaradorligidan qoniqish hosil qilishlarini taqozo etadi. Mazkur ta’rifni asos qilib olgan holda, innovatsion salohiyatning quyidagi tarkibiy qismlarini ajratib koʻrsatish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |