16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»dan


Download 264.88 Kb.
bet15/34
Sana09.02.2023
Hajmi264.88 Kb.
#1180937
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34
Bog'liq
16-maruza-3

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»dan

«Maktabni boshqarish shartmi» degan savol koʻpdan buyon mavjud va u doimo bahsga sabab boʻlib kelgan. Zamonamizning ilgʻor pedagogi ta‘lim fidoiysi J.Gʻ.Yuldashevning fikri bilan aytganda, “Boshqaruv maktab uchun kerak va zarur! Faqat bizga bugun ma‘muriy buyruqbozlik, «yuqoridan turib boshqarish» emas, maktab ichki boshqaruvini – uning butun tashkiliy pedagogik faoliyatini me’yoriy boshqarish bilan mutlaqo yangi, koʻp qirrali, xilma-xil faoliyatli, quvonch va shodlik keltiruvchi, yangi yutuqlarga ilhomlantiruvchi, ijodiy jamoa mehnatiga asoslangan, sogʻlom maktab oʻrtasida kechayotgan murosasiz kurashni tez ilgʻaydigan, taraqqiyotni tan oladigan, ijodiylik va tashabbuskorlikka qanot baxsh etuvchi, adolat va haqiqatni roʻyobga chiqaradigan boshqaruv kerak”, deb yozadi u oʻzining «Ta‘lim menejmenti» asarida.


Albatta, bunday fikrga kelish uchun J.Yoʻldoshevning turli rahbarlik lavozimlarda ishlab, muammo hamda uning yechimlarini, yutuqlarni amalda koʻrgan va bugun ham oʻz tadqiqotlari tahlilini oʻtkazish chogʻida toʻplagan tajriba va undan olgan xulosalari sabab boʻlgan. Uning fikricha, «Direktor - maktab koʻzgusi». Maktab oʻta murakkab, zargar mehnatining mahsuli kabi nozik va noyob tizimdir. U boshqaruvsiz yashab, rivojlana olmaydi. Lekin boshqaruv turli islohotlarga tez moslashuvdek yangicha mazmun va tushunchalar asosiga qurilmogʻi lozim.
Boshqaruv bilimdonlik, omilkorlik, ijodkorlik, talabchanlik, ayni paytda mehribonlik va izchillik bilan olib borilmogʻi zarur. Shu bilan birga boshqaruv ishi shubhali tavakkalchilikka emas, ilmiy-uslubiy asoslangan faoliyatga tayanib, yetti oʻlchab bir kesilgan, jiddiy sinovdan oʻtkazilgan hayotiy xulosalar asosiga qurilishi zarur, aks holda ta’lim-tarbiyadek oʻta nozik jarayondagi oʻzboshimchalik jamiyat uchun qimmatga tushishish mumkin, deydi olim.
Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil mohiyatga va mazmunga ega boʻlgan minglab qarorlar qabul qilinadi. Strategik qaror maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega. U yuqori boshqaruv organlari tomonidan tub va istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish maqsadida qabul qilinadi.
Bunday dasturlarga:
- xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
- raqobat muhitini shakllantirish;
- chuqur tarkibiy oʻzgarishlarga erishish;
- kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish kabi dasturlar misol boʻla oladi.
Taktik qarorlar maqsadga erishishning vosita va usullari xususidagi joriy, tezkor qarorlardir. Masalan:
- korxona, muassasaning joriy rejalarini tuzish va joriy qilish;
- kadrlar masalasini hal qilish va h.k.
Mazkur qarorlar yuqori va oʻrta boʻgʻin rahbarlari tomonidan uzogʻi bilan ikki yilgacha boʻlgan muddatga qabul qilinadi. Umumiy qarorlar bir xil muammoga dahldor boʻlib, barcha boʻgʻinlar uchun birdek amal qiladi. Masalan, ish kunining boshlanishi va tugashi, tushlik vaqti, ish haqini toʻlash muddatlari va boshqa tanaffuslar. Maxsus qarorlar tor doiradagi muammoga taalluqli boʻlib, korxonaning muayyan bir boʻlimi yoki bir guruh xodimlari yuzasidan qabul qilinadi.

Download 264.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling