16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


Maktab pedagogik kengashi – ta’lim va tarbiya ishlariga rahbarlikning yuqori organi


Download 264.88 Kb.
bet23/34
Sana09.02.2023
Hajmi264.88 Kb.
#1180937
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
Bog'liq
16-maruza-3

Maktab pedagogik kengashi – ta’lim va tarbiya ishlariga rahbarlikning yuqori organi. Maktab pedagogik kengashi tarkibiga - direktor, uning oʻrinbosarlari, oʻqituvchilar, kutubxonachilar, yoshlar yetakchisi, ota-onalar qoʻmitasining raislari kiradi.
Maktab pedagogik kengashi qabul qilgan ayrim qarorlar maktab uchun ham, direktor uchun ham majburiy hisoblanadi. Oʻquvchilarni sinfdan-sinfga koʻchirish, toʻgaraklar, studiyalar, klub va oʻquvchilar birlashmalari rejalarini muhokama qiladi, ragʻbatlantirish va jazolash, oʻrta maktabni tugatganligini haqida shahodatnoma berish masalalari, maktab oʻquvchilari safidan chiqarish haqidagi qarorlarni koʻrib chiqadi.
Maktablarda oʻqituvchilarning metod birlashmalari tashkil etiladi bu birlashmalar oʻqituvchiga oʻzining gʻoyaviy, nazariy darajasini oshirish, bolalarga ta’lim-tarbiya berish, yanada takomillashtirilgan metodlar va usullarni eng yaxshi oʻqituvchilar va tarbiyachilarning tajribalari asosida egallash, fan yutuqlari, psixologiya, pedagogika va metodika, ilmiy ommabop adabiyotlar bilan tanishtirib borishga da’vat etilgandir.
Metod birlashmalarning a’zolari oʻquv materialini birgalikda rejalashtiradilar, nazorat ish natijalarini tahlil qiladilar.
Malaka oshirish bilan oʻqituvchilarning malakasini oshirish institutlari va hududiy markazlar shugʻullanadi.


Maktabni pedagogik kadrlar bilan ta’minlash.
Inson paydo boʻlibdiki, tarbiya jarayoni mavjud, tarbiya paydo boʻlgan vaqtdan beri pedagogik faoliyati uzluksiz davom etib kelmoqda. Oʻqituvchilik, tarbiyachilik kasbi barcha ijtimoiy tuzumlarda ham sharafli hamda oʻta mas’uliyatli, qiyin va murakkab kasb hisoblangan.
Mustaqil Oʻzbekistonimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishni, yangi ta’lim standartlari asosida ta’lim va tarbiya jarayonini qayta tashkil etishga kirishilgan hozirgi kungacha oʻqituvchi faoliyatiga, uning pedagogik mahoratiga alohida e’tibor berilmoqda.
Pedagogik bilim va mahorat egasi boʻlgan oʻqituvchi avval, pedagogika fanining metodologik asoslarini, shaxs rivojlanishining qonuniyatlari va omillarini, kadrlar tayyorlash milliy dasturining mohiyati, maqsad va vazifalarini bilishi darkor.
Uzluksiz ta’lim tizimini amalga oshirish jarayonida yosh avlodni koʻngildagidek oʻqitish va tarbiyalash haqida gap borar ekan, bu gʻoyat murakkab va koʻp qirrali vazifani faqat malakali pedagogik mahoratga ega boʻlgan oʻqituvchi kadrlar bilan amalga oshirish mumkin. Shunday ekan, oʻqituvchilik katta san’atdir.
Pedagogika mahorat tugʻma talant yoki nasldan-naslga oʻtuvchi xususiyat emas, balki izlanish, ijodiy mehnat mahsulidir. Bu koʻp qirrali pedagogik faoliyat zaminida ijodiy mehnat yotadi. Shuning uchun ham pedagogik mahorat hamma oʻqituvchilar uchun standart, ya’ni bir qolipdagi ish usuli emas, balki u har bir oʻqituvchining oʻz ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida tashkil topadi va rivojlanadi.



Download 264.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling