16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja
Kengash tarkibiga direktor qarindoshlarini tayinlamasligi kafolati bormi?
Download 264.88 Kb.
|
16-maruza-3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kengashda ovozlar teng bo‘lib qolsa nima bo‘ladi Ovozlar teng bo‘lgan hollarda kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Direktorlikka nomzodni kim tanlaydi
- Kengash taklif etilgan nozodlarni rad etishga haqqi bormi
- Kuzatuv kengashining funksiyalari
Kengash tarkibiga direktor qarindoshlarini tayinlamasligi kafolati bormi?
Ta’lim muassasasi direktori yoki uning o‘rinbosarlari, shuningdek, ularning yaqin qarindoshlari Kengash a’zolari sifatida saylanishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Kengash a’zolari qancha muddatga saylanadi? Kengash tarkibi uch yil muddatga saylanadi. Bunda Kengash tarkibi har o‘quv yili boshida ko‘rib chiqilishi mumkin. Kengashda ovozlar teng bo‘lib qolsa nima bo‘ladi? Ovozlar teng bo‘lgan hollarda kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Direktorlikka nomzodni kim tanlaydi? Kengash o‘zi tanlamaydi, xalq ta’limi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ta’lim muassasasi direktori lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlarning mehnat faoliyati, xulq-atvori, tajribasi, tashabbuskorligi hamda jamoadagi obro‘sini o‘rganadi va tavsiya etilgan nomzodlar orasidan eng munosib nomzodni ochiq ovoz berish yo‘li bilan direktor lavozimiga saylaydi. Kengash taklif etilgan nozodlarni rad etishga haqqi bormi? Ha bor, buni o‘sha nomzodlarni taqdim etgan xalq ta’limi vazirligiga yoki uning hududiy boshqarmalarga ma’lum qiladi. Kengash maktab direktorini ishdan bo‘shatishi mumkinmi? Ta’lim muassasasida ijtimoiy-ma’naviy muhitning buzilishi, ta’lim sifatining pasayib ketishi, tizimli muammolarning kelib chiqishi, pedagoglar bilan ma’muriyat o‘rtasida yoki ota-onalar bilan ma’muriyat o‘rtasida nizoli holatlar kelib chiqqan taqdirda, ta’lim muassasasi direktorini lavozimidan ozod etish bo‘yicha hududiy boshqarmalarga taklif kiritadi. Ma’lumki maktab direktorlari shu vaqtga qadar tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlari tomonidan tayinlanar edi. Maktab direktorlarini saylash tizimiga o‘tilishi joylarda korrupsiya holatlarini oldini olish, maktabga munosib rahbarlarni o‘sha hududdagi kadrlarni yaxshi bilgan kishilar tomondan tayinlanishiga erishishiga xizmat qiladi. Bu xalq ta’limi vazirligining islohotlaridagi katta qadam bo‘ldi. Umumiy o‘rta ta'lim muassasasining Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizomga ko‘ra, kuzatuv kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: Vazirlik tomonidan tavsiya etilgan nomzodlardan ta'lim muassasasi rahbarini saylash, shuningdek, belgilangan tartibda uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish; - ta’lim muassasasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash; - ta’lim muassasasi rahbarining muassasa faoliyatini takomillashtirish, moliyaviy-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjyet, byudjyetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobotlarini vaqti-vaqti bilan tinglash; - ta’lim muassasasi rahbarining taqdimnomasi bo‘yicha yillik moliyaviy rejalarni, ko‘rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va muassasa mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxni ko‘rib chiqish va tasdiqlash; - o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o‘rnatish; - o‘quvchilar va ular ota-onalarining murojaatlarini ko‘rib chiqish, umumta’lim muassasasining pedagog va rahbar xodimlari faoliyati to‘g‘risida ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazish; - ta’lim muassasasi o‘quvchilarining o‘qishi va ma’naviy-ma’rifiy, madaniy hamda sport bo‘yicha kamol topishlariga, ushbu yo‘nalishlardagi tadbirlarda ishtirok etishlari uchun mavjud shart-sharoitlarni yaxshilashda ota-onalar va jamoatchilik tashkilotlari bilan hamkorlik qilish; - ta’lim muassasasida ayrim o‘quvchilarni kamsitish, ularga zo‘ravonlik qilish holatlarining oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqiladigan dasturlar tayyorlanishida ishtirok etish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish; - ta’lim muassasasining faoliyatini tashkil etishga taalluqli boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etish. Maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda Kuzatuv kengashining funksiyalari quyidagilar hisoblanadi: - ta’lim muassasalari direktorlarini Xalq ta’limi vazirligi tavsiya etgan nomzodlar orasidan tanlab olish, shuningdek ularni egallab turgan lavozimidan ozod qilish bo‘yicha takliflar kiritish; - ta’lim muassasasini rivojlantirishga doir ustuvor yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha ta’lim muassasasi rahbarining dastur va rejalari yuzasidan hududiy xalq ta’limi bo‘limlari va mahalliy hokimiyat idoralariga takliflar kiritish; - ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, uning binosini ta’mirlash va hududini obodonlashtirishga amaldagi qonunchilikda taqiqlanmagan byudjyetdan tashqari va homiylik mablag‘larini jalb qilish va ularning maqsadli sarflanishida shaffoflikni ta’minlash; - ta’lim muassasasi rahbari tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjyet, byudjyetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hisobotlarini har chorakda kamida bir marta tinglash; - ta’lim muassasasi rahbarining taqdimnomasiga asosan ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar tariflari, ta’lim muassasasi xonalari, binolari va boshqa mol-mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang‘ich narxni ko‘rib chiqish va tasdiqlash; - o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, bolalar mehnatidan foydalanish holatlarini oldini olish yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatish; - ta’lim muassasasi pedagog xodimlarining sha’ni, qadr-qimmati, obro‘sini himoyalash, ularni majburiy mehnatga jalb etilishini oldini olish bo‘yicha nazorat o‘rnatish; - o‘quvchilar va ularning ota-onalarining murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning pedagog va rahbar kadrlar haqidagi fikrlarini o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish; - ta’lim muassasasida ayrim o‘quvchilarni kamsitish yoki zo‘ravonlik holatlarini aniqlash va tahlil qilish ishlarida faol ishtirok etish, aniqlangan holatlar yuzasidan ichki ishlar organlarini xabardor qilish; - ta’lim muassasasining byudjyetdan tashqari va homiylik mablag‘larini ijodkor o‘qituvchilar va iqtidorli o‘quvchilarni (fan olimpiadalari, sport musobaqalari, turli ko‘rik-tanlovlar g‘oliblarini) rag‘batlantirishda shaffoflikni ta’minlash va boshqalar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni hamda 2019-yil 26-noyabrdagi “Zamonaviy maktab”larni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4537-son qarori bilan makab boshqaruvi yangicha ahamiyat kasb eta boshladi. Xalq ta’limi tizimi strategik maqsadlari yanada oydinlashdi. Quyidagilar xalq ta’limi tizimining strategik maqsadlari hisoblanadi: umumta’lim tizimida iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi, ilg‘or xalqaro tajriba va jamiyatning zamonaviy talablariga muvofiq sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish; inson kapitalini mehnat bozorida va umuman mamlakatda o‘quvchining raqobatbardoshlik darajasini belgilovchi asosiy omil sifatida rivojlantirish. Uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, xalq ta’limi tizimini rivojlantirish quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga asosan amalga oshiriladi: Download 264.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling