16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


b) iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar bilan aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni amalga oshirish tizimini yaratish


Download 264.88 Kb.
bet27/34
Sana09.02.2023
Hajmi264.88 Kb.
#1180937
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34
Bog'liq
16-maruza-3

b) iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar bilan aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni amalga oshirish tizimini yaratish:
fan olimpiadalarini o‘tkazish mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish va eng qobiliyatli, bilimli o‘quvchilarni aniqlashda shaffoflikni ta’minlash, baholash mezonlarini mos ravishda tegishli xalqaro olimpiada va tanlovlar mezonlariga moslashtirish;
oliy ta’lim muassasalarining tadqiqot va innovatsion faoliyati ko‘lamini kengaytirish, ular negizida biznes-inkubator va texnoparklarni tashkil etgan holda innovatsion infratuzilmani rivojlantirish hamda ularning ta’lim faoliyatini kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarida tashkil etilgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualariga tatbiq etish;
tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda mahalliylashtirish va import o‘rnini bosish dasturiga alohida e’tibor qaratgan holda umumta’lim muassasalari negizida kasbiy malaka o‘quv markazlari (resurs markazlari)ni tashkil qilish;
oliy ta’lim muassasalari va ular qoshidagi akademik litseylar bilan hamkorlikda xorijiy tillar, matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan ixtisoslashgan umumta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish;
2019-2021-yillar davomida respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich STEAM (fan, texnologiya, injiniring, san’at va matematika) yo‘nalishlariga ixtisoslashtirilgan “Prezident maktablarini” tashkil etish;
oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatga ega pedagogik jamoasini umumta’lim maktablarida iqtidorli bolalar bilan ishlashga va ta’lim sifatini baholashga jalb qilish;
nodavlat umumta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, zarur hollarda iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarga manfaatdor jamoat tashkilotlari, tijorat tashkilotlarining yordami va homiyligi orqali yakka tartibda grantlar ajratish yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlagan holda, ularning kelgusida ta’lim olishlariga imkoniyat yaratish;
yuqori natijalarga erishgan yuqori sinf (10-11-sinflar) o‘quvchilariga rivojlangan xorijiy davlatlarda hamkorlik dasturlari orqali maqsadli ta’lim olish tartibini joriy etish;

Download 264.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling