16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja
g) o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni ta’minlash, bolaning jismonan sog‘lom va baquvvat shakllanishi
Download 264.88 Kb.
|
16-maruza-3
g) o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni ta’minlash, bolaning jismonan sog‘lom va baquvvat shakllanishi:
umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun sog‘lom ovqatlanish tamoyillarini ommalashtirish; umumta’lim muassasalarida sport to‘garaklarini tashkil qilish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tarbiyasida muammolari bo‘lgan o‘quvchilarning ota-onalari bilan tushuntirish ishlarini olib borish; rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasini o‘rgangan holda umumta’lim muassasalarida o‘quvchilar o‘rtasida zo‘ravonlik (buling)ning oldini olishga qaratilgan dasturlarni joriy etish; d) imkoniyati cheklangan bolalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini yaxshilash: imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim oladigan ta’lim muassasalari binolariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash; imkoniyati cheklangan bolalar o‘qitiladigan ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, turli kasblarga o‘qitish uchun bo‘ladigan uskuna va jihozlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish; imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitish uchun inklyuziv ta’lim tizimini tashkil etish, umumta’lim muassasalarini maxsus moslamalar (ko‘tarish qurilmasi, pandus, tutqich, boshqalar), shuningdek tegishli kadrlar (pedagog-defektolog, bolalarni ruhiy-pedagogik kuzatish bo‘yicha mutaxassislar) bilan ta’minlash; jamoatchilik o‘rtasida imkoniyati cheklangan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o‘qitishning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borish; ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini keng joriy etish; o‘quvchilarning jismoniy va aqliy talab-ehtiyojidan va ta’lim muassasalarining geografik joylashuvidan kelib chiqqan holda maxsus maktab-internatlarni optimallashtirish; imkoniyati cheklangan bolalarning moslashishi va integratsiyasi uchun maktab-internatlarni bosqichma-bosqich maxsus jihozlar bilan ta’minlash; imkoniyati cheklangan har bir bolaning inklyuziv ta’lim olishiga bo‘lgan huquqini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash; e) innovatsion iqtisodiyot sharoitida yoshlarni tarbiyalash hamda ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy metodlari va yo‘nalishlarini keng joriy etish: respublikada mavjud “Barkamol avlod” bolalar markazlarini maktabdan tashqari ta’lim yagona markaziga birlashtirish; xalq ta’limi tizimining maktabdan tashqari ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘rish; hududiy “Barkamol avlod” bolalar markazlari va axborot-resurs markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash; hududiy “Barkamol avlod” bolalar markazlarida davr talabi hamda o‘quvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda dolzarb kasblarning birlamchi asoslarini o‘rgatish uchun to‘garaklar, shu jumladan robototexnika, dasturlash bo‘yicha yo‘nalishlar sonini ko‘paytirish; maktabdan tashqari ta’lim muassasasi rahbarlarini o‘qitish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishlarini ochish bo‘yicha takliflar tayyorlash; maktablarni tashqi xavflardan himoyalash hamda bolalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha umumta’lim muassasalari bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarning hamkorligini kuchaytirish; sanoat korxonalari, ilmiy muassasalar, tashkilotlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning maktabdan tashqari ta’lim muassasalari bilan hamkorlik tizimini yaratish; Download 264.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling