16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


Maktab ichidagi boshqaruv tizimi va tuzilishi


Download 264.88 Kb.
bet19/34
Sana09.02.2023
Hajmi264.88 Kb.
#1180937
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34
Bog'liq
16-maruza-3

Maktab ichidagi boshqaruv tizimi va tuzilishi.
Yoshlarimizga jahon ta’lim mezonlariga mos xolda chuqur bilim berish, ularni Vatanga muhabbat, milliy istiqlol gʻoyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalash masalalari ta’lim sohasining asosiy vazifasidir. Bu esa oʻz oʻrnida ta’lim boshqaruvi organlari, muassasalari, oʻquv yurtlari rahbarlaridan tashkilotchi hamda tadbirkor, yuqori bilim va yuksak madaniyat egasi boʻlishini talab etadi.
Ma’lumki, aksariyat umumta’lim maktablari rahbarlari xalq ta’limi xodimlari orasida eng koʻp mehnat sarf qilib ishlayotganlar toifasiga kiradi. Shuning bilan birgalikda ular faoliyatlari davomida juda koʻp qiyinchiliklarga duch keladilar. Bunday ahvolining obyektiv va subyektiv sabablari bor, albatta. Ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
- ta’lim boshqaruvining nazariy asoslari toʻgʻrisida sust bilimga ekanliklari;
- maktab ichki boshqaruvning samarasizligi;
- maktab boshqaruvida inson omilini hisobga olmaslik;
- qogʻozbozlik va buyruqbozlikka asoslangan uslubning saqlanayotganligi;
- maktab rahbarlari oʻrtasidagi ish taqsimotining amalda yaxshi ishlamayotganligi;
- malaka oshirish masalasiga e’tiborsizlik;
- kadrlar qoʻnimsizligi;
- vaqtdan unumli foydalanmaslik va hokazo.
Quyida boshqaruvda asosiy yoʻnalishlari hisoblangan maktab ichki nazoratni tashkil etishning ayrim masalalari toʻgʻrisida toʻxtalamiz. Umumta’lim maktabini rivojlantirishning hozirgi bosqichida unga rahbarlik qilish, ogʻir va mas’uliyatli vazifadir.


Maktab ichki nazorati – bu jamoaning oʻz oldiga qoʻyilgan maqsadga muvofiq ravishda oʻquv-tarbiya jarayonini har tomonlama oʻrganish va tahlil qilishdir.
Doimiy puxta oʻylangan nazorat, muvaffaqiyatlarni toʻgʻri aniqlash va mustahkamlash, pedagogik jamoa faoliyatida mavjud boʻlgan kamchiliklarning oldini olish imkonini beradi.
Maktab ichki nazorati oʻqituvchilar bilan bir qatorda maktab rahbarlarini ham intizomga oʻrgatadi. Bu ish rejali, muntazam, aniq bir maqsadga qaratilgan, kompleks boʻlishi, oʻquv-tarbiya jarayonining hamma tomonlarini qamrab olishi zarur.
Nazorat tadbirlari bosqichlaridan ayrimlarini sanab oʻtamiz:
- obyekt, mavzu tanlash, maqsad belgilash (odatda bu maktabning yillik rejasida belgilanadi);
- tekshirish dasturini tuzish (savollar toʻplami, anketalar, diagnostik jadvallar, nazorat topshiriqlari, testlar va boshqalar) nazorat shakli hamda metodlarni tanlash;
- ishlarning haqiqiy ahvolini tekshirishni tashkil qilish;
- tekshiruv natijalarini pedagogik-diagnostik tahlilini oʻtkazish.
Oʻquv-tarbiya jarayonini mukammallashtirish boʻyicha tavsiyanoma va takliflar ishlab chiqish;
- tekshirish natijalari yuzasidan qabul qilingan boshqaruv qarori.
Maktab ichki nazoratini rejalashtirib va tashkil qila turib, maktab rahbarlari nazoratning barcha obyektlari, yoʻnalishlari toʻgʻrisida aniq, puxta tasavvurga ega boʻlishlari lozim.
Taxminan quyidagicha:
- oʻquv rejasidan ayrim fanlari oʻqitish ahvoli;
- dastur materiallarini oʻzlashtirish darajasining davlat ta’lim standartlariga mosligi;
- pedagogik jamoaning iqtidorli va qobiliyatli oʻquvchilar bilan ishlash tizimi;
- maktabda yuzaga kelgan, asosiy darajadan yuqori ma’lumot olishni ta’minlaydigan tizimning samaradorligi va ratsionalligi (ixtiyoriy fanlar, fakultativlar, maxsus kurslar va b.);
- sust oʻzlashtiradigan oʻquvchilar bilan ishlash tizimi samaradorligi;
- pedagogik jamoaning majburiy tayanch va umumiy ta’limni ta’minlash boʻyicha ishlari;
- metodik va tarbiyaviy ishlar;
- maktab hujjatlarini yuritish;
- oʻquv-moddiy bazadan foydalanish samaradorligi;
- kuni uzaytirilgan guruhlarda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil qilish va boshqalar.
Davriy rejalar asosidagi attestasiyalar orasida ish faoliyati natijalarini aniqlash, davlat attestasiyasiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida, ta’lim muassasalariga oʻz-oʻzini attestasiyadan oʻtkazish tavsiya etiladi. Oʻz-oʻzini attestasiyadan oʻtkazish maktab ma’muriyatidan puxta tayyorgarlik koʻrishni talab etadi. Tajribalar oʻz-oʻzini attestasiyadan oʻtkazishni ikki bosqichida tashkil etish maqsadga muvofiqligini koʻrsatmoqda. Birinchi bosqich davomida maktab ma’muriyatiga quyidagi masalalarni tahlil qilish lozim boʻladi:
- maktab oʻquv-moddiy bazasini tavsifnomasi;
- oʻquv-tarbiya jarayonining zarur vositalar, asbob-uskunalar va jihozlar bilan ta’minlanganligi hamda normativlarga mosligi (aniq holati, inventarizasiya aktlari);
- oʻquv-tarbiya jarayonining, fan xonalarining uslubiy ta’minoti darajasi va ulardan foydalanish samaradorligi;
- byudjet mablagʻlardan foydalanishning soʻngi uch yildagi ahvoli;
- byudjetdan tashqari mablagʻlarning mavjudligi;
- oʻquv jarayonini kompyuterlashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarning ahvoli va h.k.
Birinchi bosqichda, shuningdek, oʻz-oʻzini attestasiya etish jarayonida tegishli tekshiruv ishlarini (nazorat ishlari, test sinovlari, anketalar va boshqalar) ishlab chiqish uchun mutaxassisliklardan iborat guruhlar tuziladi. Ta’kidlash joizki, bu maqsadlardan tuman (shahar) xalq ta’lim boʻlimlari ishlab chiqilgan materiallardan foydalanish lozim, ular bir nechta variantda boʻlsa, xulosalarning obyektivligi yuqori darajada boʻladi.
Ikkinchi bosqichda maktab direktori oʻz-oʻzini attestasiyadan oʻtkazish uchun metod birlashmalar rahbarlari va a’zolaridan iborat komissiya tuzadi hamda uning tarkibini oʻzining buyrugʻi bilan tasdiqlaydi. Komissiya tarkibiga qoʻshni maktablarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb etish tavsiya etiladi.
Komissiya quyidagi ishlarni amalga oshirishi joiz:
1. Oldindan, bir necha variantda tayyorlangan hamda konvertlarga solinib, muhrlangan materiallardan foydalangan holda tekshiruv ishlarini oʻtkazish (har bir sinfda kamida 4-5 tekshiruv ishlarini oʻtkazish maqsadga muvofiqdir);
2. Darslarni kirib koʻrish va tahlil etish;
3. Fakultativ, sinfdan tashqari mashgʻulotlari va tadbirlarni kuzatish;
4. Tarbiyaviy ishlar samaradorligini va boshqalarni aniqlash kerak boʻladi.
Maktab jamoasi oʻz faoliyatini obyektiv tarzda baholash uchun soʻngi uch yil ichida boʻlib oʻtgan olimpiada yakunlari, bitiruv imtihonlari, oliy va oʻrta oʻquv yurtlariga kirish uchun topshirilgan test natijalari hamda boshqa koʻrsatkichlar tahlil etiladi.
Ma’lumot haqida shahodatnoma oʻz-oʻzini attestasiyadan oʻtkazganda soʻng komissiya a’zolari tomonidan xulosalar yoziladi xamda oʻquv-tarbiya jarayonini takomillashtirishga qaratilgan takliflar kiritiladi.
Oʻquv-tarbiya jarayonini baholashda reyting usuli ham keng qoʻllanilmoqda. Miqdoriy koʻrsatkichlar asosida shaxsning sifat tavsifnomasini aniqlash jarayoni reyting deb ataladi.
Bundan tashqari maktab ichki boshqaruvida jiddiy muammolardan biri - maktab hujjatlarini yuritish ustidan nazoratni tashkil qilishning susayganligidir.
Maktab hujjatlari - maktab - ishlarining koʻzgusidir, ular oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
- oʻquv-pedagogik;
- moliya-xoʻjalik
- ish yuritish hujjatlari.
Oʻquv-pedagogik hujjatlarining ayrimlari haqida toʻxtalib oʻtamiz. Oʻquvchilarning harakat daftari katta nazorat hujjati hisoblanib, maktabda 50 yil saqlanadi. Maktab direktori oʻzgarganda akt boʻyicha yangi direktorga topshiriladi. Harakat daftarining yozuvlari oʻquvchilar soni, harakati va roʻyxati toʻgʻrisida, toʻla, aniq ma’lumot beradi. Bu kitobdagi yozuvlarning toʻgʻriligiga maktab direktori javob beradi. Shuning uchun bu hujjatning toʻgʻri yuritilishi oʻquv yili davomida 3-4 marta tekshiriladi.
Jumladan sinf jurnallari, kundaliklar, oʻquvchilar daftarlarining nazorati ham maktab rahbarlari uchun oʻquv-tarbiya ishlarini nazorat qilishning qulay va zarur usullaridan biri hisoblanadi.
Xullas, maktabda ishiga nazoratni kuchaytirish, pedagogik jamoa faoliyatini oqilona va toʻgʻri tashkil etish, kelgusidagi muvaffaqiyatlarning garovidir.

Download 264.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling