Ichki boshqaruvning maqsadi, mazmuni va vazifalari.
Maktabda boshqaruv mehnati bilan shugʻullanuvchi kishilar (maktab direktori, direktorning oʻquv, ma’naviy-ma’rifiy va xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari, uslubiy birlashma rahbarlari, kasaba uyushmasi tashkilotining raisi) boshqaruvchilik jamoasini tashkil etadi.
Maktabda boshqaruv tizimi asosan 2 ga boʻlinadi.
Maktab rahbarlari va oʻqituvchilar, tarbiyachilar, yoshlar yetakchisi, sinf rahbarlari, uslub birlashmalarning a’zolari, texnik xodimlar.
Boshqarish sohasidagi ijrochi xodimlarni ham 2 asosiy guruhga:
a) mutaxassislarga (oʻqituvchi va tarbiyachilarga);
b) texnik xodimlarga (laborant, farrosh, elektromontyor, maktab qorovuli kabilarga) boʻlish mumkin.
Maktabga oʻqituvchi, tarbiyachi va texnik xodimlarni toʻgʻri tashlash va ularni joy-joyiga qoʻyish maktab ichki boshqaruvidagi muhim masalalardan biridir. Maktab xodimlarining tanlash bobida quyidagi qoidaga rioya qilish bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab xodimlarini tanlashda ularning siyosiy bilimini, haloligini, ishni bilishini hisobga olish zarur.
Bu oʻrinda ishning koʻzini bilish, ishchanlik, uyushqoqlikni ta’minlash boshqaruv apparati ishidagi asosiy vazifa ekanini anglash lozim.
Umumta’lim maktablarida boshqaruvchilarning boshqarish madaniyatini oshirish va uni demokratlashtirish hozirgi bozor iqtisodi davrining muhim talablaridan biridir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, hozirgi islohotlar davridagi xoʻjalikni boshqarish va unga rahbarlik qilish konstitutsiyaviy qoidalar, ilmiy aqidalar asosida olib boriladi. Maktabni boshqarish shakllari va usullari jumhuriyatimiz iqtisodiy taraqqiyotining har bir bosqichida jamiyat hal qilishi lozim boʻlgan vazifalarga muvofiq oʻzgarib, takomillashib borishi mumkin.
Demak, maktab ichki boshqaruvchini toʻgʻri tashkil qilish hozirgi davrning muhim talablaridan biridir. Biz ana shu boshqarish qoidalariga alohida toʻxtalib oʻtishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Xalq ta’limi tizimi va maktabni boshqarishning eng muhim qoidasi - demokratlashtirishdir. Bu aqida hozirgi jamiyatni yanada demokratlashtirishda uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, xoʻjaliklar boshqarish tizimining eng asosiy sharti boʻlgan demokratik qoidaning gʻoyat maqbul shakllarini izlab topish bugungi muhim va dolzarb muammolardan biridir.
Boshqarishning ilmiyligi hozirgi bozor iqtisodi sharoitida ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini tobora toʻlaroq bilib borish bilan belgilanadi.
Maktabda pedagogik mehnatni ilmiy asosida tashkil qilish muammosi koʻpincha darsda vaqtdan unumli foydalanishdan, sinfdan tashqari tadbirlardan va oʻqituvchi-tarbiyachilarni ijtimoiy topshiriqlarni tartibga solishdan iborat deb qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |