16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja
v) o‘qitish usullarini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish
Download 264.88 Kb.
|
16-maruza-3
v) o‘qitish usullarini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish:
kichik yoshdan o‘quvchilarda o‘qishga sog‘lom, kuchli va ta’sirchan motivatsiyani shakllantirish hamda kasb tanlash, kasbiy o‘sishini mustaqil rejalashtirish, zamonaviy kasblarni egallash qobiliyatini rivojlantirish; zamonaviy darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda multimedia ilovalarini yaratish; kasb-hunarga o‘qitishni takomillashtirish va ishlab chiqarishning ko‘plab jarayonlarini avtomatlashtirish tendensiyalarining rivojlanayotganligini inobatga olgan holda o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida foydalaniladigan kasb-hunar ta’limining o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish; davlat ta’lim standartlarida ko‘zda tutilgan kompetensiyalar va o‘quv jarayonini interaktiv boshqarish mahorati tamoyillariga asoslangan pedagogik faoliyatni baholash mezonlarini ishlab chiqish; umumta’lim maktab kutubxonalarini o‘quvchilar mustaqil tayyorlanadigan zamonaviy (smart) markazlarga aylantirish maqsadida ularning foydali maydonlarini kengaytirish va moddiy-texnik jihozlash, yagona axborot tizimiga birlashtirish, shuningdek O‘zbekiston Milliy kutubxonasi elektron resurslariga ulanish orqali ularning rolini oshirish; ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish maqsadida yangi, shu jumladan muqobil yondashuvlarni o‘rganishga va ilmiy asoslashga yo‘naltirilgan amaliy xarakterdagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish; o‘quv muddatlarini o‘zgartirmagan holda o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish kompetentligini kengaytirishni ta’minlovchi zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishni kengaytirish; zamonaviy innovatsion iqtisodiyot talablariga muvofiqlikni ta’minlash maqsadida umumta’lim davlat ta’lim standartlari tizimini muntazam takomillashtirib borish; bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lmagan fanlar asosida tuzilgan o‘quv dasturidan bosqichma-bosqich voz kechish va o‘quv fanlari sonini optimallashtirish; o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish maqsadida hamda qiziqishlari va talablarini e’tiborga olgan holda yuqori sinflarda majburiy va tanlov asosidagi fanlarni joriy qilish; 10-11-sinf o‘quvchilari uchun ixtisoslashtirilgan, shu jumladan ijtimoiylashuvga, iqtidor va kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan o‘quvchilarning kasbiy o‘qitish imkoniyatlarini kengaytirgan holda ta’lim berishni rivojlantirish; kasbiy ta’lim jarayonini tashkil etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamda xalqaro bozorda talab katta bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha yirik tijorat tashkilotlarini jalb qilish; axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kelajak kasblar uchun zarur bo‘ladigan malakali bitiruvchilarni tayyorlashda ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rgangan holda umumta’lim muassasalarida informatika fanini o‘qitish dasturini qayta ko‘rib chiqishga yo‘naltirilgan “IT-Nation” dasturini joriy etish; chet tillari, informatika, matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlarini chuqur o‘rganishga e’tibor qaratgan holda, ixtisoslashtirilgan sinf va maktablarni yaratish amaliyotini kengaytirish usuli bilan maktablarda ta’lim sifatini tubdan yaxshilash; ta’lim muassasalarining axborot ochiqligi asosida kasb-hunar ta’limi sifatini baholash va doimiy jamoatchilik monitoringi mexanizmini joriy qilish, hududlarda sertifikatlashtirish va kasb-malaka toifalarini beruvchi integrallashtirilgan markazlarni tashkil etish; umumta’lim muassasalarini boshqarish va ta’lim sifatini nazorat qilishda jamoatchilik va yirik tijorat tashkilotlarining ishtirokini ta’minlash; Download 264.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling