16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


Download 264.88 Kb.
bet2/34
Sana09.02.2023
Hajmi264.88 Kb.
#1180937
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
16-maruza-3

Pedagogik innovatika deganda, pedagogik yangiliklarni yaratish, ularning pedagogik jamoa tomonidan oʻzlashtirilishi va baholanishi, ulardan amaliyotda foydalanish jarayonlarini oʻrganish tushuniladi.
Pedagogik innovatika bu – pedagogik innovatsiyalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi qonuniyatlarini oʻrganadigan, shuningdek pedagogik ana’nalar bilan kelajakdagi ta’lim loyihalarining oʻzaro aloqadorligini ta’minlaydigan fandir.
Pedagogik innovatikaning obyekti – bu innovatsiyalarning yuzaga kelishi, rivojlanishi hamda oʻquvchilarga ta’lim-tarbiya berishda sifat oʻzgarishlariga olib keluvchi innovatsiyalarning oʻzlashtirilishi jarayoni.
Pedagogik innovatikaning predmeti bu ta’lim amaliyotida pedagogik yangiliklarni ishlab chiqish, kiritish va oʻzlashtirish bilan bogʻliq pedagogik shart-sharoitlar, vosita va qonuniyatlar yigʻindisi.
Pedagogik innovatikaning maqsadi pedagogik yangiliklarni yaratilishi, ularning baholanishi hamda pedagoglar jamoasi tomonidan oʻzlashtirilishi, shu bilan birga uni amaliyotda qoʻllash va foydalanish yoʻllarini tadqiq etishdan iborat.
Pedagogik innovatikaning metodologiyasini pedagogik yangiliklarni yaratish, oʻzlashtirish va qoʻllash haqidagi ta’limotning tuzilishi va oʻzlashtirilishiga xos bilim va faoliyat tizimi tashkil etadi.
Pedagogik innovatikaning nazariy bloklari
1. Pedagogik neologiya (ilmiy-pedagogik jarayon, uning oʻziga xosliklari va asosiy natijalari haqidagi ilmiy va tajribaviy ma’lumotlar tizimlashtiriladigan pedagogikadagi yangilik haqidagi ta’limot).
2. Qiyosiy pedagogik aksiologiya (pedagogika nazariyasi va amaliyotida yuzaga keladigan pedagogik yangiliklarni baholash va oʻzlashtirishning oʻziga xosliklarini ochib beruvchi fan).
3. Innovatsion praksiologiya (pedagogik yangiliklarni amaliyotda qoʻllashni oʻzlashtirish).


Pedagogik innovatikaning asosiy tushunchalari:
1) innovatsiya; 2) pedagogik yangilik, yangilik kiritish;
3) innovatsion jarayon; 4) innovatsion faoliyat;
5) innovatsion salohiyat.
Innovatsiya” tushunchasi lotin tilidan olingan boʻlib (novus - yangi), “yangilanish”, “oʻzlashtirish”, “qandaydir yangilikni kiritish”, “yangini joriy qilish”, “yangilik kiritish” ma’nolarini beradi. Oʻz navbatida “yangi” soʻzi ushbu tushunchaning asosiy yadrosini tashkil etadi. Odatda yangilanish tushunchasi ta’limda koʻp hollarda oʻzgartirish tushunchasi bilan sinonimdir. Agar ushbu oʻzgartirish keng qamrovli boʻlsa va butun ta’lim tizimini oʻzgartirsa, unda «islohot» tushunchasi bilan izohlanadi. Lekin barcha oʻzgarishlarni yangilik deb qarash toʻgʻri boʻlmaydi. Chunki yangilik oʻzida avval boshidanoq qoʻyilgan vazifalarning yangilanishini maqsad qilib qoʻyadi.
Pedagogik innovatikaning asosiy koʻrsatkichi uning boshlangʻich rivojiga bogʻliq boʻlib, pedagogikadagi yangilik – bu faqatgina gʻoya, yondashuv, metod, texnologiya, shunchaki taqdim etilgan va hali foydalanilmagan holatdagi emas, balki bu innovatsion jarayonning majmuaviy va alohida tarkibiy qismidir, u esa oʻzida oʻzgaruvchan sharoitlarda va holatlarda ta’lim-tarbiya masalalarini yetarlicha samarali hal etishni ifoda etadi.
Innovatsiya esa – bu ma’lum bir bosqich asosida rivojlanadigan jarayondir. U bir nechta ma’nodagi tushunchalarni beradi:
1. Innovatsiya bu – ta’limning yangi mazmuni, shakl va metodlarini ishlab chiqish.
2. Yaratilgan pedagogik tizimni joriy etish va ommalashtirish.
3. Ta’lim muassasani boshqarish va rivojlantirishning yangi texnologiyasini ishlab chiqish.
4. Tajriba-sinov obyekti sifatida.
5. Yaxlit pedagogik jarayonni innovatsiyalash.
6. Yangiliklarning qoʻllanilish darajasini yangi mahsuldorliklar bilan oʻzgartirish bosqichi.
Innovatsiya” tushunchasi doimo bir xil ma’noda ta’riflanmaydi, koʻp hollarda u “yangilik kiritish” tushunchasi sifatida koʻrib chiqiladi.
Jumladan, S.Turgʻunovning fikricha, innovatsiya – maqsadga yoʻnaltirilgan oʻzgartirishlar boʻlib, ma’lum bir ijtimoiy birlikka – muassasa, uyushma, jamoa va guruhlarga yangi, nisbatan barqaror boʻlgan elementlarni, umumiy holda halqning ma’naviy-madaniy munosabatlari va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan yangiliklarni kiritishdir.
Innovatsiya” tushunchasi keng va tor ma’noda ishlatiladi. Birinchi ma’noda innovatsiya – biror bir yangi ijtimoiy ehtiyojni yaxshiroq qondirish uchun yangi ilmiy, amaliy vosita, ya’ni yangilik yaratish, tarqatish va qoʻllashni oʻz tarkibiga oladigan kompleks jarayon sifatida qaraladi. “Innovatsiya”, ikkinchi ma’noda, biror bir jamoa faoliyatini takomillashtirish uchun kiritilayotgan va bu innovatsiya subyekti tomonidan yangilik deb qabul qilingan yangi vosita, uslub, yondashuvlar tizimiga nisbatan ishlatiladi.
M.Jumaniyozovaning ta’kidlashicha, innovatsiya – rivojlangan texnologik jarayonning takomillashgan mahsuloti koʻrinishida namoyon boʻladigan ijodiy mehnatning natijasi. U amaliyot va nazariyaning muhim qismi boʻlib, ijtimoiy-madaniy obyekt sifatlarini yaxshilashga yoʻnaltirilgan ijtimoiy subyektlarning harakat tizimi, ayni vaqtda u boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi oʻzgarishlar mexanizmi boʻlib hisoblanadi.
N.Mamadov oʻzining “Umumiy ta’lim maktablarini innovatsion boshqarish” deb nomlangan tadqiqotida innovatsiya – bu boshqaruv obyektini oʻzgartirish hamda yuqori darajadagi ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik samaralarni qoʻlga kiritish maqsadida muayyan sohalarga yangilikni tatbiq qilishning yakuniy natijasi ekanligini qayd etib oʻtadi.
Respublikamiz olimlarining “innovatsiya” tushunchasiga bergan ta’riflaridagi xilma-xillik chet el olimlarining tadqiqotlarida ham koʻzga yaqqol tashlanadi. Mazkur ta’riflarning qiyosiy tahlili asosida tushunchaning quyidagi mohiyatli jihatlarini ajratib koʻrsatish mumkin:
1) innovatsiya – bu yangilik (A.M.Saranov, E.M.Rodjers);
2) innovatsiya – bu oʻzgartirish, yaxshilash, takomillashtirish demakdir (K.Angelovski);
3) innovatsiya – bu oʻzida taraqqiyparvar asosni aks ettiruvchi tarkibiy qismlar majmui (V.I.Zagvyazinskiy);
4) innovatsiya – bu yangi vosita, yangi metod, yangi texnologiya (V.A.Slastenin, V.I.Podimova);
5) innovatsiya – bu yangi metodlarni va ta’limning yangi mazmundagi metodlarini ishlab chiqishdir (P.G.Shedrovitskiy).
Biroq shuni alohida ta’kidlab oʻtish joizki, pedagogik innovatikaga oid adabiyotlarda “innovatsiya” tushunchasi bilan birgalikda “yangilik” tushunchasi ham qoʻllaniladi.
Pedagogik innovatikaning asosiy koʻrsatkichi uning boshlangʻich rivojiga bogʻliq boʻlib, pedagogikadagi yangilik – bu faqatgina gʻoya, yondashuv, metod, texnologiya, shunchaki taqdim etilgan va hali foydalanilmagan holatdagi emas, balki bu innovatsion jarayonning majmuaviy va alohida tarkibiy qismidir, u esa oʻzida oʻzgaruvchan sharoitlarda va holatlarda ta’lim-tarbiya masalalarini yetarlicha samarali hal etishni ifoda etadi.

Download 264.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling