16-mavzu: Innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


Download 264.88 Kb.
bet8/34
Sana09.02.2023
Hajmi264.88 Kb.
#1180937
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
Bog'liq
16-maruza-3

Birinchi turi – innovatsion jarayonni amalga oshirishning shart-sharoitlari, vosita va yoʻllarini innovatsiya ishtirokchilarini toʻliq anglab yetmagan holatida ma’lum darajada stixiyali tarzda yuzaga keladi. Bunday holatda innovatsiyalar yetarlicha ilmiy asoslanmaydi va vaziyat bilan bogʻliq shart-sharoitlar yoki tasodifiy talablar ta’siri ostida empirik asosda yuzaga keladi.
Ikkinchi turi – ta’lim tizimidagi innovatsiyalar fanlararo xarakterga ega ilmiy asoslangan, maqsadga yoʻnaltirilgan faoliyat mahsuli sifatida aks etadi. Bunday innovatsiyalarni yaratuvchilari qoidaga muvofiq, ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi turli mutaxassislar – olimlar, ekspertlar, ta’lim muassasasi rahbarlari hisoblanadi.
Innovatsiyalarni oʻzlashtirish koʻlami nuqtai nazaridan ilmiy asoslangan innovatsion jarayonlarning barcha xilma-xilligi quyidagi ikki shaklda yuzaga chiqadi:
1) yangiliklar kiritishni oddiy qayta ishlab chiqish. Mazkur shaklda yangilik faqat tashkilotning oʻzida yaratiladi va mazkur jarayon quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga qamrab oladi: yangiliklar kiritish shart-sharoitlarini shakllantirish; ilmiy kashfiyot, uni dastlabki oʻzlashtirish bilan bogʻliq yangilik yaratish; yangilikni tashkilotda joriy etish; yangilikdan foydalanish.
2) yangiliklar kiritishni kengaytirilgan tarzda ishlab chiqish. Mazkur shaklda yangilik koʻplab tashkilotlarga joriy etishga moʻljallab tayyorlanadi. Mazkur holatda yangiliklarni yaratish va uni foydalanuvchilarga taqsimlash orasiga yangiliklarni ishlab chiqish metodlari va undan foydalanish shakllarini joriy etish; unga boʻlgan koʻplab ehtiyojlarni ta’minlovchi yangilikni ommaviy tarzda ishlab chiqish ham qoʻshiladi.
Innovatsion jarayonning oʻziga xosligi uning tsiklik tavsifga egaligidadir. Yangilik kiritishning toʻliq mavjudlik tsikli quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi: paydo boʻlishi, oʻsishi, rivojlanishi, oʻzlashtirish, joriy etish, toʻyinishi, rutinizatsiya, inqiroz, tugallanishi.
R.N.Yusufbekova innovatsion jarayon tuzilmasining uch blokini farqlaydi:
Birinchi blok – pedagogikadagi yangini yaratish bloki. Bunga pedagogikadagi yangi, pedagogik yangilikning tasnifi, yangini yaratish shart-sharoiti, yangilikning me’yorlari, uni oʻzlashtirish va foydalanishga tayyorligi, an’ana va novatorlik, pedagogikadagi yangini yaratish bosqichi kabilar kiradi.
Ikkinchi blok – yangini idrok qilish, oʻzlashtirish va baholash bloki: pedagogik hamjamiyatlar, yangini yaratish va uni baholash jarayonining rang-barangligi, pedagogikadagi konservatorlik va novatorlik, innovatsiya muhiti, pedagogik jamiyatning yangini idrok etish va baholashga tayyorligi.
Uchinchi blok – yangidan foydalanish va uni joriy etish bloki, ya’ni yangini tatbiq etish, foydalanish, keng joriy etish qonuniyatlari va turlaridir.
Ba’zan innovatsion jarayonning tuzilishi ixchamlashtirilgan koʻrinishda tasvirlanadi. Masalan, V.S.Lazarev har biri bir necha tarkibiy qismlardan iborat innovatsion jarayon tuzilishining toʻrt tarkibiy qismini ajratib koʻrsatadi.
1. Yangilikni yaratish:
- ta’limiy faoliyatni tahlil etish va oʻzgarishlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash;
- yangilikni loyihalash;
- yangilikni tajribada sinab koʻrish;
- yangilikni ekspertiza qilish.
2. Yangilikni joriy etish:
- joriy etishga tayyorlash;
- yangiliklar haqida axborot berish;
- yangiliklarni oʻzlashtirishni qoʻllab-quvvatlash;
- yangiliklarni oʻzlashtirilishi va joriy etilishini tahlil etish.
3. Yangiliklarni oʻzlashtirish:
- ta’limiy faoliyatni tahlil etish va oʻzgarishlarga ehtiyojni aniqlash;
- yangiliklarni baholash va tanlab olish;
- boʻlajak koʻzda tutilgan ta’limiy tizimni loyihalash;
- yangiliklarni qoʻllash;
- natijalarni tahlil etish va baholash.

Download 264.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling